Nodavlat tashkilotlarini ro’yxatdan o’tkazish tartibi qanday?

Senator Gavhar Olimovaga ko’ra, O’zbekistonda bugun taxminan 9500 nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan buyon NNT) faoliyat yuritmoqda. Mamlakatda NNTlarning erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan 250 dan ortiq qonun hujjatlaridan iborat huquqiy baza yaratilganligi aytiladi. Afsuski, yuqoridagi raqamlarga qaramasdan, NNTlar faol va samarali faoliyat ko’rsatayotganini ko’rmayapmiz. Bugungacha biron ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan masala NNT tashabbusi va faoliyati bilan ijobiy hal bo’lganining guvohi bo’lmadik.

Demak, amalda jo’yali faoliyat ko’rsatadigan NNTlarni ochishga hali ham jiddiy ehtiyoj bor. Xo’sh, NNT ochmoqchi bo’lgan kishi uni ro`yxatga olish va faoliyatini tashkil etish borasida nimalarni bilishi kerak?

Nodavlat notijorat tashkiloti o’zi nima?

NNTlar faoliyatini tartibga soluvchi eng asosiy qonun hujjati bu “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risidagi” Qonun. NNT ochmoqchi bo’lgan kishi mazkur Qonun bilan yaqindan tanishib chiqishi kerak.

Qonunga ko’ra, NNT bu jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir. NNTlar asosan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi.

Asosiy huquqlar nimadan iborat?

NNTlar asosan quyidagi huquqlarga ega:

1.      O‘z a’zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;

2.      Ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;

3.      Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;

4.      O‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig‘ilishlar, konferensiyalar o‘tkazish;

Asosiy majburiyatlar nimadan iborat?

NNTlar asosan quyidagi majburiyatlarga ega:

1.      Qonun hujjatlari va ta’sis hujjatlariga rioya etish;

2.      Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan tadbirlar o‘tkazishni kelishib olish va uning vakiliga o‘tkazilayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berish;

3.      Nodavlat notijorat tashkiloti vakillarining chet mamlakatlarga nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq tashriflari uyushtirilishi haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilish;

4.      Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga, davlat soliq xizmati organlariga va davlat statistikasi organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etishi shart.

Tashkil etish tartibi qanday?

NNT uning muassislari (a’zolari) qarori asosida qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi. NNTning tashabbuskorlari yoki muassislari nizom qabul qilib, rahbar organlarni tuzish uchun ta’sis yig‘ilishini chaqiradilar.

NNTning ta’sis hujjatlari quyidagilardan iborat: 1) Muassislar (a’zolar) tomonidan tasdiqlangan ustav; 2) Qatnashchilar tomonidan tuzilgan ta’sis shartnomasi va ular tasdiqlagan nizom — uyushma (ittifoq) uchun.

Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxslar nodavlat notijorat tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.

NNT davlat ro‘yxatidan o‘tkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. NNT davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi.

Nizomda qanday ma’lumot ko’rsatilishi kerak?

Nizomda NNT haqida quyidagi ma’lumot ko’rsatilishi kerak:

1.      Nomi, maqsad va vazifalari, uning tashkiliy-huquqiy shakli, u o‘z faoliyatini amalga oshiradigan hudud;

2.      Tuzilmasi va rahbar organlari, ularning vakolat doirasi va shakllantirish tartibi, ularning vakolat muddatlari, doimiy asosda ishlaydigan rahbar organ joylashgan yer;

3.      Pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni shakllantirish manbalari;

4.      Qayta tashkil qilish va tugatish tartibi;

5.      Nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatga oluvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1.      Rahbar-organi a’zolari har birining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va joyi, yashash joyi hamda manzilini ko‘rsatgan holda ular tomonidan imzolangan ariza;

2.      Nizomi yoxud yuridik shaxs bo‘lgan vakolatxona yoki filial to‘g‘risidagi nizom davlat tilida ikki nusxada;

3.      Ta’sis shartnomasi — NNTning uyushmalari (ittifoqlari) uchun;

4.      NNTni tashkil etish to‘g‘risidagi umumiy yig‘ilishning bayonnomasi yoxud ta’sischining qarori;

5.      Joylashgan yeri NNTning pochta manzili sifatida foydalanilishi mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;

6.      NNTni tuzish tashabbuskorlari yoxud uning ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

7.      Tashabbuskor fuqarolarning ro‘yxati;

8.      Davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati.

NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni qabul qilib olgan adliya organi ularni bir oy muddat ichida ko‘rib chiqadi hamda nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Qaysi asoslarga ko’ra rad etilishi mumkin?

NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, jumladan, quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:

-          NNT ta’sis hujjatlari konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazishni, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitishni, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qilishni, fuqarolarning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qilishni maqsad qilib              qo‘ygan bo‘lsa;

-          Hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha to‘liq taqdim etilmagan yoki ular lozim darajada rasmiylashtirilmagan bo‘lsa;

-          Hujjatlar nizom qabul qilingan paytdan boshlab ikki oylik muddat o‘tganidan keyin taqdim etilgan bo‘lsa;

-          NNTni tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan bo‘lsa yoki uning ta’sis hujjatlarida qonunga nomuvofiqliklar bo‘lsa;

-          NNTning nomi yoki ramziy belgilari ma’naviyatga fuqarolarning milliy va diniy tuyg‘ulariga daxl qilsa;

Nodavlat notijorat tashkilotini tuzish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

NNTning faoliyati qaysi holatlarda to’xtatilishi mumkin?

NNTning faoliyati u Konstitutsiya va qonun hujjatlarini buzgan taqdirda sud tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. NNT tomonidan qonun hujjatlari buzilgan, shuningdek ustav maqsadlariga zid harakatlar sodir etilgan taqdirda prokuratura organlari yoki adliya organlari ko‘rsatilgan qoidabuzarliklar to‘g‘risida mazkur nodavlat notijorat tashkilotining rahbar organlariga taqdimnoma kiritadi hamda bu qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatini belgilaydi. Agar bu qoidabuzarliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati prokuratura va adliya organlarining taqdimnomasi asosida sudning qarori bilan olti oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib qo‘yiladi.

NNTning faoliyati qaysi holatlarda tugatilishi mumkin?

NNTni tugatish uning yuqori organi qaroriga binoan yoki sud tartibida amalga oshiriladi. Uning muassislari, qatnashchilari (a’zolari) yoki NNTni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi adliya organi bilan kelishgan holda tugatish komissiyasini tayinlaydi.

NNTlar faoliyati haqida to’liq ma’lumot olish uchun “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risidagi” Qonunga murojaat qiling.

Mirakmal Niyazmatov,

huquqshunos

Izohlar

rasha door's picture

Sevimli saytingiz uchun rahmat

خرید درب ضد سرقت

rasha door's picture
درب ضد سرقت
نصب درب ضد سرقت

درب ضد سرقت's picture
شامل شيشه باشد يعني
درب ضد سرقت
شيشه خور حال بايد مشتري به نسبت كالاي مورد احتياج خود طرح
https://sepahandarb.com/ درب ضد سرقت
را طراحي كرده
eidur's picture

Usually floods are Predictable and in some cases we can estimate when it will happen. Before, during and a after flood we should do some things to counter the flood

درب اتوماتیک درب اتوماتیک درب سکشنال کرکره پنجره راهبند

_ We should put important documents in available drawer at higher level.

asdffdsa's picture

KSI & LOGAN PAUL both are the famous character who is the clear winner in the boxing contest. It’s important to know how to watch KSI vs logan paul 2 live stream online free. It’s one of the greatest news for the boxing fan KSI vs Logan Paul rematch would be happening. Both boxers have their videos where each claimed victory, but one of the judges awarded the fight to KSI while two judges draw it. This rematch will settle the battle between the two as to who is the clear winner in the boxing contest.
KSI vs Logan Paul 2 Live Stream Online

The first fight was held in Manchester Arena, which is located in Manchester United Kingdom. The second fight would also be based on pay per view or PPV just as the first fight. It is to be broadcasted by many channels and live streams online too.
KSI vs Logan Paul 2 Live Stream Online
asdffdsa's picture
OSCARS is a kind of small gold statuettes awarded annually in the United
States by the Academy of Motion Picture Arts and Sciences for outstanding
achievements in films. That is officially called by Academy Award. How to watch OSCARS 2020 Live Stream Online is very much essential for an online visitor. An award made in recognition of outstanding endeavor in any of various other fields the TV OSCARS. As a regular organization as well as also celebrating the OSCARS 2020 Academy Award program.
Oscars 2020 Live Stream Online

The 92nd Academy Awards (OSCARS 2020) the ceremony will be held on February 09, 2020 at the Dolby Theatre in Hollywood for honoring movies released in 2019. Everything you need to know ahead of OSCARS 2020.
Oscars 2020 Live Stream Online
doorisgruop's picture

درب ضد سرقت و درب چوبی

sana98's picture

مدل درب ضد سرقت  به دلیل شکل ظاهری و ساختاری که دارا می باشد بسیار مقاوم تر و امنیت بیشتری را نسبت به درب های معمولی دارا است . این درب های ضد سرقت از نظر ساختار کلی دارای ورق های فولادی در خود می باشد ، قفل ها و لولا ها دارای جنس درجه یک نسبت به مدل دربهای معمولی می باشد . قفل هایی که در درب ضد سرقت به کار میرود خیلی زیاد تقویت شده و به طرز چشمگیری دارای امنیت و غیر قابل نفوز هستند.

قیمت درب ضد سرقت

sana98's picture

گروه فنی و مهندسی  شب نما با سابقه ده ها سال فعالیت در زمینه نورپردازی نمای ساختمان های تجاری ، نورپردازی نمای ساختمانهای اداری ، نورپردازی نمای برج  و ….. یکی از  برترین طراح ها و مجری نورپردازی نما در کرج ، تهران و ایران می باشد.

نورپردازی

sana98's picture

قفل های دیجیتال IRANLOCK با 15 سال سابقه در زمینه طراحی ، تولید ، واردات و عرضه بیش از 118 مدل از انواع قفل های دیجیتال و در اختیار داشتن رزومه ای بسیار قدرتمند توانسته است یکی از بزرگ ترین شرکت های عرضه کننده قفل و تجهیزات دیجیتال در ایران باشد.

قفل هوشمند

قفل دیجیتال

محصولات IRANLOCK  با قطعات ساخت ژاپن تولید شده و دارای پنج سال گارانتی تعویض بی قید و شرط می باشند .

این برند ثبت شده , با در اختیار داشتن استاندارد های روز دنیا مانند : CE ،  FCC ، ISO 9001 ، ISO 14000 دارای کیفیتی کم نظیر در  میان دیگر برند های عرضه کننده قفل دیجیتال می باشد .

طی کردن مراحل مختلف و سنگین تست های فیزیکی. مکانیکی. تست های نمک و تست های فنی بردهای الکترونیکی سبب شده تا محصولات IRANLOCK دارای کیفیتی با دوام و قدرتمند برای استفاده طولانی مدت خریداران باشد.