Axborot texnologiyalari g’oyalar uchun imkoniyat”. Yelena Selezneva bilan suhbat

11-mayda SIT Klubi Skype jonli suhbatiga “Startupfactory.uz” loyihasi boshlig’i Yelena Seleznevani taklif qildik. U axborot texnologiya yo’nalishidagi biznes g’oyalar va loyihalarni akselerator dasturida ishtirok etish imkoniyatini ishtirokchilarimizga to’liqroq yoritib berdi. “Akseleratorlar”, deydi Yelena Selezneva o’z presentatsiyasida,“startaplarni qo’llab-quvvatlash uchun yaratilgan vaqtinchalik dasturlardir. Bu dasturda ishtirok etgan loyiha/go’ya mualliflaridan tashkil topgan guruh qisqa vaqt ichida ushbu lohiyalarini bozorga chiqarish va sarmoyalashga tayyorlanadi”. Akseleratorning kuchi ushbu dastur ta’minlaydigan mentorlari va tajribaviy tarmoqlarida ekan. Dasturda ishtirok etish shartlari va imkoniyatlarini tanishtirish bilan birga suhbatdoshimiz yosh tadbirkorlarimizga bir nechta muhim maslahatlarini taklif qildi. Biznes g’oya/loyihangizning ichki bozorini yaxshilab o’rganing: g’oyangiz originalligini qanday asoslab bera olasiz? Do’stlaringiz orasida ijtimoiy/onlayn so’rovnoma o’tkazib ko’ring, g’oyangizga bozorda haqiqatdan qanday talab bor? Startupfactory.uz hozircha faqat rus tilida, faqat poytaxt atrofida joylashgan axborot texnologiyalari bilan bog’liq moliyaviy startaplarga mo’ljallangan bo’lsa-da, dastur keyinchalik butun O’zbekiston bo’ylab o’zbek tilida va boshqa sohadagi biznes va ijtimoiy tadbirkorlik loyihalarini ham o’z ichiga olishini kutib qolamiz. Mazkur jonli Skype suhbatni o’tkazib yuborgan bo’lsangiz, ovozli suhbatni quyidagi tinglashingiz mumkin: