Ijtimoiy g'oyalar tanlovi

Tanlov maqsadi siz yashab turgan, ishlayotgan yoki siz yaxshi bilgan muhitda aholining (ayniqsa, yoshlar, ayollar, nogironligi bor shaxslar va/yoki boshqa zaif qatlamlarining) ijtimoiy muammolarini hal qilishga qaratilgan eng yaxshi innovatsion, ijodiy, jamoatchilikni jalb qila oladigan va davomiy ta'sirga ega bo’lgan yechimlar hamda g’oyalarni aniqlash.

Kim ishtirok eta oladi: notijorat tashkilotlar, tashabbus guruhlari, startup jamoalari va loyiha g’oyasini amalga oshirishda mas’uliyatni his qila oladigan g’ayratli shaxs yoki shaxslar.

Loyiha doirasiga kiritilishi mumkin bo’lgan tadbirlar: Loyiha doirasida seminarlar tashkillashtirish, aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar o’tkazish, konsultatsiya (maslahat) xizmatlarini yo’lga qo’yish, tajriba almashish bo’yicha amaliy-o’quv dasturlarini (onlayn bo’lishi mumkin) tuzish/o’tkazish va shunga o’xshash faoliyatlarni amalga oshirish mumkin.

Loyiha g’oyasini taqdim etish yo’llari:

·         loyihalarni video lavha (1-2 daqiqalik taqdimot) ko’rinishida yoki

·         yozma ravishda email manziliga (saharschooluz@gmail.com) jo’natilishi yoki

·         Facebookda/telegramda #TanlovUchunLoyiham hashtagi bilan post sifatida joylashtirilgan bo’lishi mumkin.

Loyiha taqdimotida quyidagi savollarga javob berishingiz kerak:

a)      Qanday muammo/masalani yoritmoqchisiz?

b)      Buning muammoligini yoki yechish kerak bo’lgan masala ekanligini qanday aniqladingiz?

c)      Nima uchun bu masalani yechishimiz zarur?

d)      Qanday innovatsion yechim usulini taklif qilasiz? (Batafsil tushuntirishga harakat qiling)

e)      Loyihani amalga oshirishda kimlar bilan va qanday hamkorlik qilmoqchisiz?

f)       Loyihani amalga oshirish uchun qanday manbalaringiz (resusrlaringiz) mavjud?

g)      Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishingiz uchun qanday amaliy yordam kerak?

Tanlab olish shartlari:

·         Loyiha g’oyasi O’zbekistonda amalga oshirilishi kerak va samarali ijtimoiy ta’sirga ega bo’lishi lozim.

·         Loyiha g'oyasi aholining zaif qatlamlari duch keladigan muayyan (aniq) masalalarni hal qilishga qaratilgan bo’lishi lozim.

·         Loyiha g’oyasini amalga oshirishga mas’ul shaxs e’tiborli bo’lishi va o’z qiziqishini namoyon qilishi kerak.

Tanlovga topshirish muddati: 15-dekabr, 2018-yil

Tanlov g’oliblari qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi va ularga kelgusida hamkorlar/mablag’ beruvchi shaxs/tashkilotlar topishida amaliy yordam ko’rsatiladi