Biznes-reja tuzish bo'yicha qo'llanma

Biznes- rejaning  tarkibiy qismlari biznesning sohasi, rejaning maqsadlari, investor talablari va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lsada, umumiy qilib aytganda biznes rejani  ishlab chiqishning quyidagi ijobiy taraflari bor:*

  • Tashkilotni kelajakda barqarorligini va hayotiylik darajasini aniqlab beradi, tadbirkorlik faoliyatining xavf-xatarlarini kamaytiradi;
  • Miqdorli va sifatli ko‘rsatkichlar sistemasi ko‘rinishida biznes istiqbolini aniqlaydi;
  • Investorlarni diqqatini qaratadi va qo‘llab-quvvatlashini ta’minlaydi;
  • Rejalashtirish tajribasini oshirishga ko‘maklashadi va tashkilotga istiqbolli qarashni rivojlantiradi;

Biznes-rejasining bo‘limlari:

Amaliyotda qo‘llab kelinadigan biznes rejaning bo‘limlari quyidagilardan iborat:

  • Titul varog‘i;
  • Mahfiyligini ta’minlash memorandumi;
  • Mundarija;
  • Biznes tavsifi (Rezyume);
  • Tashkilot maqsadi (Missiya);
  • Mahsulot/xizmat ta’rifi;
  • Ishlab chiqarish doirasining tavsifi;
  • Marketing rejasi;
  • Moliya rejasi;
  • Menedjment (Boshqaruv)
  • Xodimlar
  • Kasal bo‘lib qolganingizda o‘rningizni kim almashtira oladi?
  • Ish jadvali
  • Yakuniy xulosa.

 

Bo‘limlarning to‘liq tavsifi.

Titul varag‘i

  • Reja sarlavhasi;
  • Tayyorlash muddati;
  • Kim tomonidan tayyorlangan, korxonaning to‘liq nomi va manzili, tadbirkorning ismi, familiyasi, uning manzili va telefon raqami;
  • Reja kim uchun tayyorlangan;
  • Gohida titul varog‘ida avtorlik huquqi to’g’risida ma’lumot ham beriladi.

 

Mahfiyligini ta’minlash memorandumi

Ushbu qismda ma’lumotlar mahfiyligini ta’minlash bo‘yicha ma’lumot kiritiladi.

 

Mundarija

Titul varog‘i va rezyumedan keyin asosiy o‘qiladigan qism. Biznes-rejaning mazmuni haqida to‘liq va aniq ma’lumot berish kerak. Mundarijada mayda-chuyda tavsilotlar berilmasligi kerak, lekin kichik sarlavhalar ajralib turishi va albatta sahifa raqamlari ko‘rsatilishi kerak.

 

Biznes tavsifi yoki rezyume

Biznes tavsifi biznes-reja hujjatlarining bosh qismida keltiriladi, lekin tayyorlash jarayonida u oxirida yoziladi. Unda tadbirkor o‘ylagan asosiy holatlar, biznes g‘oya va xulosalar qisqa keltiriladi.

Rezyumening tarkibi 3 qismdan iborat bo‘lishi kerak:

  • Kirish: loyihaning mazmunini qisqacha aks ettiruvchi reja va maqsadlarini  o’z ichiga oladi;
  • Asosiy mazmun: biznes-rejaning muhim elementlari va uning asosiy qismlari: faoliyat turi, so’rov darajasi, moliyalashtirish manbalari va jamlanmasi;
  • Xulosa: tadbirkorning kelajakdagi yutuqlari omillarini jamlaydi, tadbirkorning asosiy harakat usullarini yoritib berishi mumkin.

Rezyume qisqa qilib bir sahifa uzunligida yozgan yaxshi. Rezyume shunday yozilishi kerakki, u investorlarda biznes-rejani batafsil o’qish istagini hosil qilishi kerak. Ya’ni rezyume, potentsial investorlar talabi va ularning faoliyatlarining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, soni bilan emas, sifati bilan o’ziga jalb etishi kerak.

 

Biznes-reja korxona maqsadlarini aniqlash

Biznes-reja tuzilishidagi birinchi qadam - firma faoliyatining maqsadlarini aniqlashdan iborat. Agar korxona o’sishga yo’naltirilgan bo’lsa, uning asosiy maqsadlari quyidagicha bo’ladi:

  • Savdo umumiy hajmini ....gacha yoki .... marta ko’paytirish
  • Korxona ulushini mavjud bozorlarda ...gacha yoki .... marta oshirish

Agar korxona ishlab chiqarish hajmining o’sish suratlarini inobatga olmasa, uning asosiy maqsadlari quyidagilar bilan bog’liq bo’lishi mumkin:

  • Sof daromadning o’sishi bilan;
  • Mahsulot sifatini oshishi bilan;
  • Yordamchi va servis xizmatlar ulushining o’sishi bilan.

 

Xizmatlar/mahsulotlar ta’rifi

Tadbirkor ham, uning investorlari ham bozorga qanday xizmatlar va mahsulotlar taklif etish rejalashtirayotganinni aniq bilishi kerak. Ya’ni biznes-reja bo’lajak tadbirkorlikning (mahsulot va xizmatlarning) to’liq ta’rifini o’z ichiga olishi kerak. Agar tovar sotilish xususiyatlariga ko’ra – davriy yoki mavsumiy bo’lsa – buni alohida ko’rsatib o’tish kerak (avtomobil – davriy tovar, bolalar chanasi – mavsumiy).

 

Ishlab chiqarish jarayonining ta’rifi

Bu bo’limni yozishning asosiy qoidasi - bayon imkon qadar sodda bo’lishi kerak va texnik jargondan iloji boricha kamroq foydalanish kerak, chunki bu bo’limni asosan maxsus muhandislik ma’lumoti yo’q kishilar o’qiydi. Shu bilan birgalikda, kredit beruvchi tashkilot xodimlarini qiziqtirmaydi deb bo’lmaydi – biznes rejada ishlab chiqarishning asosiy komponentlari bayon etilgan bo’lishi kerak. Ishlab chiqarishning rejasi texnik ta’rifdan tashqari ishlab chiqarishning iqtisodiy xarajatlari hisobini ham o’z ichiga olishi kerak.

 

Marketing rejasi

Muvaffaqiyat qozonish uchun firma o’z tovariga samarali bozor yaratishi kerak. Bunday bozor yaratishning asosiy qadamlarini biznes-rejaning marketing bo’limi yoritib beradi.

Shunchaki yaxshi mahsulot yaratish, yorqin texnik innovatsiyani taklif etish kamlik qiladi. O’z mahsulotlariga to’lov qobiliyati talabini yaratish va mahsulotga xaridorlarni jalb etish kerak bo’ladi. Marketing faoliyatining muhim an’anaviy usullari orasida reklama ustuvorlik qiladi. Binobarin boshqa marketing strategiyalari asosida  marketing rejasini tuzish juda zarurdir.

 

Moliyaviy rejalash

Moliyaviy rejalash tashkilot va loyiha faoliyatini moliyaviy natijalarini birlashtirib aks ettiruvchi biznes rejaning qismidir. Moliyaviy rejada oldingi yillarning moliyaviy ma’lumotlarini ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Taqdim etilayotgan loyihalar uchun asos bo’lgan barcha taxminlarni lo’nda va aniq shaklda bayon etish zarur. Moliyaviy rejada korxona  rivojlanishining mumkin bo’lgan optimistik va pessimistik stsenariylarini ko’rsatib o’tish mumkin.

Biznes rejaning Moliyaviy reja qismida ishning bajarish jadvali va uni amalga oshirish uchun talab qilinadigan moliyaviy resurslarni hamda sarf xarajatlarning to’liq sxemasini ko’rsatib o’tish kerak. Moliyaviy rejaga naqd pul manbalarining harakati haqidagi hisobot, foyda va zarar haqidagi hisobot va loyihaning samaradorligi ko’rsatkichi kiritiladi.

Moliyaviy reja qismining tuzilishida quyidagi ma’lumotlar bo’lishi lozim:

Tayyorlov bosqichi

  • Asosiy davr
  • Kirimlar hisobi
  • Kredit bilan bog’liq xizmatlar
  • Soliq to’lovlari
  • Boshqa kirimlar va to’lovlar
  • Realizatsiya hajmlarining prognozi
  • Daromad va xarajatlar haqidagi hisobot
  • Pul mablag’lari harakatining rejasi
  • Taxmin qilinayotgan balans

 

Boshqaruv

Loyihaning samaradorligi korxonanning boshqaruv tizimiga ham bog’liq. Bu bo’limda asosiy mutaxassislar va rahbariy tarkibini tashkillash, korxonaning tashkiliy tuzilishi va loyihani amalga oshirish muddati, rahbariyat tarkibini asoslash usullari kiritiladi.

Bu bo’limda korxonaning asosiy qatnashchilarini qisqacha tanishtirish, ichki aloqalarni ko’rsatuvchi korxonaning tashkiliy sxemasini keltirish, korxona doirasida javobgarlik va mas’uliyatlarni ko’rsatish kerak.

 

Quyida siz "Quvasoy Biznes - Ledi" xususiy korxonasining biznes reja namunasini ko'rishingiz mumkin.

*Ushbu ma'lumotlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va O'zbekiston hukumati qo'shma loyihasi tomonidan 2012-yilda tayyorlangan "Biznes-reja tuzish bo'yicha qo'llanma" nashridan olingan.

File Attachment: 

Izohlar

xurshidbek's picture

Biznes reja tuzishimga yordamlashadigan inson topiladimi

Akhrorbek Arrora's picture

Bizness reja tuzmoqcidim oddiyroq busa ham namuna bormi.Iltimos

saharschool's picture

Namuna shu maqolaning ilovasida berilgan

Jamshidbek Shodmonov's picture

titul varogini qayerdan olish mumkun.?

Ravshanov jasur Xushmerodovich's picture

Salom! Kuchli o'ylangan reja muvafaqqiyqt qozonadi!

Yashnar's picture

Kompyuter xona ochsa buladmi kriditga iltmos tuliqroq maslaxat berizla

Karimov Fayoziddin Farxodjon o'g'li's picture

Agar biznes reja yaxshi bo'lsa.kiridit miqdori 3 mln so'm atrofida bo'lganda, kiridit oluvchi hech qandey. Kafolat oluvchisiz, garovga qo'yiladigan mol mulkisiz. Kiridit olish mumkunmu. Oldindan rahmat