Muvaffaqiyat sirlari: Suhbat mehmoni Dovezu.uz asoschisi Shuxrat Agzamov.

Yosh bo’lishiga qaramay yuqori muvaffaqiyatlarni zabt etib kelayotgan shijoatli yosh ijtimoiy tadbirkor, Sahar maktabining eng faol ishtirokchilaridan biri, Shuxrat Agzamov haqida ko’p eshitgan bo’lsangiz kerak. Uning Dovezu.uz loyihasi nafaqat O’zbekistondagi, balki ko’plab xalqaro miqyosdagi tanlovlarda yuqori baholangan va ayni damda ushbu loyiha jamiyatimizning ijtimoiy ravnaqiga katta hissa qo’shib kelmoqda.

Biz ushbu yosh ijtimoiy tadbirkorga uning muvaffaqiyati va tajribasi bo’yicha bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

1. O’zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot bering.

Men Shuxrat Agzamov, Toshkent shahrida tavallud topganman.  Yoshim 22da. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti AKT sohasida Iqtisod va Menejment fakulteti 4chi bosqich talabasiman. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yangi innovatsiyalar, startuplar, mobil dasturlar, marketing, reklama, dizayn va biznesga qiziqaman. 

2. G’oyalaringiz tug’ilishiga nima sabab bo’ldi ? Qanday loyihalar ustida ishlaysiz?

G’oyalarim tug’ilishi, ko’pincha o’zimni holatimdan kelib chiqadi. Aytishadiku, qo’shiq insonga yoqadi, qachonki shu inson qo’shiq ichidan o’zini topa olsa. Men ham ko’pincha, o’zimni ehtiyojlarimni hisobga olgan holda g’oyalar tuzaman. Misol uchun Dovezu.uz loyiham men litseyda o’qib yurgan paytlarim, ertalab o’qishimga 3ta transportda(avtobus) ketardim, shunda avtobuslar to’la bo’lgani uchun, ko’pincha o’qishga kech qolib, darslarga kirolmay qolardim.

Shunda o’qishimizdan o’zimni tumanimda yashaydigan o’quvchilarni topib, transport narxida mashinada keladigan bo’ldik. Shunda g’oya tug’ilgan edi, insonlarga ham foydali bo’ladi deb keyinchalik "Facebook"da guruh tashkil qildim, foydalanuvchilar bunchalik faol bo’lishini kutmagan edim. Shundan so’ng guruh tashkil etib dastur yaratdik. Innovatsion zamonaviy texnologiyalar ishlatilgan va insonlarni hayotini osonlashtiradigan loyihalar ustida ishlayman. Fokusimni foyda olishdan ko’ra ko’proq mijozlar minnatdorchiligiga, farovonlik, mijozga nisbatan yaxshi munosabat, sifatli xizmatga yo’naltirganman.

3. G’oyani amalga oshiradigan loyiha darajasiga olib chiqishda kimlar yoki nimalar yoxud qanday xususiyatlaringiz ish berdi?

G’oyani loyiha darajasiga olib chiqishda qiziquvchanligim, tirishqoqligim, meni va do’stlarimni ko’zlarida chaqnab turayotgan olov va tashabbus yordam berdi, deb o’ylayman. O’zimga yoqadigan ish qilayotganim uchun, loyiha kelajagi bilan qiziqayotganim uchun ham, ko’proq ishlashga harakat qilayabman va insonlar tomonidan bildirilayotgan fikrlar, mehnatim natijasi menga zavq bag’ishlayabdi.

4. Loyihalaringiz bilan qanday yutuqlarga erishdingiz yoki harakat qilib ko’rdingiz?

Dovezu.Uz loyiham bilan VIII Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika Yarmarkasida qatnashib faol ishtirokchi diplomi bilan taqdirlandik; Startup mix 14 sonida taqdimot qildik; Xalqaro GIST TECH-I 2015 tanlovida ishtirok e'tib yuqori ball to'pladim; "Ta'limda AKTning joriy etilishi: Janubiy Koreya tajribasi misolida" Respublika Simpoziumi qoshidagi ko'rgazmada ishtirok etdim.

Bundan tashqari ushu ijtimoiy dastur foydalanuvchilari bilan 9-may "Xotira va qadrlash" kuniga atab xayriya aksiyasini o'tkazib, qariyalar va nuroniylarni sovg'alar bilan tabrikladik, ijtimoiy yordamga muhtoj va nogiron insonlarni tadbirlarga bepul eltib berish uchun ko'ngillilar va avtomobillar bilan ta'minladik, nuroniylar uyiga jo'natiladigan kiyim kechaklarni yetqazish uchun dasturimizdagi haydovchilarni jalb qildik. Bundan tashqari, dastur foydalanuvchilari bilan respublikamizning dam olish hududlariga bepul sayohat uyushtirib turamiz.

www.som.uz internet do’kon ochish g’oyam bilan, “O’zing haqingda so’zla va sen haqingda dunyo biladi” deb nomlangan tanlovda g’olib deb topildim.

5. Yana nimalar ustida ishlashni va qanday insonlar bilan ishlashni xohlar edingiz?  

Birinchi o’rinda insonlar uchun kerakli, muhim va  insonlarning hayotini osonlashtiradigan, kelajakda ularga xizmat qiladigan loyihalar ustida ishlashni rejalashtirganman. Tashabbuskor, o’z ishiga sodiq, o’z ishini sevadigan, harakatchan, yaxshi natijalarni ko’zlaydigan, guruhda ishlashga qiziqadigan va samimiy hamda yaxshi insonlar bilan ishlashni xohlar edim.

6. Kelajakdagi orzularingiz nimalardan iborat?

Orzularim ko’p, kelajakda katta kompaniya egasi bo’lib, mening mahsulotlarim dunyo bo’ylab xizmat ko’rsatib, insonlarga qulaylik olib kelishini istayman. Va yana bir orzuyim, zavq bag’ishlaydigan va meni yanada rivojlantiradigan loyihalarni amalga oshirish.

7. Siz kabi yoshlarga nimalarni maslahat bergan bo’lar edingiz?

Men kabi yoshlarga maslahatim, imkoniyatlar juda ko’p, kichik narsani ham katta bilib faqat harakat qilish kerak. Ta’lim olish kerak, ta’lim sohasida ham imkoniyatlar ko’p, faqat o’zimiz yugurib, qayerda nima bo’lyabdi, bilib, o’zimizga kerakli narsalarni olishimiz kerak. Eng muhimi vaqt, vaqtdan unumli foydalanishimiz kerak. Omad – har bir ishni o’z vaqtida amalga oshira olishdadir.

Izohlar

Nargizaxon's picture
Qoyil, Omad sizga Shuxrat. Siz kabi yoshlarning o'rni beqiyosdir, jamiaytimiz sizdek yoshlar bilan gullab borishi shubhasiz. Bunday g'oyalar bilan biz ham yetakchi davlatlar qatoridan tez orada o'z o'rnimizni topamiz.
Shuxrat's picture
Illiq fikrlaringiz uchun raxmat. Davlatimizga, insonlarga foydamiz tegsa, bizdan baxtiyor inson bo'lmaydi.
Murod's picture
HA. Shuxrat bilan kursdosh bo'lib bir kursda o'qigandik... Ajoyib.. som.uz ni ochish kerak... torgdan ham o'zib ketadi,,agar mahsulotni yetkazib berishni uddalasangiz)))
Shuxrat's picture
Som.uz ni ham ochish niyatim bor, hozirda izlanishlar olib borayapman. Nasib qilsa som.uz ni ham ochamiz.
Murod's picture
uzr....adashtirib yuboribman ))))
Dilshoda's picture
Shuxrat Agzamov, yutuqlaringizga ko'z tegmasin. Kelgusi ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilab qolaman! Orzularingiz ro'yobga chiqib, katta kompaniyaning egasi bo'lib yurganingizda kursdoshimiz, deb faxr bilan maqtanib yuraylik
Shuxrat's picture
Dilshoda raxmat. Sizdek faol inson bilan birga o'qish men uchun baxt.
Gulruxsor's picture
Ajoyib! Bundan-da ulkan yutuqlarga erishishingizga tilakdoshman! oxirgi xulosangiz hammasidan ham yoqdi: Omad – har bir ishni o’z vaqtida amalga oshira olishdadir. buni ancha oldin, bir maqolaning ostida o'qigandim sizdan. Ajoyib fikr, o'shanda ham juda yoqqandi.
Shuxrat's picture
Gulruxsor tilaklaringiz uchun raxmat.
Sarmus's picture
salom,barcha manashu maktabning faol azolariga. Avvalo bu dostimizning ishlariga rivoj va muaffaqqiyat tilab qolaman. Aziz dostlar men ham netdan kop foydalanaman faqat bu ishim foydadan kora kopro vaqtimni olib qoyyapdi. Chunki siz aziz dostlar kabi IT yaga yaxshi tushunmasligim va yoshlar un foydali bolgan yanglik va sharoitlardan be habar qolishim va bilmasligim bolsa kk. Uzim tadbirkorlikka juda qiziqaman va uz biznesimni yolga qoyib vatanim,ota onam oldidagi sharafli burchimni ,yurtimiz ravnaqiga hissa qoshish orqali ado etishni juda hohlayman. Lekin qanday yonalish olishga boshim qotkan. Shu istaklarim tufayli bu sahar online maktabini kuzatib boraman. Yosh tadbirkor dostlar ortirib fikr almashib sekin asta bilimimni o'stirmoqchiman,va siz azizlardan foydali maslahatlar kutib qolaman.
Shuxrat's picture
Avvalambor tilaklaringiz uchun raxmat. Birinchi navbatda Sahar maktabining Loyiha tuzish va boshqarish kursiga yozilishingizni maslahat beraman.
Marufjon's picture
Avvalo maktabning barcha a'zolariga salom deyman. Shuxrat aka men yosh bo'lishimga qaramay yurtimiz ravnaqi uchun ozgina bo'lsa ham o'z hissamni qo'shish niyatida .Sizni kelajakdagi rejalaringizga omad tilayman .Men ham yaxshi fikrlarni kutaman va vatanimga o'z hissamni qo'shishga harakat qilaman .Boshqalardan ham naslahatlar kutaman .Yana birbor sizga omad Shuxrat aka.
Shuxrat's picture
Marufjon raxmat. Sizdek intiluvchan yoshlarimiz borakan, shu yurtda tug'ilib o'sganim, yashayotganimdan faxrlanaman. Qaysi yo'nalishda bo'lsa ham, o'zingizga yoqadigan, jamiyatga foydasi tegadigan ishlar qilsangiz maqsadga muvofiq bo'lardi. Kelajakda ishlaringizga omad tilab qolaman. Mendan qanday maslaxatlar kerak bo'lsa, men doimo tayyorman. Email: agzamovshuxrat@gmail.com
Marufjon's picture
Avvalo maktabning barcha a'zolariga salom deyman. Shuxrat aka men yosh bo'lishimga qaramay yurtimiz ravnaqi uchun ozgina bo'lsa ham o'z hissamni qo'shish niyatida .Sizni kelajakdagi rejalaringizga omad tilayman .Men ham yaxshi fikrlarni kutaman va vatanimga o'z hissamni qo'shishga harakat qilaman .Boshqalardan ham naslahatlar kutaman .Yana birbor sizga omad Shuxrat aka.
Urazbaev Mansur's picture
Shuxrat bundan-da ulkan yutuqlarga erishishingizga tilakdoshman! Omad!
Ahmad's picture

Shuhrat Aka Bu Dasturni O'zbek Tilidagisi Bormi Dovezu.uz.apkni O'zbek tilidagi saytga yuklang man internetdan ololmadim. kelajakda Dovezu.uzni 2.66 versiyasi ni ham kutib qolamiz