Men qanday qilib korxonamni ro'yxatdan o'tkazaman? Maqola

O‘zbekistonda eng ko‘p uchraydigan korxona turlaridan biri bu Mas’uliyati Cheklangan Jamiyat (MChJ) shakli bo‘lib, quyidagi maqolada aynan shu va boshqa turdagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichlarini ko‘rsatib boramiz.

1-qadam. Korxona nomini tanlang. Korxona nomini tanlaganingizdan so‘ng uni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi vebsaytining (www.stat.uz) korxona nomlari bazasida tekshirib ko‘ring. Agar bu nom olinmagan bo‘lsa, tanlangan korxona nomi sizga berilgani haqida 4 soat ichida rasmiy xabar beriladi. Ushbu ma’lumotni nashr qilib oling va korxonani 2 oy ichida ro‘yxatdan o‘tkazib oling. Bu bosqich faqat yuridik shaxslar (xususiy korxona (XK), MChJ va qo‘shma korxona (QK)) uchun bo‘lib, yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) esa ism-familiya va otasining ismi bilan ro‘yxatdan o‘tadi.

2-qadam. Korxonaning yuridik manzilini aniqlang. Korxona manzili siz turadigan uy, shaxsiy yoki ijaraga olingan bino bo‘lishi mumkin. Agar bino ijaraga olingan bo‘lsa uning egasidan bino korxona uchun ijaraga berilgani haqida kafolat xati oling. YaTTlar esa bu bosqichda 2ta manzil ko‘rsatishlari shart: yashash va faoliyat yuritish manzili.

3-qadam. Korxona tashkil etish qarorini qabul qiling va uning ta’sis hujjatlarini tayyorlang. Bu bosqichda MChJ va qo‘shma korxonalardan quyidagilar talab qilinadi: ta’sischilar shartnomasi va ta’sischilar kengashining korxonani tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bayoni, nizom va muhr shtamb eskizi. YaTTlarda esa faqat muhr shtamb eskizini tayyorlash kerak bo‘ladi.

4-qadam. Ustav (nizom) fondini shakllantiring. O’zbekiston Respublikasi qonunchiliiga ko‘ra, MChJlar uchun ustav fondi eng kam ish haqqining 40 baravarida bo‘lishi kerak. Ustav vkladiga naqd pul, qimmatli qog‘oz va pul qiymatiga ega bo‘lgan boshqa narsalarni kiritish mumkin. Agar ustav fondiga naqd pul qo‘yiladigan bo‘lsa, bankda vaqtinchalik hisob raqami ochib pul qo‘yish mumkin. Korxona ochilganidan so‘ng bu mablag‘ni korxonaning asosiy bank hisobiga o‘tkazish mumkin. Ustav fondini shakllantirish korxonani ochishdan oldin qilishishi shart emas; korxona davlat ro‘yxatidan rasmiy o‘tgandan 1 yil ichida ustav fondini ochishi ham mumkin. Ustav fondi miqdori xususiy korxonalar uchun xohishga qarab belgilanadi, YaTTlar uchun esa majburiy emas.

5-qadam. Yorliq va muhr eskizlarini tayyorlang. O‘zingiz yoki boshqa ushbu xizmatni taklif etuvchi korxona xodimlari bilan korxona muhri eskizlarini tayyorlang va korxona boshlig‘i imzosini tasdiqlang.

6-qadam. Davlat bojini tolang. MChJ, XK va YaTTlarni royxatdan otkazayotgan tuman hokimligi inspektsiyaga eng kam ish haqqining 1 baravarida davlat bojini tolang. Qoshma korxonalar uchun esa davlat boji miqdori koproq belgilangan va ular adliya tomonidan royxatdan otkaziladi.

7-qadam. Hujjatlarni royxatdan otkazadigan davlat organlariga topshiring. MChJ yoki Xususiy korxonangizni royxatdan otkazish uchun shahar hokimligi qoshidagi tadbirkorlik sub’yektlarini davlat royxatidan otkazish inspektsiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiring:

  • O‘zbek tilida yozilgan ta’sis hujjatlarining 2 nusxasi;
  • Davlat bojlarini to‘laganlik haqida kvitantsiya;
  • Korxona nomini olganligingiz haqida tasdiqlovchi ma’lumot (1-qadamda ko‘rsatilgan);
  • Ikki nusxada muhr eskizlari.

Hujjatlar tegishli organga topshirgan kundan 2 ish kuni ichida inspektsiya organi hujjatlarni tasdiqlab, korxonangizning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqida tasdiqnoma, muhr tayyorlash uchun ruxsat va ro‘yxatda kiritilgan ta’sis hujjatlarini beradi.

Bu bosqichda YaTTlardan faqat passport nusxasi, 2 dona 3x4 rasm, boj to‘lovi to‘g‘risidagi kvitansiya, pechat eskizi va ariza talab qilinadi.

8-qadam. Yorliq va muhrni tayyorlang. Inspektsiya ruxsatini olgandan so‘ng muhr tayyorlang. Buni ushbu xildagi xizmatlarni taklif etuvchi korxonalardan tayyorlab olishingiz mumkin.

9-qadam. Bank hisobot raqami oching. Hech qaysi bir korxona bank hisobotisiz ishlay olmaydi. Yuqoridagi barcha bosqichlarni bajargandan so‘ng O‘zbekistondagi istagan bankda hisob raqami oching. YaTTlar uchun esa bu ixtiyoriy.

Siz korxonangizni ro‘yxatdan o‘tkazib, uni soliq inspektsiyasi ro‘yxatiga kiritdingiz va bankda hisob raqami ochdingiz – endi siz Tadbirkorsiz!

Agar siz litsenziyalanadigan faoliyat turi bilan shug‘ullansangiz, unda siz faqatgina ro‘yxatdan o‘tgachgina litsenziya olishingiz mumkin, chunki litsenziya faqat yuridik shaxslarga beriladi. YaTTlarda esa litsenziyalanadigan faoliyat mavjud emas.

O‘zbekiston Respuiblikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi 4725 sonli qaroriga asosan Yagona oyna markazlari 2016-yil 1-yanvardan to‘liq ishga tushadi. Bu markaz tadbirkorlik subyektlari uchun mo‘ljallangan xizmatlar, jumladan ruxsat berish tartib-taomillaridan ‘tishga ariza berish, ma’lumotnoma olish, moliyaviy, soliq, statistika hisobotlarni interaktiv ko‘rinishda rasmiylashtirish hamda taqdim etish kabi qulay xizmatlar taqdim etadi va keyinchalik yangi xizmatlar qo‘shilib boriladi. Shuningdek, hozirda ro‘yxatdan o‘tish uchun internet tarmog‘i orqali my.gov.uz sayti orqali ariza topshirish mumkin. Qo‘shma korxonalar esa faqat adliyaga borib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin, hozircha bu turdagi korxonalarni internet orqali ro‘yxatdan olinmaydi.

Ushbu maqolani qisqa video shaklida mana bu linkda ko‘rishingiz mumkin.

Izohlar

HappyMan's picture
Juda foydali malumot bo'libdi
JSTmedia's picture

3- qadamni to'liq tushuntirib namula bersangiz zo'r bo'lardida, hammasini o'zim musqatil qilib tashlardim