Mening bir kunim aksiyasi, 14-16 aprel kunlari

Aksiyadan maqsad: Yoshlikni tarannum qiluvchi fotolavhalarni baham ko’rish bilan yoshlarda ijodkorlik, faollik, yetakchilik, mardlik, go’zallik, uddaburonlik va shijoatkorlikni targ’ib qilish.

YOSHLIGIMDAN1KUN AKSIYA SHARTLARI VA UNDA ISHTIROK ETISH QOIDALARI:

‘YOSHLIK’ so’zini eshitganingizda atrofingizdagi qanday tasvirlar, holatlar, faoliyat-mashg’ulotlar, tabdirlar, odamlar, kundalik turmush tarzi, hikoyalar gavdalanadi? Kundalik hayotingizda yoshlikni tasvirlab olingan rasmlaringizni aksiyamiz davomida post qilib boring va tanlovda ishtirok eting. Ishtirokchilar kun bo’yi har 1-2 soatda yangi post qo’yib borishlari mumkin.

Quyidagi yo’nalish chop qilingan rasm va rasmlar mualliflari taqdirlanadi.

  1. Eng original rasmlar muallifi;
  2. Eng ijodiy rasmlar muallifi;
  3. Faollikni targ’ib qiluvchi rasmlar muallifi;
  4. Eng ko’p “like” yiqqan rasm(lar) muallifi.

Rasmlar quyidagi shartlarga javob berishi kerak:

  • “Selfie” yoki kundalik hayotingizda sodir bo’layotgan atrof muhit rasmi
  • Original olingan (biror joydan ko’chirilmagan)
  • Original gap/she’r/nom/hikoya bilan tasvirlangan (14-16-aprel kunlari olingan)
  • #YOSHLIGIMDAN1KUN heshtegi ostida post qilingan.

YOSHLIGIMDAN1KUN  aksiyasi 14-16-aprel kunlari Facebook ijtimoiy tarmog’ida o’tkaziladi.