Liderlik xislatlarining ta'lim imkoniyatlariga ahamiyati

Hayotda imkoniyatlarimizdan to’laqonli foydalana olishimiz uchun qanday liderlik xislatlarini o’zlashtirishimiz kerak? Siz qanday lider toifasiga kirasiz? Oldingizga qo’ygan maqsadga erishish formulasi bormi? Shu kabi psixologik savollarimizga javoblarni 2ta o’z sohasida yuqori cho’qqilarga erishgan lider ayollarimizning tajribasidan o’rganamiz.

Marhamat Suhbat mehmonlari bilan tanishing:

Dilorom Abdullayeva - huquqshunos, yosh lider va ijtimoiy tadbirkor. Bir necha davlatlarda ta'lim olgan Dilorom o'zbek yoshlarining ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish va ularni qo'llab-quvvatlash uchun yaqinda Grantlar.uz loyihasini boshladi. Suhbat davomida Dilorom Abdullaeva ijtimoiy foydali g'oyani amalda ishlayotgan loyihaga aylantirish haqida firk yuritib, uni o'zining shaxsiy loyihasi Grantlar.uz misolida so'zlab beradi.
 
Zamira Akobirova – xalqaro ta’lim sohasida doktorlik unvonini yoqlagan, yosh lider, faol mutaxassis. AQShdagi Xalqaro Ta’lim Kembridj Institutida faoliyat yuritadi. Iqtidorli yoshlarga xalqaro ta’lim imkoniyatlari bo’yicha maslahat va yo’nalish beradi. O’z liderlik mahoratini olgan bilimlarini amalda tadbiq qilish qobiliyatida deb biladi. Har kimda liderlik imkoniyati bor lekin har kim ham bu imkoniyatdan foydalanish uchun to’g’ri yo’nalishni tanlamasligi mumkinligini ta’kidlaydi.
 
Skype orqali o'tkazilgan ushbu qiziqarli suhbatni quyida tinglashingiz mumkin:

Izohlar

Feruzkin Mamirova's picture
Assalomu aleykum! Biz imkoniyatlardan to'laqinli foydalana olishimiz uchun izlanuvchanlik va intiluvchanlik xaslatlariga ega bo'lishimiz kerak deb hisoblayman. Menimcha bu ikki xislat lider uchun muhimdir. Sahar Maktabi skype dagi suhbatta qatnasha olmagan bo'lsamda, suhbat uchun minnatdorman shu qatorda ikki lider ayollarimiz Dilorom opa va Zamira opaga ham.