Blogerlar tanlovining 1-bosqich natijalari

Hurmatli blogerlar!

Avvalambor, tanlovda qatnashganlaringiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiramiz!

Tanlovda turli mahalliy ijtimoiy muamolarni mohirona ochib bergan 50dan ortiq blogpostlarni qabul qildik va ular orasidan finalistlarni aniqlash qiyin bo’ldi.

Tanlov qoidasiga ko’ra, finalistlar blogpost sifati, ya’ni mavzuning dolzarbligi, ijtimoiy muammoning yoritilishi, originallik, yozish malakasi, foto/audioning sifati, shaxsiy va tahliliy fikrning mavjudligi, innovatsion va noodatiy uslub va yondashuvga egaligi, muammolarga yechim taqdim etish (agar bo’lsa) va blogpost to’plagan umumiy va o’rtacha ovozlar asosida aniqlandi.

Quyida tanlovning 1-bosqichidan o’tgan 10ta finalistlar ro’yxati bilan tanishishingiz mumkin. Finalistlar orasidan 3ta ishtirokchi teng baho to’plagani uchun 8ta o’rniga 10ta finalistlarni aniqladik. Ro’yxat alifbo tartibida berilgan.

Tanlovda juda qiziqarli va dolzarb muammolarni ochib bergan bir nechta blogpostlar afsuski unga yetarli ovoz to’play olmagani sababli tanlovning navbatdagi bosqichiga o’ta olishmadi. Lekin ruhingizni tushirmang, keyingi tanlovlarda yangidan-yangi qiziqarli blogpostlaringizni kutib qolamiz.

Tanlovning birinchi bosqichidan o’tgan ishtirokchilarga keyingi bosqich bo’yicha batafsil ma’lumot email orqali xabar beriladi.

Barchaga tanlovda qatnashganlari uchun minnatdorchilik bildirib qo’yamiz va tanlov finalistlariga omad tilaymiz! 

Izohlar

Sh's picture

Hakamlarning baholari bilan tanishishning iloji yo`qmi, muhtaram tashkilotchilar