Blogerlik mahorati: Uni qanday egallash mumkin? Behzod Mamadiev bilan suhbat

18-may kuni SIT Klubimizda yoshlarimiz orasida keng qiziqish uyg’otayotgan blogerlik mavzusiga bag’ishlangan Skype suhbat o’tkazildi. Suhbat mehmoni “Grantlar.uz” loyihasi boshqaruvchisi, AQShdagi Vatandosh gasetasi bosh muharriri, jurnalist hamda bloger Behzod Mamadiev o’z presentatsiyasida ishtirokchilarimizga blogerlikning o’ziga xos jihatlari, turlari va muvaffaqqiyatli blog yuritish mahorati haqida gapirib o’tdi. O’zbekistondagi blogerlar bilan bog’liq qo’shimcha qonunchiliklar haqida qiziqarli savollarga javoblar bilan birga, blogerning jurnalistdan ajralib turadigan xususiyatlariga oydinlik kiritib o’tdi. Behzod Mamadiev blog yozish uchun, savodli yozish, o’z fikringizni asoslab berish va boshqa faol blogerlarning faoliyatini kuzatib borishga e’tibor berishni maslahat berdi. Blogingizni keng targ’ib qilish va auditoriyangizni o’sib borishini ta’minlash uchun nima qilish kerakligini bilasizmi? Unda Behzod Mamadiev o’tkazgan prezentatsiyani quyida o’qib eshitishingiz mumkin: