G'oyani asoslab yetkazib berish mahorati". Bekzod Ruzmetov bilan suhbat.

2015-yil 12-iyunda SIT klubi navbatdagi suhbatida g’oyani taqdimot qilish orqali tinglovchiga to’laqonli yetkazib berish kichik sinovi tashkil qilindi. O’z g’oyasini taqdimot qilish uchun Sahar maktabi ishtirokchilari taklif qilindi. Ularning taqdimotlarini baholash va o’z mutaxassislik tajribalari bilan bo’lishish uchun Bekzod Ruzmetov suhbatimiz mehmoni bo’lib ishtirok etdi. Bekzod - yosh, iqtidorli va bir nechta muvaffaqiyatli internet startaplar muallifi bo’lib, turli auditoriyalarda o’zini qayday tutish, tinglovchini e’tiborini va qiziqishini qozonish sirlari haqida bir qator foydali maslahatlar berdi. Faraz qiling, g’oyangizni bir guruh sarmoyadorlar orasida turib 4 daqiqa ichida asli mag’zini yetkazib berishingiz kerak? Bu yerda nafaqat vaqt, balki hayajonni boshqarish, hazilni o’rnini bilish, o’z-o’zini tashkillash va fikrni asoslay olish mahoratlari muhim o’rin tutadi. G’oyangiz qanchalik dolzarb bo’lmasin uni sota bilish (marketing qilish) avvalambor sizning taqdimot qilish qobiliyatingizga bog’liq. Xo’sh, taqdimotingizga qanday ma’lumotlar kiritishingiz kerak? Bozorga olib kirmoqchi bo’lgan mahsulotingizni qanday imkoniyati bor?  Ijroiy xulosa (rezyume), mahsulot yoki xizmatingizning bozordagi talabi va uning bozorda o'z o'rnini topishi siz taklif qilayotgan g'oya/loyiha uchun muhimmi? 

Shu kabi dolzarb masalalar haqida to’liq ma’lumot olishni istasangiz chat suhbati yozilgan audioni quyidagi sahifadan tinglashingiz mumkin: