Navbatdagi tadbir

Ziddiyatlarni hal qilish san'ati

Ziddiyat (konflikt) nima? Hayotda uchraydigan har xil ziddiyatli holatlarda o'zingizni qanday tutasiz? Doim haq chiqishga harakat qilasizmi? Chekinasizmi? Yoki boshqacha yo'l tutgan paytlaringiz ham bo'lganmi? 
Oddiy kelishmovchiliklar o’z vaqtida bartaraf qilinmasa, konfliktga, ya’ni ziddiyatga aylanadi. Ishda, ko'cha kuyda, oilada, o'qishda va hatto ijtimoiy tarmoqlarda yuz beradigan ziddiyatlarning turlari, ularni hal qilish yo'llari va misollarini ko'rib chiqamiz. 
Hayotda yuzma-yuz turib noqulay holatlarni hal qilishda o'ziga ishongan odam ham ijtimoiy tarmoqda uchraydigan ziddiyatli holatlarda o'zini yo'qotib qo'yishi mumkin. Buning sabablari va oqibatlari hayotiy ziddiyatlardan ham chuqurroq bo'lishi mumkin. 
Sizlar uchun maxsus tayyorlangan ushbu amaliy mashg'ulot hayotingizda albatta kerak bo'ladi. O'tkazib yubormang. Mashg'ulot GoToMeeting sahifasida jonli olib boriladi. 

 

May
01
12:00 PM

Sahar Ijtimoiy Tadbirkorlar (SIT) Klubi

Mening bir kunim aksiyasi, 14-16 aprel kunlari

Aksiyadan maqsad: Yoshlikni tarannum qiluvchi fotolavhalarni baham ko’rish bilan yoshlarda ijodkorlik, faollik, yetakchilik, mardlik, go’zallik, uddaburonlik va shijoatkorlikni targ’ib qilish.

Batafsil
Blogerlar tanlovining 1-bosqich natijalari

Hurmatli blogerlar! Avvalambor, tanlovda qatnashganlaringiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiramiz! Tanlovda turli mahalliy ijtimoiy muamolarni mohirona ochib bergan 50dan ortiq blogpostlarni qabul qildik va ular orasidan finalistlarni aniqlash qiyin bo’ldi.

Batafsil
Liderlik xislatlarining ta'lim imkoniyatlariga ahamiyati

Hayotda imkoniyatlarimizdan to’laqonli foydalana olishimiz uchun qanday liderlik xislatlarini o’zlashtirishimiz kerak? Siz qanday lider toifasiga kirasiz? Oldingizga qo’ygan maqsadga erishish formulasi bormi? Shu kabi psixologik savollarimizga javoblarni 2ta o’z sohasida yuqori cho’qqilarga erishgan lider ayollarimizning tajribasidan o’rganamiz.

Batafsil
G'oyani asoslab yetkazib berish mahorati". Bekzod Ruzmetov bilan suhbat.

Faraz qiling, juda qiziqarli g’oyangiz bor. Sizda ushbu g’oyangizni loyihaga aylantirish uchun moliyalashtiruvchi shaxs yoki hamkor bilan suhbat imkoniyati tug’ildi.

Batafsil
Blogerlik mahorati: Uni qanday egallash mumkin? Behzod Mamadiev bilan suhbat

Takliflaringizni inobatga olib, sizlarga navbatdagi qiziqarli Skype chat uchrashuvini taklif etamiz. Jurnalist va bloger Behzod Mamadiev jonli chatimiz mehmoni.

Batafsil
Axborot texnologiyalari g’oyalar uchun imkoniyat”. Yelena Selezneva bilan suhbat

Startupfactory.uz - AT (axborot texnologiyalari bilan bog'liq) loyihalar uchun O'zbekistondagi birinchi akselerator. G'oyalaringizni tez orada pul qiladigan muvaffaqiyatli biznesga aylantirish uchun imkoniyat.

Batafsil
Kadrlar Bo’limiga Murojaat. Abror Sharipov bilan suhbat

Rezyume tayyorlashda xalqaro bosqichda qabul qilinadigan “qilish kerak” va “qilish kerak emas” qoidalarini bilasizmi? Qabul intervyusiga kirish uchun qanday tayyorlanish kerak? Shular bo'yicha mehmonimiz Abror Sharipovning maslahatlarini tinglang.

Batafsil
O‘zbek Ayollarining Liderlik Muvaffaqiyatlarini Nishonlash aksiyasi xulosalari

Yaqinda "Facebook" sahifamizda o‘tkazilgan O‘zbek Ayollarining Yetakchilikdagi Muvaffaqiyatlarini Nishonlash deb nomlangan aksiya davomida 640dan ziyod turli fikrlar va izohlar bildirildi. Aksiyaning qisqa xulosasi bilan ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.

Batafsil