Ko'chada ayollarga nisbatan tegajog'lik haqida faktlar

“Hech  tegajog’likka duch kelganmisiz? Masalan, ko’chada, do’konda, transport vositalarida kimdir orqangizdan  hushtak chalib, gap otib, yo’lingizni to’sib yoki orqangizdan kuzatib bezovta qilganmi? 

Jorj Vashington universitetining  izlanishlariga ko’ra, 99% odamlar, erkaklarni ichiga olgan holda, bu savolga “ha” deb javob berib, hayotida bir necha marta tegajog’likka duch kelganligini aytadi.  65% esa har oy tegajog’likning qaysidir turiga duch kelishi haqida aytadi.  2008-yil kuzda o’tkazilgan onlayn so’rovnomada  916 ayol ishtirok etgan bo’lib, ularning  99 foizi tegajog’likka duch kelgan. Atigi 3ta ayol hayoti davomida bunday holatga umuman duch kelmaganini aytgan. Tegajog’likning  turlari har xil bo’lib, quyidagi misollarda ularning ba’zilarini sanab o’tish mumkin.

 

Hirs bilan qarash

95 foiz ayollar ularga tikilib qarab turgan shaxslarga hech bo’lmasa 1 marta  duch kelgan, 65 foizi esa hayot davomida yigirma olti  va undan ko’p  marta duch kelgan.

 

Hushtak yoki signal chalish

95 foiz ayollar hayot davomida bir -  ikki marta orqasidan signal chalgan shaxslarga duch kelishgan, 40 foizi bilan bu har oy sodir etadi.

94 foiz ayollar hayot davomida kamida bir marta orqasidan hushtak chalinishgan, 38 foiz bilan bu harakatlar  esa har oy bo’ladi.

 

Seksist luqma otish

87 foiz ayollarga nisbatan seksist luqma tashlanadi, 45 foiz ayollar esa hayot davomida kamida 25 marta bunday holatga duch kelishgan.

Ayollarga nisbagtan psixologik tazyi: ish joylarida ko'p bo'ladigan holat, bunga nojo'ya xushmuomalalik qilish, ya'ni ish masalasidan ko'p shaxsiy savollar so'rash, ayolning yurish turishiga va ishiga professionallikdan yiroqlashgan, lekin ochiq seksist bo'lmagan gaplar gapirish va sovg'alar berish.

 

Uyatsiz harakatlarni qilish

So’rovda qatnashgan ayollarning 82 foizi ularga nisbatan uyatsiz harakatlar hayot davomida kamida bir marta sodir etilganini aytishgan. Ularning 21 foizi 50 marta duch kelishgan.

 

O’pish ovozlarini chiqarish

77 foizdan oshiq  ayollarga notanish erkaklar tarafidan shu harakatlar qilingan, 48 foizi ayollar hayoit davomida 25 martadan oshiq bu holatga to’qnashishgan.

 

Orqadan poylash/kuzatish

75 foiz ayollarning ko’chada orqasidan hech bo’lmasa bir marta notanish erkaklar poylab kuzatgan, 27 foiz esa kamida 6 marta hayot davomida shunday holga duch kelgan.

 

Yo’lni to’sish

62 foiz ayollarni yo’lini notanish erkaklar hayot davomida kamida bir marta ataylab to’sishgan, 26 foiz bilan bu narsa kamida 6 marta sodir etgan.

 

Hujum qilish  

So’rovnomadagi 27 foiz ayollarga hayoti davomida  kamida bir marta jamoat joylarida notanish odamlar tarafidan hujum qilingan.

 

Aytib o’tilgan harakatlardan tashqari yana qanday tegajog’lik turlariga duch kelgansiz? Keling, barchamiz birgalikda Tegajog’likni to’xtataylik. Tegajog’likga qarshi qanday harakatlar qilinishi lozimligi borasida fikrlaringizni yozib qoldiring. 

Izohlar

Davronjon's picture

Ma'muriy javobgarlikka tortish kerak, kambag'alni urma so'kma to'nini yirt)))

Akbarjon's picture

Ko'chada tegajoqlik qilgan odamlarniyam yaqinlari bor-ku agar vijdonlari, or-nomuslari bo'lsa bunday ishlarni to'xtatishlari kerak

Rashithon ziyo's picture

iloji bosa bulaga qarshi qonuniy ravishda kurashishni kuchaytirishkere..
bundaqa insonlaga odiy gap bilan tushuncha berip bomidi..