SWOT Tahlili

SWOT” tahlili bu yangi tashabbuslar bo‘yicha strategik rejalashtirish va qaror qabul qilishda yordam beradigan usul hisoblanadi.

“SWOT” sozi quyidagi inglizcha sozlarning qisqartmasidan  olingan:

 

 

  • S – Strengths (Kuchli tomonlar);              
  • W – Weaknesses (Zaif tomonlar);
  • O - Opportunities (Imkoniyatlar);
  • T - Threats (Xavflar).

Siz oz loyihangiz goyasini aniqlaganingizdan keyin, uni tahlil qilishingiz kerak. Ya’ni kuchli va zaif tomonlarini, imkoniyat va xavflarini aniqlashingiz lozim. Bu bir qarorga kelishingiz va rejalashtirishingizni osonlashtiradi.

Masalan, loyihangizning kamchiliklari, afzalliklari yoki loyiha oldida qanday xavflar bolishi mumkinligini oldindan aniqlashda “SWOT” tahlili sizga yordam beradi. Shu bilan birga, tahlil orqali aniqlangan muammolarga oldindan ta’sir qilishingiz mumkin bo'ladi.

 

"SWOT” tahlilini oson tushunish uchun uni 4 katakli jadvalda namoyish etamiz. Tepadagi ikki katakda kuchli tomonlar va zaif tomonlar ifodalangan va ular ichki omillar deb ataladi. Pastdagi ikki katakka  imkoniyatlar va xavflar qoyilgan va ular tashqi omillar deb ataladi.

“SWOT” tahlili quyidagi savollarga javob topishda qol keladi:

  • Ushbu loyihani amalga oshirishda ozingiz yoki tashkilotingizning kuchli tomonlari yoki farqli afzalliklari nimada?
  • Ozingiz yoki tashkilotingizning zaif va nozik tomonlari nimada? Aniqlangan kamchiliklar orasida qaysi birini birinchi orinda bartaraf etishga harakat qilishingiz kerak?
  • Loyihaning samarali amalga oshishi uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
  • Loyihani amalga oshirishda qanday tosiqlar va xavf-xatarlar bolishi mumkin? Ularning oldini olish uchun nima qilish kerak?

Quyida bir misol orqali biz “SWOT” tahlilini otkazamiz.

A’zamjon Dang'‘arada sog'lomlashtirish markazini ochmoqchi. Uning fikricha, sog‘lomlashtirish markazi barcha shahardagi bekorchi yoshlarga sport bilan shug‘ullanish, soglom turmush tarzini organish va oz sogliklarini tiklashga yordam beradi. Shu bilan birga, soglomlashtirish markazi yangi ish o'rinlari yaratadi va turli sport, uqalash (massaj) kabi kurslarni taqdim etadi.

Kuchli Tomonlar (Strengths):

Yonaltiruvchi savollar:

Loyihani amalga oshirishda boshqalardan qanday afzalliklaringiz bor? Yetarli tajribaga egamisiz? Qaysi qobiliyatlaringiz loyihaga ijobiy ta’sir korsatishi mumkin? Sizga yordam beradiganlar kimlar?  Qancha mablagtopa olasiz? Raqobatchilardan qanday ustunliklaringiz bor? Nimalar borasida muvafaqqiyatga erishishingiz mumkin?

*      Bir necha  yil oldin Qoqon shahridagi shu kabi sport markazida oddiy karate murabbiysidan rahbargacha kotarilganman. Shu sohani va uni boshqarishda nimalar kerakligini juda yaxshi bilaman.

*      Men hozirgi kunda boshqarib kelayotgan nodavlat tashkilotim shaharda juda taniqli, tashkilotim  orqali reklama qilish va yangi markaz togrisida ma’lumot tarqatishim oson bo'ladi.

*      Hokimiyat bizga shahardagi qarovsiz bolgan va toshloq holatdagi joyni 10 yil muddatga bepul ijaraga bermoqchi. Joyi yaxshi va u yerga shahar transporti boradi. Bu yerda ijara tolamasdan 10 yil ichida foyda qilsak bo'ladi.

*      Men bir necha yildan beri rahbar bolib ishlab kelmoqdaman va kuchli rahbarlik qobiliyatiga egaman. Shuning uchun ishni osongina tashkil qila olaman.

Zaif tomonlar (Weaknesses) :

Yonaltiruvchi savollar:

Qanday kamchiliklar mavjud? Qanday tosiqlar bor?  Yetarli mablagni topa olasizmi? Boshqa qanday qiyinchiliklar bor? Raqiblaringizning sizdan qanday ustunliklari bor?

*      Markazga ajratilgan joyni remont qilish kerak, u kop mablag‘ va vaqt talab qiladi.

*      Dangaradagi yoshlarda qanday sportga qiziqish borligi togrisida bizda ma’lumot yoq.

*      Ba’zi mutaxassislar yetishmaydi.

Imkoniyatlar (Opportunities):

Yonaltiruvchi savollar:

Qanday imkoniyatlar mavjud? Loyihangiz bugungi kunda qanchalik kerakli va muhim? Loyiha kimlarga yoqishi mumkin va kimdan qoshimcha komak olishingiz mumkin? Qanday imtiyozlar mavjud?  Loyihani amalga oshirish natijasida siz uchun qanday yangi imkoniyatlar yaratilishi mumkin?

*      Bu kabi soglomlashtirish markazi Dangarada mavjud emas, shuning uchun raqobat ham bolmaydi.

*      Hozirgi kunda shu kabi tashabbuslarni koplab grant jamgarmalari qollab-quvvatlamoqda va loyihaga mablag‘ topish oson boladi.

*      Remont uchun imtiyozli kredit olish imkoniyati bor.

*      Toshkentdagi katta sport markazlari ozlarining ishlatilgan sport anjomlarini xayriya sifatida berishlari mumkin.

*      Juda kop yoshlar bugungi kunda bekor yuribdi. Agar sport bilan shugullanishsa yoki yangi hunar organishsa, jamiyat ravnaqi uchun katta hissa boladi.

Xavflar (Threats):

Yonaltiruvchi savollar:

Qanday xavflar mavjud? Loyihani amalga oshirishda nimalar tosqinlik qilishi mumkin? Qonuniy to'‘sqinliklar bormi? Raqobatchilaringizdan qanday xavf bor?

*      Ish yuritishga litsenziya olish qiyin bolishi mumkin.

*      Yoshlarni qiziqtira olmasligimiz mumkin.

*      Xarajatlarni tola qoplaguncha ancha vaqt kerak boladi. Bu payt ichida oyliklarni oshira olmaymiz. Natijada ishchilarning ishtiyoqi kamayadi va bu, oz navbatida, xizmatlarimizning sifatiga ta’sir qilishi mumkin.

*      Raqobatchilar shu kabi markaz ochishlari mumkin va buning natijasida bizning mijozlarimiz kamayadi.

Savollarga javob yozishda javoblaringizning sub’ektiv bolishini esdan chiqarmang. Shuning uchun bu mashqqa boshqalarni ham jalb qiling. Ularning fikrlari siznikidan boshqacha bo‘lishi mumkin va ular sizning e’tiboringizdan qochgan tomonlarni korsatishi mumkin. Kamchilik va zaifliklar haqida yozganingizda faqat rostini yozing. Bu sizga togri qaror qabul qilishda va kelajakdagi yoqotishlarning oldini olishda yordam beradi.

Javoblaringizni mos kataklarga joylashtirib, tahlil qilishni boshlang. Ishni javoblaringizga baho berishdan boshlashingiz mumkin. Ya’ni, ularga, muhimligiga qarab, 1 dan 3 gacha baho bering (3 – muhimligi eng kam).

Kuchli tomonlar              

*      Ozimning kuchli qobiliyatlarim

*      Tajribam

*      Tanishlarim

*      Tashkilotimning mashhurligi

 

 

1

2

1

 

Zaif tomonlar

*      Remont qilish kerak

*      Yoshlarning qiziqishi boyicha ma’lumot yoq

*      Mutaxassislar yoq

 

1

3

2

Ichki omillar

Imkoniyatlar

*      Xech kim qilgani yoq bu ishni

*      Jamgarmalar grant bermoqda

*      Yoshlarga imkoniyat

 

1

1

2

 

Xavflar

*      Litsenziya olish qiyin bo'lishi mumkin

*      Yoshlarni jalb qila olmasligimiz mumkin

*      Raqobatchilar shu kabi markaz ochishlari mumkin

 

 

1

2

3

Tashqi omillar

 

Tahlil natijasida kuchli tomonlar va imkoniyatlar kuchliroqmi yoki kamchiliklar va tosiqlarmi, shuni aniqlaysiz. Shundan song imkoniyatlardan tola foydalanish va xavflarni kamaytirish boyicha strategiya tuzishingiz mumkin.

Strategiya uchun misollar:    

*      S-O (Kuchli tomonlar va Imkoniyatlar strategiyasi) – Bu strategiya kuchli tomonlarni doim esda tutib, ulardan loyiha muvaffaqiyati yolida foydalanishni orgatadi. Imkoniyatlarni izlab, ulardan tola foydalanish lozim. Masalan, jamgarmalarning grant tanlovlariga loyiha hujjatlarini topshirish yoki Toshkentdagi katta sport majmualariga murojaat qilib, ularga loyiha togrisida sozlab berish va ulardan kerak bolmagan sport anjomlarini hadya qilishlarini sorash mumkin.

*      W-O (Zaifliklar va Imokoniyatlar strategiyasi) – Bu strategiya imkoniyatlardan kamchiliklarni toldirish yolida foydalanishga xizmat qiladi. Masalan, yuqoridagi misolimizda bepul ijaraga berilgan joyni remont qilish kerakligi kamchilik sifatida keltirilgan. Buni qanday qilib imkoniyatga aylantirish mumkin? Bu loyiha jamiyatga foyda keltiradigan va yoshlarning samarali vaqt otkazishlarini ta’minlash uchun yaratilayotgani bois banklar osonlik bilan imtiyozli kredit berishi mumkin. Shahar hokimiyati buning uchun tasdiqlovchi xat yozib berishi mumkin.

*      S-T  (Kuchli tomonlar va Xavflar strategiyasi)  – Ushbu strategiya  kuchli tomonlarni qollash orqali tashqi xavflarning oldini olishga qaratiladi. Masalan, yoshlarni jalb etishda, tashkilotingiz taniqli bolgani uchun, tashkilot orqali reklama qilish yoki malumot tarqatish samarali boladi. Yoshlarni qiziqtirish, loyihaga jalb etish, ularning sport bilan bogliq qiziqishlari qandayligini bilish uchun sorovnomalar tarqatish, uchrashuvlar va muhokamalar otkazish lozim.

*      W-T (Zaifliklar va Xavflarga nisbatan himoya strategiyasi) –  Bu strategiya kamchiliklar va xavflarning roy berish darajasini orttirmaslikka xizmat qiladi. Masalan, ishchilarning ishtiyoqi kamaymasligi uchun ular bilan uzoqroq muddatga shartnoma tuzish yoki ularga koproq imtiyoz berish mumkin. Ishchilarni boshqaruv jarayoniga jalb qilish, ularning fikr va mulohazalarini inobatga olish ham ishchilarni ruhan qollab-quvvatlaydi.

File Attachment: 

Izohlar

Yulduz's picture
Men 8-sinfligimda Panama kanali haqida hujjatli film ko'rgaoan. O'shanda kinorejissor bo'lishga va Farg'ona kanali haqida film susatga olishga ahd qilganman. Shu kungacha ssenariy yozish va Farg'ona kanali haqida ma'lumotlar to'pladim. Biroq fikrlarimni hatto o'zim u-n ham tushunarli deyolmayman. Endi bemalol SWOT usulida imkoniyatlarimni tahlil qilib chiqaman. RAHMAT!
Shoxa's picture
Menham jamiyatga foyda keltiradigan ijtimoiy loyihani amalga oshirishni istayman,va bu haqda ko'p rejalar tuzganman. Yuqoridagi SWOT tahlili bu loyihamni qanday qilib bir ramkaga solishga judaham qo'l keladi. Yulduz, sizning ham loyihangiz judaham qiziqarliga o'xshaydi. Loyihani amalga oshirsangiz, menga ham natijasi haqida xabar bering iltimos.
Kamola Avazova's picture
Bu maslahatlar mening kelajakda o'z loyihamni yaratishga katta yordam brishi shubhasiz
Matyakubov Ergash's picture
Man SWOT tahlilni o'z o'qish faoliyatimda juda ko'p qo'llaganman. Bevosita ushbu mavzu bo'yicha Respublika oliy yurtlari bo'yicha o'tkazilgan konferensiyada o'z maqolam bilan ishtirok etganman. SWOT tahlil bilan inson o'ziga o'zi xolis baho berishi mumkin.
Azimjon Xolov's picture
Haqiqatdan Swot bizni biznesimizni amalga oshirishdagi asosiy o`rganib chiqishimiz shart bo`lgan taraflarni o`rganishiga xizmat qiladi.
Jahongir_1's picture
Ha haqiqatdan ham juda ajoyib ishlab chiqarish qilmoqchiydim shunga sal kallam ishlamay turgandi rndi bemalol tahlil qilib nasib bolsa ish boshleman
Shahi_uz's picture
Bu usul deyarli barchaga tug'ri keladi. Biron rejani SWOT orqali qilib chiqqan holda, rejaning kuzga kurinmagan kamchiliklarini topish mumkin.
Dilshoda's picture
Haqiqatdan ham ushbu tahlilni o'rganish biz kabi yosh ijtimoiy tadbirkorlar uchun juda ham zarur. Aniq va to'liq ko'rsatma uchun rahmat, buni albatta o'z loyihalarimizda qo'llab ko'ramiz.
Dilshoda's picture
Berilgan tezisda bir xatolik bor ekan, shuni aniqlashtirib bersangiz yaxshi bo'lardi. Bu yerda bir joyda kuchli va zaif tomonlar tashqi omillar,imkoniyat va xavflar esa ichki omillar deb keltirilgan, ammo muhimligiga ko'ra baho berish jadvalida ularning aksi aytib o'tilgan. Shunga oydinlik kiritsangiz, iltimos.
Fayyoza's picture
Swot tahlili menincha barcha sohalarda har qanday muammoni ishlatishda yordam beradi. Ushbu tahlil orqali rejalashtirilgan har qanday ishning zaif va kuchli tomonlarini taroziga qo'yib, rejani to'g'ri yo'naltirishga katta yordam beradi. Bu usul hayotiy muammolarni ham hal qila oladi deb o'ylayman.
Fayyoza's picture
Swot tahlili menincha barcha sohalarda har qanday muammoni ishlatishda yordam beradi. Ushbu tahlil orqali rejalashtirilgan har qanday ishning zaif va kuchli tomonlarini taroziga qo'yib, rejani to'g'ri yo'naltirishga katta yordam beradi. Bu usul hayotiy muammolarni ham hal qila oladi deb o'ylayman.
Fayyoza's picture
Swot tahlili menincha barcha sohalarda har qanday muammoni ishlatishda yordam beradi. Ushbu tahlil orqali rejalashtirilgan har qanday ishning zaif va kuchli tomonlarini taroziga qo'yib, rejani to'g'ri yo'naltirishga katta yordam beradi. Bu usul hayotiy muammolarni ham hal qila oladi deb o'ylayman.