TED Talks"dan yangi lavha: Derek Sivers: Harakatni qanday boshlash haqida

Video transkripti:

Xonimlar va janoblar, biz TEDda Liderlik va yangi harakatlar boshlash haqida gapiramiz. Keling biz shu 3 daqiqa ichida, harakatning boshlanishi va yakun yasalishini ko'raylik va undan kerakli saboq o'rganaylik.

Avvalambor, bilasiz lider, yani boshlovchi hammadan ajralib masxara bo'lishga yetarlicha dovyurak bo'lishi kerak. Lekin uning qilgan ishiga osonlikcha qo'shilish mumkin. Mana bu yerda birinchi bo'lib qo'shilgan odamning ahamiyati juda muhim. U hammaga qanday qilib qo'shilish kerakligini ko'rsatadi.

Endi, Lider , ya'ni birinchi boshlovchi uni o'z tengidek ko'radi. Endi, gap faqat liderda emas, balki ularning ikkalasida. Endi, u do'stlarini chaqirayapti. Agar e'tibor bersangiz, ana shu birinchi qo'shilgan odam

aslida liderlikning yetarlicha baho berilmagan turidir. Bunday ajralib turish uchun dovyuraklik kerak. Birinchi qo'shilgan odam, o'sha birinchi yolg'iz turgan "ahmoqday" tuyilgan odamni liderga aylantiradi. (Kulgi) (Qarsaklar)

Ana endi ikkinchi odam qo'shiladi. Endi bu bir ahmoq emas, ikki ahmoq emas balki to'daga aylandi. To'da esa bu yangilikdir. Harakat odamlar ko'ziga ko'rinishi kerak. Nafaqat liderni ko'rsatish balki uning davom ettiruvchilarini ko'rsatish ham muhimdir chunki , lider emas, balki ana shu qo'shilgan odamlar yana yangi odamlarning qo'shilishiga sabab bo'ladi.

Mana endi, yana ikkita odam, va zudlik bilan ular ketidan yana uchtasi qo'shildi. Bu eng muhim payt. mana endi harakat yuzaga keldi. Endi, eti'bor bering: qancha ko'p odam qo'shilsa, u shuncha xavfsiz ko'rinadi. Endi ana u chetda devorda o'tirganlarning qo'shilmaslikka sababi yo'q. Ular ajralib qolmaydi. Masxara qilinmaydi. Lekin agar ular tezroq harakat qilsa, to'daning bir qismi bo'ladi-qo'yadi. (Kulgi) Keyingi daqiqa ichida, shuni ko'rasizki, ba'zilar to'daga qo'shilishni xohlaydi, chunki endi ular qo'shilmagani uchun masxara qilinishi mumkin va mana shunday qilib siz harakatni boshlay olasiz.

Endi keling bu saboqdan xulosa chiqaraylik. Birinchidan, agar siz huddi anavi ko'ylaksiz raqs tushayotgan bir o'zi turgan odamga o'xshasangiz, birinchi bo'lib sizga qo'shiladigan odamni o'z tengingizdek ko'rishni esda saqlang, chunki muhimi siz emas, balki siz boshlagan harakat muhimdir. Endi, biz bu yerda eng asosiy saboqni esdan chiqaryapmiz.

Eng katta saboq shuki, agar e'tibor bergan bo'lsangiz- liderlik, boshqarish keragidan ortiqcha maqtaladi, ana u ko'ylaksiz kishi birinchi boshladi va hamma sharaf unga tegadi, lekin aslida uni liderga aylantirgan odam ana shu birinchi qo'shilgan odam bo'ladi. Agar biz hammamiz lider bo'lishimiz kerak desak bundan foyda chiqmagan bo'lardi.

Agar siz rostdan ham bir harakat boshlashni xohlasangiz, siz kimningdir iziga qo'shilib, boshqalar ham qanday qo'shilish kerakligini ko'rsating. Va siz yolg'iz bir odamning ajoyib ish qilayotganini ko'rsangiz, unga birinchi bo'lib qo'shiladigan va ajralib turadigan dovyurak bo'ling. Va TED bunday qilish uchun ayni makondir.

Rahmat. (Qarsaklar)

Izohlar

Maftuna's picture
Hechkim sega ishonmagan taqdirda ham, o'zing olg'a yurishing erek ekan... Tushunarli... Sahar Maktabi nafaqat bilim balki motivtsiya bilan ta'minlamoqda.. Buning uchun katta RAHMAT)
HappyMan's picture
Birinchi qo'shilayotgan odam yolg'iz odamni bilishi, ishonishi va do'sti bo'lishi katta ahamiyat kasb etadi. Ishonmasa uning ham qo'shilishi qiyin masala menimcha. Ammo lider odam ko'pchilikni ishonchiga kirgan, rostgo'y bo'lgani uchun unga qo'shiladiganlar albatta topiladi. Tedning maslahati bilan birinchi bo'lishda shoshilishimiz kerak ekanda.
Gulruxsor's picture
Bu yerdagi asosiy g'oya - liderlik, biror faoliyatni boshlashda muvaffaqiyatsizlik, kulgi bo'lishdan qo'rqmaslik deb o'ylagandim boshida. Oxirigacha o'qib bildimki, bosh fikr - yaxshi g'oyalarni qo'llab-quvvatlash, bu borada g'oya egasiga yordam berish va hamjihat bo'lishga targ'ib qilingan ekan. Ajoyib! :)