Talabalar loyihalari

Ushbu bo'limda Mentorlik dasturiga ariza topshirgan yosh ijtimoiy tadbirkorlarimizning loyihalari haqida ma'lumot berilgan.

Diyora Karimova

Loyiha - Bola parvarishi bilan band bo’lgan ayollar uchun maxsus professional kurslar tashkil qilish

Maqsad - Dekretdagi onalarning jamiyatda faol ishtirokchi bo’lishiga yordam berishdir

Loyiha haqida qisqa ma’lumot: Odatda, farzand tug’ilganidan keyin, ayollar uy yumushalari, farzand parvarishiga sho’ng’ib ketadilar, natijada oliygohlarda to’plagan qancha bilimlariyu , o’rgangan chet tillari unutilishi, hamda ko’p hollarda ayollarning jamiyatdan uzilishlari kuzatiladi. Buni oldini olish uchun, shuningdek ayollarning dekret davomida o’z ustilarida ishlashni davom ettirishlari, yangi kasblar egallashlari hamda keyinchalik dekretdan so’ng ishga joylashishlariga qiynalamasliklari uchun maxsus ayollar klubi tashkil qilinadi. Kurs darslari doimiy hamda bir martalik masterklasslardan tashkil qilinib, masterklasslar - uy byudjetini samarali yuritish, biznes kurslar, taym menejement, munosabatlar psihologiyasi kabi sohalar hamda juda ko’p boshqa foydali mavzularda bo’ladi. Uzoq muddatli darslar esa – buxgalteriya, tikuvchilik, pazandalik, chet tillari va kompyuter programmalari kiradi.

Shuxrat Agzamov

Loyiha – 1. Aholida mavjud transport muammolarini bartaraf etish – dovezu.uz  2. O’zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni mahalliy va jahon bozoriga chiqarish – www.som.uz

Shuxratbek, Sahar Maktabining eng tashabbuskor talabalaridan bo’lib, Saharchilar orasida g’oyalar generatori degan norasmiy unvoniga egalar. Shuxratbek jamiyatda mavjud ijtimoiy muammolarni yangi, innovatsion biznes g’oyalar bilan echishga katta qiziqish bilan qaraydilar. Hozirgi kunda, Shuxratbekning ikkita asosiy ish g’oyalari mavjud. 1. Dovezu.uz – transport bilan bog’liq mulammolarni bartaraf etish va yo’lovchilarni o’z manzillariga tez va osonlik bilan etib borishni taminlashga qaratilgan. 2. www.som.uz - ushbu g’oya O’zbekistinda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishki va tashqi bozordagi savdosini yo’lga qo’yish va aholini sifatli va qimmat bo’lmagan mahsulotlar bilan ta’minlashdir.

Shuxratbek, hozirgi kunda marketing sohasi bo’yicha tajribaga ega bo’lgan va bozorni tahlil qilishda yordam bera oladigan mentor bilan hamkorlik qilishga qiziqadilar.

Elyorbek Hatamov
Loyiha - Andijon shaxrida va Farg’ona vodiysida turizmni rivojlantisrish
Elyorbek o’zlari tug’ilib o’sgan Andijon shahrini va Farg’ona vodiysini O’zbekistonning yangi turizm markazlaridan biriga aylantirish loyihasini ishlab chiqmoqdalar. Ushbu loyihaga binonan, O’zbekitonga tashrif buyuradigan xalqaro turistlarning sonini ko’paytirish va ularga ananaviy bo’lgan Samarqand, Buxoro va Xiva yo’nalishiga qoshimcha ravshida Farg’ona vodiysi bo’ylab yangi turistik yo’nalishni taklif etishdir. Ushbu loyihada Farg’ona vodiysining boy tarixi va madaniyatini dunyoga tanitish, turizm sohasiga tegishli bo’lgan yangi ish o’rinlari yaratish, mavjud infrasstrukturani yaxshilash va yangilarining barpo etilishga yo’l ochib berish ko’zda tutilgan. Loyiha, xozirda ilk bosqichda bo’lib, Elyorbek Farg’ona Vodiysi turistik xaritasini tuzib chiqsh ustida ish olib borayaptilar.
Temur Shukurov

Loyiha – Shahar hududida eko park tashkil etish

Maqsad – Parkni shaharda tashkil etishdan maqsad, bugungi kunda shahar aholisi kun sayin oshib bormoqda, transport vositalari ko’paymoqda, yangidan yangi ishlab chiqarish obektlari ishga tushmoqda. Bu esa oz navbatida maishiy chiqindilar, turli xildagi inson sog’lig’i uchun zararli gaz;ar chiqishini ko’paytirmoqda.

Qisqa ma’lumot – Bu loyiha doirasida shahar hududida ma’lum bir yer maydonda eko-park tashkil etilib, ushbu parkda eko-xizmatlar yo’nalishida xizmat ko’rsatish tashkil etish rejalashtirilgan. Eko-xizmat deganda, ushbu parkda oziq-ovqat va boshqa turdagi ko’ngil ochar mahsulotlar eko’toza mahsulot bo’ladi va ushbu xududda tashkil etilgan xizmat shahobchalari ham maksimal darajada tabiiy mahsulotlar bilan foydalangan xolda ish faoliyatini olib boradi. Shuningded, ushbu hududda “toa hudud” loyihasi amalga oshiriladi va nos, sigaret, alkogol ichimliklaru olib kirilmaydi va iste’mol qilinmaydi. Loyiha mahalliy hokimlik, jamoat tahskilotlari va tadbirkor o’rtasida ijtimoiy sherikchilik asosida oshirilishi nazarda tutilgan.