Talabalar mentorlik ariza formasi

Sahar Maktabi yangi mentorlik dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur orqali Maktab bitiruvchilari yuqori malakali mentor, ya'ni, ustozlar bilan aloqa o’rnatish va ulardan kerakli bo'lgan maslahatlarni olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bizning dasturimizdagi mentorlar katta tajribaga ega, dunyoning ilg'or universitetlarida tahsil olgan mutaxassislar bo'lib, ular o'z bilim va tajribalarini Maktab bitiruvchilari bilan o'rtoqlashishga istak bildirishgan. Dasturda qatnashish uchun ariza formasini to'ldiring.

Bu ariza formasi bizga nimaga kerak? Arizada yozgan ma’lumotlaringiz asosida biz sizga mos keladigan mutaxassisni topishga harakat qilamiz. Shuning uchun batafsil ravishda javob berishga harakat qiling. Arizani topshirib bo'lgandan so'ng sizning loyihangiz bo'yicha mutaxassisni topishga harakat qilamiz, bu albatta vaqt talab qiladi. Loyihangizga mos keladigan ekspert topilganda biz siz bilan bog'lanamiz. Ungacha siz mentorlik bo'yicha koordinatorimiz bilan aloqada bo'ling: mentor@saharschool.org