Status message

You must login or register to view this form.

Ijtimoiy faollik va onlayn media

Ariza muddati: Arizalar doimiy ravishda qabul qilinadi

Kursning boshlanish kuni: Keyinroq bildiriladi

Keyingi kurslar jadvali: Keyinroq bildiriladi

Kurs haqida:

“Ijtimoiy faollik va onlayn media” kursi olti hafta davom etib, unda blog yaratish, bloglardan foydalanish va ular uchun multimedia materiallarini tayyorlash hamda shu orqali ijtimoiy faol bo’lish yo’llari o’rgatiladi. Bu jurnalistika kursi emas, ammo unda jurnalistikaga oid yozish va axborot yetkazish malakasi bo’yicha amaliy va nazariy bilimlar beriladi. Kurs davomida ijtimoiy faollik va yetakchilik, tahliliy fikrlashning ahamiyati hamda onlayn platformalardan foydalangan holda multimedia mahsulotlarini tayyorlash va o’quvchilarga yetkazishda bu ko’nikmalarning o’rni kabi mavzular qamrab olinadi.

Kurs va unga qo’shimcha tarzda o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlarda blogerlik faoliyati, onlayn platformalar uchun ta’sirchan va samarali yozish sirlari, audio, foto va video orqali multimedia hikoyalarini tayyorlash hamda internetdan xavfsiz foydalanish yo’l-yo’riqlari haqida ma’lumot beriladi.

Kim uchun:

Kurs bepul va barcha uchun ochiq. Unda qatnashish uchun blogerlik, multimedia yoki jurnalistika bo’yicha tajribaga ega bo’lish shart emas, ammo qatnashchilar intensiv kurs materiallarini muvaffaqiyatli o’zlashtirishi va topshiriqlarni bajara olishi uchun quyidagi minimum talablarga javob berishi kerak:

  • Internetga ulangan kompyuter (yoki noutbuk)dan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishi;
  • Video va rasmga tushira oladigan, Android yoki iOS tizimida ishlovchi telefon yoki planshetga ega bo’lishi (yoki foto va videokameraga ega bo’lishi);
  • Internetdan mustaqil foydalanishni bilishi;
  • Ommabop ijtimoiy tarmoqlardan boxabar bo’lishi;
  • O’zbek yoki rus tilida o’z fikrini jiddiy imloviy va uslubiy xatolarsiz yozma ravishda ifodalab bera olishi;
  • Blogerlik faoliyati uchun kerak bo’ladigan platformalarni tushunib ishlata olishi uchun internetda ishlashning asosiy texnik qoidalaridan (masalan, brauzerlardan, onlayn qidiruv xizmatlaridan mustaqil foydalanishni; ijtimoiy tarmoqlarda va elektron pochta xizmatlarida ro’yxatdan o’tishni bilish) boxabar bo’lishi kerak.

Kursdan maqsad:

Kursni tashkil etishdan maqsad blogerlikka qiziqadigan, ijtimoiy hayotda faol bo’lgan yoshlarga shu sohada zarur nazariy va amaliy bilimlar berib, ularning onlayn media faoliyatini o’zlari, o’quvchilari va keng jamoatchilik uchun yanada foydali bo’lishini ta’minlash. Kursda blog va onlayn media mahsulotlarini tayyorlash va tarqatishning nafaqat texnik va professional jihatlari o’rgatiladi, balki bu bilim va malakalardan foydalangan holda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan mavzularni yoritish targ’ib qilinadi.

Ushbu kursni muvaffaqiyatli tamomlagan qatnashchilar:

  • Internetdagi eng ommabop platformalardan birida mustaqil blog ochish va yuritishni o’rganadi;
  • Istalgan mavzuda ishonarli va ta’sirchan yozish sirlari bo’yicha saboq oladi;
  • Tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantiradi;
  • Audio hamda foto va video tasvirlar olish, ularni kerakli dasturlar yordamida tahrir qilib, bepul va ommabop xosting xizmatlari orqali o’z bloglariga joylashtirish va tarqatishni o’rganadi;
  • Internetdan xavfsiz foydalanish yo’l-yo’riqlari haqida tushunchaga ega bo’ladi;
  • Internet orqali o’quvchilari va keng auditoriya bilan samarali aloqa o’rnatish va ularga o’z media mahsulotlarini targ’ib qilish yo’l-yo’riqlarini o’rganadi. 

Kursga yozilish uchun, avvalo, saharschool.org saytida ro’yxatdan o’tib, so’ng ariza formasini to‘ldirishingiz­ kerak. Anketani topshirganingizdan so’ng, email manzilingizga tasdiqlovchi xat boradi. Agar tasdiqlovchi xat kelmasa, info@saharschool.org manzili orqali bizga bog’laning.

Kurs sahifasiga kirish va undan foydalanish bo‘yicha to‘liq ma'lumot kursga qabul qilingan ishtirokchilarga email orqali yuboriladi.

Kursni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

Kursning haftalik mavzulari quyidagicha:

1-hafta: Kirish. Ijtimoiy faollik va tahliliy fikrlash nima? Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlashda va blogerlik faoliyatida ularning qanday ahamiyati bor?

2-hafta: Yozish mahorati. Qanday qilib ta’sirchan, ishonchli va samarali yozish mumkin? Internet uchun yozishning qanday o’ziga xos jihatlari bor?

3-hafta: Blogerlik bilan tanishuv. Bloglarni qanday yaratish va yuritish bo’yicha asosiy tushunchalar;

4-hafta: Audio bilan ishlash. Intervyu olish, tez va sifatli audio yozish, uni tahrir qilish va bloglarga joylashtirish yo’llari;

5-hafta: Foto va video bilan ishlash. Tez va sifatli foto va video tasvirga olish, ularni tahrir qilish va bloglarga joylashtirish yo’llari;

6-hafta: Virtual auditoriya. O’quvchilar yig’ish, ular bilan doimiy aloqada bo’lish va blog materiallarini ijtimoiy tarmoqlarda targ’ib qilish yo’llari.

Kurslarga kim yozilishi mumkin?

  • Ijtimoiy tadbirkorlikka qiziqishi bor va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilganlar;
  • Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirmoqchi bo‘lganlar;
  • Jamoat tashkilotlarining xodimlari;
  • Tadbirkorlik sohasida ishlaydigan va o‘z xizmatlarini jamiyat foydasiga yo‘naltirmoqchi bo‘lganlar;
  • O‘z bilim va qobiliyatlarini yanada kuchaytirmoqchi bo‘lgan ishbilarmon yoshlar.

Kurslarga qayerda yozilsam bo‘ladi (registratsiya)?

Kursga yozilish uchun avval vebsaytdan ro’yxatdan o’ting. Buning uchun bosh sahifadagi Registratsiya formasini to‘ldiring. Shundan so’ng kurslar sahifasiga kirib, istagan kursni bosing va ariza bo’limidagi shaklini to’ldiring. Arizani to’ldirib topshirganingizdan so’ng email manzilingizga tasdiqlovchi xat olasiz. Agar sizga xat kelmasa info@saharschool.org manziliga murojaat qiling.

Kurslarda o’qish tartibi qanday?

Kurslar onlayn tashkil etilgan bo’lib har bir kurs 6-8 hafta davom etadi. Kurslarda haftalik yozma chatlar o’tkaziladi va bu chatlar odatda 1,5 – 2 soat davom etadi. Kurs davomida ishtirokchilar boshqa ishtirokchilar va instructor bilan o’zaro aloqda bo’lib, bilim va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bundan tashqari ishtirokchilar maktabning Facebook guruhida turli muhokamalarda qatnashishlari talab qilinadi.

Men ariza topshirdim, keyingi bosqich nima?

Arizani topshirib bo’lganingizdan so’ng sizning email manzilingizga tasdiqlovchi xat yuboriladi. Barcha arizalar kurs boshlanishidan uch hafta oldin ko’rib chiqiladi va faqat kursga qabul qilingan ishtirokchilarga email orqali bog’laniladi. Kurs boshlanish muddatini vebsaytimizning kurslar sahifasida kuzatib boring.

Kurs ishtirokchilari qanday asoslar bo‘yicha tanlanadi?

Kurs ishtirokchilari quyidagi asoslar bo’yicha tanladi:

Nomzodlarning ijtimoiy tadbirkorlikka qiziqishlari;

Atrofdagi ehtiyojlarga befarq bo’lmasliklari;

Kursda o’qishdan maqsadlari va tajribalari;

Ijtimoiy va mahalliy tashabbuslarda faolliklari va yetakchilik mahoratlariga asoslanib tanlanadilar. Shuning uchun arizani to’ldirishda barcha savollarga batafsil javob yozishga harakat qiling.

Men ariza to’ldirdim, lekin menga tasdiqlovchi xat kelmadi.

Kurs arizasini to’ldirganda emailingizni to’g’ri kiritganingizga ishonch hosil qiling, chunki barcha muloqotlar faqat siz bergan email orqali olib boriladi. Agar tasdiqlovchi xat olmasangiz, email manzilingizning Spam (Junk) bo’limlarini tekshirib ko’ring. Agar qo’shimcha yordam kerak bo’lsa, maktab ma’muriyatiga info@saharschool.org manziliga xabar yuboring.

“Siz bu arizani oldin to’ldirgansiz” degan yozuv chiqyapti, nima qilay?

Maktab vebsaytida ochilgan profildan har bir kursga faqat 1 marta ariza to’ldirishingiz mumkin. Agar “siz ushbu arizani oldin to’ldirgansiz” xabar chiqsa, demak siz oldin ariza topshirgansiz. Agar arizaga qo’shimcha ma’lumot kiritmoqchi bo’lsangiz maktab ma’muriyatiga bog’laning.

Kursga muddatidan kech ariza topshirdim, men kursga qabul qilinamanmi?

Muddatidan kech topshirilgan arizalar keyingi kurslar ro’yxatiga kiritiladi. Keyingi kurslar jadvalini vebsaytimizni kuzatib boring.

Mening arizam qabul qilinganini qanday bilaman?

Kurs boshlanishidan taxminan 2 hafta oldin maktab ma’muriyati faqat kursga qabul qilingan ishtirokchilar bilan email orqali bog’lanadi.

Kurs boshlanish kuni o’tdi, lekin menga kurs natijasi haqida xabar kelmadi.

Kursga juda ko’p arizalar qabul qilganimiz sababli faqat kursga qabul qilingan ishtirokchilargagina bog’lanamiz. Agar kursga qabul qilinmagan bo’lsangiz, boshqa kurslarga topshirishni tavsiya etamiz. Kursga qabul qilmaslikning asosiy sababi arizangiznida yetarali ma’lumotning bo’lmasligi. Keyingi kurslarda ariza toshirganda batafsil, aniq va lo'nda javob yozing.

Kursda qatnashish uchun mendan nima talab qilinadi?

Kurslarga qatnashish uchun asosiy talab – bu sizda Internet aloqasi bo‘lishi kerak. Siz o’zingizga qulay bo’lgan joydan (ishxona, uy, internet kafe) kursga qatnashishingiz mumkin. Kurs materiallarini kompyuteringizga yuklab olib qulay paytda o‘qishingiz va vazifalarni bajarishingiz mumkin. Chat muhokamalari uchun Internetga bir yarim soatdan ikki soatgacha davomida uzluksiz bog‘langan bo‘lishingiz kerak bo‘ladi. Har bir kurs sizning ijtimoy loyihangizga bog’liq bo’ladi, shuning uchun kurs davomida instuktor ko’rsatmalari asosida mustaqil ravishda ish olib borishingiz kerak bo’ladi.

Kurslarga qatnashishda shaxsiy komyuterim bo’lishi shartmi?

Yo’q, siz kurslarga o’zingizga qulay bo’lgan va Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bor tinch joydan kirishingiz mumkin. Internet café, ishxona, yoki shahardagi ba’zi bilim yurtlari va jamoat tashkilotlarining resurs markazlaridan ham foydalansangiz bo‘ladi.

Kurslar qayerda olib boriladi?

Kurslar maktab Sahar vebsaytining O’quvxona bo’limida olib boriladi. O’quvxona bo’limida kirish huquqi faqat kursga qabul qilingan ishtirokchilarga beriladi. Kursga qabul qilingan har bir ishtirokchilarga O’quvxonadan foydalanish ko’rsatmasi email orqali yuboriladi.

Men O’quvxona platformasini ko’rmayapman.

O’quvxona tugmasi vebsaytdan ro’yxatdan o’tgan ishtirokchilargagina ko’rinadi. O’quvxona bo’limiga kirish huquqi faqat kursga qabul qilingan ishtirokchilarga beriladi.

Kurslar qachon boshlanadi?

Kurslar jadvalini saytimizning “Kurslar” sahifasidan topasiz. Kurs ma’lumotlari yangilanib turadi. Maktab saytini tez-tez kuzatib boring.

Kurs qancha vaqt davom etadi?

Xar bir kurs 6 (oldi) haftadan 8 (sakkiz) haftagacha davom etadi. Istisno hollarda kurslar 1 yoki 2 haftaga uzaytirilishi mumkin.

Kurslarda qatnashish uchun qanday kompyuter dasturlariga ega bo‘lishim kerak?

Kurslarga kirish uchun Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishingiz kerak. Kurs matnlari asosan Microsoft WORD va PDF shaklida saqlangan. PDF hujjatini o‘qish uchun Adobe Reader dasturini bepul ravishda yuklab olishingiz mumkin.

Telefondan kursga qatnashish mumkinmi?

Maktab saytiga ham, O’quvxona platformasiga ham telefon orqali kirishingiz mumkin. Maktab sayti aqli telefonlar (smartphone) va planshedlar uchun ham moslashtirilgan.

Kursga kirishda qaysi brauzerdan foydalangan ma’qul?

Kursga kirishda Chrome, Mozilla, Safari, Opera brauzerlarini ishlatishingiz mumkin. Internet Explorerdabn brauzeridan esa foydalanmagan ma’qul.

Audio yoki video aloqa uskunalari bo‘lishi shartmi?

Kurslarda qatnashish uchun audio va video uskunalar bo‘lishi shart emas. Kursdan tashqari faoliyatlarda ba’zan audio uskunalar (naushnik va mikrofon) kerak bo’lishi mumkin.

Agar texnik yordam kerak bo‘lsa, qayerga murojaat qilsam bo‘ladi?

Barcha savollar va texnik yordam bo‘yicha info@saharschool.org manzilga murojaat qiling.

Kurslar qaysi tilda o‘qitiladi?

Kurslar o‘zbek tilida olib boriladi, lekin instruktoraimiz rus va ingliz tillarida ham bemalol so’zlasha oladilar.

Kurslarga pullikmi?

Yo‘q, kurslar barchaga bepul.

Mening shaxsiy ma’lumotlarim kim ko’rishi mumkin?

Siz ro‘yxatdan o‘tish paytida va keyinchalik taqdim etgan ma’lumot faqat sahar maktabning ichki tizimida saqlanadi va hech bir uchinchi shaxs/tashkilotga taqdim etilmaydi.

Kurslar kim tomonidan o‘qitiladi?

Kurslar O’zbekiston va chel davlatlardagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan yuqori tajribali mutaxassislar tomonidan o‘qitiladi.

Darslar uchun qancha vaqt ajratishim kerak?

Darslar bilan batafsil tanishish, vazifalarni bajarish va muhokamalarda ishtirok etish bir haftada o’rtacha 5-6 soat vaqt talab qiladi.

Xaftalik darslar kunning ma’lum bir vaqtida bo‘ladimi?

Kurs chatlari kelishilgan ma’lum bir vaqtda olib boriladi, qolgan vazilarni o’zingizga qulay bo’lgan paytda berilgan muddatgacha topshirishingiz kerak bo’ladi.

Bir vaqtning o’zida ikkita kursga qatnashsam bo’ladimi?

Odatda maktabda 2 kurs bir vaqtda o’qitilmaydi. Agar o’qitilgan taqdirda ham ikkala kursga ham qatnashishingiz mumkin, lekin ikkala kurs talablarini ham bajarishingiz lozim bo’ladi.

Agar ma’lum sabablarga ko’ra chatga qatnasha olmasam, o’tilgan darslarni qayta ko’rishim mumkinmi?

O’tilgan chat muloqotlarni chat oynasida joylashgan chat arxividan o’qishingiz mumkin.

Nima asoslar bo‘yicha kursdan chiqarilishim mumkin?

Agar ketma ket 2 haftalik darslarni uzrli sabablarsiz qoldirsangiz, siz kursdan chiqarilasiz.

Kursni tamomlagandan so‘ng Sertifikat beriladimi?

Ha, har bir kursni muvafaqqiyatli tamomlagan ishtirokchiga Sahar maktabidan Sertifikat beriladi. Buning uchun kursning barcha talablarini qondirish kerak.

Kursni muvaffaqiyatli tugatganimdan so’ng sertifikatni qayerdan olaman?

Kurslarni a’lo darajada biritgan ishtirokchilarga a’lo darajali sertifikat beriladi, va uning asl nusxasi ishtirokchilarning uy manzillariga yuboriladi. Kurs talablarini qoniqarli darajada bitirgan ishtirokchilar esa sertifikatning faqat elektron versiyasini email orqali qabul qilishadi.

Parolimni unutgan bo‘lsam nima qilishim kerak?

Saytning bosh sahifasiga kirib “Parolni tiklash” so‘zini bosing va ro‘yxatdan o‘tish paytida kiritgan email, ya’ni elektron pochta manzilingizni kiriting. Parolni tiklash ko’rsatmalari sizga email orqali yuboriladi.

Kurslarni bitirgandan keyin maktab bilan yaqin aloqada qolish uchun qo’shimcha dastur mavjudmi?

Kursni muvaffaqiyatli bitirgan ishtirokchilar Sahar Ijtimoiy Tadbirkorlar (SIT) Klubiga qabul qilinadilar. Bu klubda turli sohalardagi eksperlar bilan muloqotlar olib boriladi hamda ishtirokchilar boshqa bitiruvchilari bilan o’zaro fikr almashib turish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bundan tashqari Mentorlik dasturi orqali mutaxasislari bilan yakkama-yakka maslahat olish imkoniyatini beradi. Bu dasturlar haqida batafsil ma’lumotni saytimizning Dasturlar bo’limida o’qing.

Kurs davomida maktab bilan qanday aloq usullari foydalanish afzal?

Kurs davomida va kursdan tashqari maktab ma’muriyatiga email, Facebookda xabarlar bo’limi, Skypa yoki telefon orqali bog’lanish mumkin.