Yetarli va kerakli axborot to'plash - loyiha muvaffaqiyatining asosidir

Onlayn dasturimiz qatnashchilari o'z tajribalaridan va kurs natijasida olgan bilimlari asosida quyidagi ma’lumot to'plash usullari va manbalarini taklif qildilar

 

Loyiha hujjatlarini tayyorlash va tahlil qilish yo'lida eng muhim tamoyillardan biri loyihaga tegishli bo'lgan yetarli axborotni to'plashdir. Afsuski, aksariyat hollarda bu axborot va ma’lumotlar tayyor ko'rinishda mavjud emas. Ko'pincha loyihani rivojlantirayotgan ijtimoiy tadbirkorlar turli xil axborot va ma’lumot manbalariga murojaat qiladilar va o'zlari birlamchi ma’lumotlarni yig'ishga majbur bo'ladilar.

Tajribamdan kelib chiqqan holda shuni aytishim mumkinki, ma’lumot to'plash jarayoni - eng og'ir jarayonlardan biridir. Chunki shiddatli ma’lumotlar oqimida kerakli va ayniqsa ishonchli ma’lumotni topish oson emas. Shu sabab ma’lumot to'plash usullarini va manbalarini tanlayotganda, qaysi usul  va manba ko'proq ma’qul ekanligi, hamda ishonchli va asosli ma’lumot bera olishini nazarda tutish darkor.    

Ma’lumot  to'plashda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

  • kuzatuvlar olib borish;
  • so'rovnomalar o'tkazish;
  • tegishli malakali va tajribali mutaxassislar bilan maslahatlashish;
  • intervyu olish;
  • me’yoriy hujjatlari bilan tanishib chiqish;
  • tegishli adabiyotlarni ko'rib chiqish;
  • shahar ma’muriyatining, tegishli tashkilotlarning, mahallalarning ma’lumotlar bazasidan va statistik axborotlaridan foydalanish.

 

Hozirgi paytda ma’lumot olish manbalari ham talaygina.

Bular:

  • internet;
  • tegishli adabiyotlar;
  • tegishli tadqiqotlar natijalari va hisobotlari;
  • ro'znomalar va jurnallar;
  • shahar ma’muriyatining, tegishli tashkilotlarning, mahallalarning ma’lumotlar bazasi;
  • tegishli tashkilotlarning hisobotlari;
  • statistik axborotnomalari;
  • televideniye;
  • radio;
  • va boshqalar.

Shuni ham inobatga olish lozimki, aksariyat ma’lumotlar tez eskiradi va shu sabab o'z qiymatini yo'qotadi.

Sizlarda axborot yig'ish tajribasi bo'lsa shu yerda muhoma qilsak.

 

Hurmat bilan Loyiha tuzish va boshqarish qatnashchisi