Vaqtni boshqarish — maqsadlaringizga o'z vaqtida samarali erishishdir

Vaqtni boshqarish — maqsadlaringizga o'z vaqtida samarali erishishdir

1.            O'y-fikrlaringizni va faoliyatingizni qayd qilib, ularni rejalashtirib oling. Bu natijaga erishish uchun qancha vaqt sarflanganini va samarasiz o'y-fikrlarga qancha vaqt isrof qilinganini tushunish uchun kerak. (Masalan, hafta oxirida Sardor hafta davomidagi faoliyati bo'yicha xulosa chiqardi. Samarali faoliyati natijasida 3 ta muhim uchrashuvni o'tkazdi, haftaning 10 soati tegishli biznes g'oyasini yozishga, 2 soati elektron xatlarni tekshirishga va ularga javob berishga ketdi; 10 soat "Facebook" da o'tirish, 2ta uchrashuv, faoliyatiga bog'liq bo'lmagan masalalarda doimiy xayol surish samarasiz faoliyat mahsuli bo'ldi).

2.            O'zingiz bilan bog'liq uchrashuvlarni rejalashtirib oling. Tadbir qachon boshlanib,  qachon tugashigacha — hammasini rejalashtirish kerak. (Masalan, 1.15dan 1.30ga mahalla qo'mitasida Nigora opa bilan uchrashuv, 1.45dan 2.30gacha uy vazifalarini bajarish, 4.00dan 6.00da gimnastikaga borish va hokazo). Ushbu jadvalga rioya qilishga intiling.

3.            Asosiy natija beradigan o'y-fikrlar, faoliyat va suhbatlar uchun o'z vaqtingingizning kamida yarmini sarflashni rejalashtiring.  (Masalan, Etakchilik kursidagi loyiham ustida ishlash “Ishq jodusi” serialini tomosha qilishdan ko'ra muhimdir).

4.            Vaqtingizni rejalashtirayotganda sizga halaqit berishlari mumkinligini ham hisobga oling. Nimanidir qilayotganingizda zaxirangizda qo'shimcha vaqt bo’lgani yaxshi. (Masalan, Rustamga jamoa bilan uchrashuvda qo'shimcha vaqt kerak bo'lib qoladi, chunki kimdir u bilan gaplashib ushlab qoladi yoki ishdan tashqari masalada gaplashishni so'raydi. Shuning uchun u uchrashuv vaqtini 2.00dan 3.00ga qadar belgilamasdan, balki 2.00dan 3.15ga qadar belgilashi kerak bo'ladi).

5.            Kuningizning birinchi 30 daqiqasini o'z kuningizni rejalashtirish uchun ajrating.  Kunlik vaqtingizni rejalashtirmaguncha, hech qanday ishga qo'l urmang. Kuningizning eng muhim vaqti vaqtingizni rejalashtirish uchun ajratilgan vaqtdir.

6.            Har bir qo'ng'iroq va vazifani bajarishdan avval besh daqiqa ajratib, undan qanday natijaga erishmoqchi ekanligingizni hal qilib oling. Bu sizga muvaffaqiyat qo'lga kiritilmasdan oldin qanday bo'lishini tasavvur qilishga yordam beradi. Va ayni paytda u vaqtni sekinlashtiradi. Har bir qo  ng'iroq yoki tadbirdan so'ng istalgan natijaga erishilgan yoki erishilmaganini aniqlash uchun o'zingizga besh daqiqa ajrating.

7.            Biror ishni haqiqatda bajarishingiz lozim bo'lganda, “Bezovta qilmang” belgisini osib qo'ying.

8.            Facebook va unga o'xshagan xayolni chalg'itadigan ijtimoiy tarmoq saytlarini, agar ular biznesingizni rivojlantirish maqsadida ishlatilmayotgan bo'lsa, cheklab qo'yish lozim.

9.            Shuni yodda tuting: hamma ishni to'liq bajarib bo'lmaydi. Yana shuni yodda tutingki, 20 foiz o'y-fikrlaringiz, suhbatlaringiz va faoliyatingiz natijalaringizning 80 foizini yaratishi yaxshi imkoniyatdir.

Izohlar

Samir's's picture
Ba'zida rejalashtirgan vaqt ham unumsiz o'tishi oson. Chunki har xil odamlar bilan ishlash oson emas va juda kup vaqt talab qiladi. Shuning uchun ozgina natijaga etish uchun kattaroq maqsad va vaqtni mo'ljallash mening amaliyotimdan misoldir.
Oybek's picture
To'g'ri men bu borada yana bir qo'shimcha qilmoqchiman ya'ni qilayotgan ishlaringizning samarasi bu ishga qancha vaqt sarflaganingizga bog'liq demoqchimanki biznes boshlashda boshlang'ich kapital deb ko'pchilik pulni biladi yo'q bu hato biznesda boshlang'ich kapital bu vaqt chunki u judayam qimmat turadi sabab qilingan hatoni to'g'rilash uchun kechagi kunning bir soatini hattoki million dollar evaziga ham qaytarib bo'maydi shunday ekan shu qadar qimmatli har bir soatdan unumli foydalana bilish kerak hattoki bugubbibg bir soati ham ertaga qaytmatdi gap soat haqida ketmayapti haqiqiy vaqt tushunchasi oldida soat millari o'z kuchini yo'qotadi asosiysi ayni paytda qaerda va qanda foydali ish bilan shug'ullanayotganimizdir etibor berin dunyodagi eng boy odamda ham en nochor odamda ham hattoki bizda ham umuman hammamizda vaqt kuniga 24 soatni tashkil etadi bundan ko'p ham emas kam ham emas kuniga 24 soat nega kimdur shu vaqtlar vositasi orqali boy va bahtli kimlar esa nochor va bahtsiz doimo noligani noligan bu yerda gap omad yoki bahtda emas vaqtdan qay darajada unumli foydalanishda... (Bu albatta shaxsiy fikrlarim Oybek Abduhamidov Saharschool talabasi)
Oybek's picture
orfografik hatolar uchun uzur sal ikkichiroqman ))))
Ойбек's picture
Рус макол бор.《Время это деньги》. Маноси вакт бу пул. Вакт жуда куп лекин хар бир дакика бир марта бор холос. Вактни унумли ва фойдали сарф килиш лозим. Рахмат.
Xolbutayev Temur's picture
《Время это деньги》Albata vaqt bu pul turadi. Tadbirkor inson uchun eng muxim narsa bu pul lekin xama xam tadbirkor emasku? inson xayotidegi xar bir jarayoni pul qiymatida baxolaydi, inson xayoti davomida nimakiy qimasin vaqtdan unimli foydalansa umri so'ngida xayotida qilgan ishlari uchun afsus chekmasa demak u "деньги это время" prinsepini kash etgan insondir..............
Shukurov Temur Shuxratovich's picture
20/80-80/20 буни деярли хамма билса керак кандай манони билдиришини
Shuxrat's picture
Mening hayotdan olgan saboqlarimdan kelib chiqib bir iboram bor: Omad - bu harbir ishni o'z vaqtida bajarishdur.
Gulruxsor's picture
《Время это деньги》 iborasiga qo'shilmasdim. Vaqtni ishlab olib, o’g’irlab yoki bankdan kreditga olib bo’lmaydi.
Nargizaxon's picture
vaqt puldan ko'ra qimmat; Pulni izlash, topish va qaytarish mukin, vaqtni esa yo'q!
Dilshoda's picture
Ha, Nargiza opa fikrlaringizga qo'shilaman