Unutmadikmikin?

Aziza Eshonqulova
5
O’rtacha: 5 (1 ovoz)

Qadr va qadrlash ko’p zamonlardan beri eskirmaydigan va o’z mazmunini yo’qotmaydigan mavzu hisoblanadi. Inson zoti ko'p narsalarni faqat yo'qotganidagina qadriga yetadi. Bunga misollar juda ko'p, kerakli buyumlardan tortib, o’z yaqinlarimizni ham misol qilishimiz mumkin. Ko'p insonlar yaqinini bor ekanliklarida qadriga yetmaydilarda, ular olamdan o'tgach, dod-faryod chekadi. O'zimiz ham shundaymizku, agar onajon va otajonimiz  koyishsa ko'tara olmay qolamiz, nasihat qilishsa ensamiz qotadi, ularni yaxshi ko'rishimizni ayta olmaymiz  ham hattoki! Oliy hakam bo'lmish Vaqtesa o'tib ketaveradi, volidayi muhtaramamiz va padari buzrukvorimizni ko'z ochib, yumguncha qarib qolishganini sezmay qolamiz! Nega inson shu qadar e’tiborsiz bo'larkina!? Hech tasavvur qilib ko'rganmisiz, bundan qo’rqmang tasavvur qiling: ishdan yoki o'qishdan kelishingizga issiq ovqatlar qilib, biroz kech qolsangiz, havotirdan o'zini qo'yarga joy topa olmaydigan onajoningiz endi bu hayotda yo'q, ularni qadrlashga ham ulgurmadingiz, bir marta bo’lsa ham yaxshi ko’rishingizni, ular sizning  hayotingiz quyoshi ekanliklarini aytishga ulgurmadingiz! Tasavvur qilib ko’ring. Lekin bu daxshat! Albatta bu juda qo’rqinchili! Bu tasavvur biroz bo'lsada, bizning shira bosgan ko'zlarimizni ochishga yordam berishiga umid qilaman!

O'qish deb, ish deb biroz vaqtimizni ham onajonlarimizdan, umuman yaqinlarimizdan qizg'onamiz! Lekin unutmang, ertaga kech bo'lishi mumkin, bugun kim boru ertaga kim, yo'q hech kim buni aniq bilmaydi.

Shuningdek farzandlarini ulg’aytirayotgan insonlar o’z ota-onalariga ko’proq mehr ko’rsatishlari muhim deb o’ylayman, chunki farzand tarbiyasi hamda kelajakda farzandlarining o’zlariga bo’lgan muomalasi shu bilan tengdir. Aksincha, ota-onaga nisbatan farzandlar yonida baqirib, hurmatsizlik ko’rsatganlarga qadimiy maqol “Qaytar dunyo” deyishdan boshqa choramiz yo’q.

Bilamizki, yevropada ota-onalar farzandlarini o’stirib, ulg’aytirib, o’zlari yolg’izlikda qolib ketishadi. Ming shukurlar bo’lsinki, bizning milliyligimiz hamda oilaviy munosabatlarimiz mustahkam; nevaralar, farzandlar qo’ynida bobojonlarimiz qo’lini duoga ochib turishadi. Shu sabab bugun o’sib kelayotgan yoshlardan milliy o’zligimizni anglashni va hurmat bilan qarashlarini maslahat berib qolgan bo’lardik.

O’z yaqinlarim misolida shunday voqealar ham bo’lganki, goho savol topa olmay qiynalaman. Meni voyaga yetkazgan, so’zlari oltin, mehri munavvar buvijonim chet davlatida yurgan ammam va amakimni diydoriga intiq bo’lib, olamdan ko’z yumdilar. Bir yil o’tgach amajonim qaytib kelib, ko’p o’ksinib, yig’ladilar. Sal o’tib amakim ham oilasi bag’riga qaytdi, ammo hayratda yoqa ushlashimga sabab bo’ldilar, chunki ko’z yoshi u yoqda tursin, eslamadilar. Shu holni ham men “eh, erkak kishi mehru muhabbatini ichida saqlaydi-da”, deb qo’ya qoldim. Balki shunday hamdir?!

Ko’p toparman-tutarman odamlarni ko’rganman. Duoga qo’l ochib turgan ot-onasidan tirikligida aslo xabar olish xayoliga ham kelmaydi. Biroq ota-onasini ” yer ” bag’riga olgach, ” yer ” ni bezatib, xalqqa osh berib, o’zlarini ko’rsatishga urinishadilar. Bu gaplar hamma uchun emas, albatta. ”Gap egasini topadi.” Shuningdek, begonalarga vaqt topamiz, ammo yaqinlarimiz bizning har bir shirin so’zimizga, har soniyada zor ekanligini unutib qo’ymadikmikan?

Qariyalarni qadrlash hamda ularni e’zozlash Vatanimiz taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlariga aylanib borayotganligi hech birimizga sir emas. Bundan tashqari o’lkamizga tashrif buyurayotgan chet elliklarning ko’p qismini qariyalar tashkil etadi. Ular bu yerdagi qariyayu keksalarga bo’lgan mehr-muruvvatni, ayniqsa Davlatimizning ularga berayotgan e’tiborini ko’rib, tahsinlar aytishgan. Shunday ekan Vatanimiz qo’llayotgan hamda dunyo lol qolayotgan o’zligimiz-o’zekligimizni yuksaltirishda, kelajak avlodni tarbiyalashda o’z hissamizni qo’shaylik.

Bundan tashqari har daqiqa g’animatligini yodingizdan chiqarmang. Shu sababdan ham mashhur o’zbek mumtoz shoirasi Uvaysiy g’animat dunyoni ta’riflab shunday deydi:

 

Dunyoni davr ila davroni g’animat,

Kelturdi xaloyiqniki, mehmoni g’animat.

To mastonai suxanrezni bul dam,

Ayvoni jahon, bog’i gulistoni g’animat.

 

Azizlar, sizni qadrlovchi yaqinlaringizni mehriga to'ying, sevib seviling,
qisqagina umringizni, oxiri yaxshilik bilan tugovchi ertakdek o'tkazing!

Izohlar

HappyMan's picture
5

Ijodga omad.

Fräulein Aziza's picture
0

Rahmat