Tegajog’lik? Nima degani bu? Tushunasizmi?

Aziza Eshonqulova
5
O’rtacha: 5 (9 ovozlar)
Havolar isib, fasllar o’zgarishi, ayniqsa Vatanimiz O’zbekistonning yashnab gullarga o’ranishi ko’zlarimizni quvontirmay qo’ymaydi. Ammo shunday yaxshi kayfiyatni buzguvchilar va o’zaro asabbuzarliklar kelib chiqishi „go’zalliklar“ga xalaqit berib qo’ymoqda.
 
Hayotda ko'p ko'rganman, ayoli bo'la turib yomon yo'llarga yuruvchi, qo’pol qilib aytadigan bo’lsak, ko'zi och erkaklarni, yoyinkim binoyidek eri, farzandlari bo'la turib, qing'ir ishlar qilib yurgan ayollarni. Hayron qolaman, bu to'qlikka sho'xlikmi yoki xato? Xato bo'lsa-ku mayli, kechirish mumkin, lekin bunga ongli ravishda qo'l urishadiku? Qanday qilib xatoga yo'yish mumkin? Shu holatga misol tariqasida qo’shni mahalladagi o’ziga to’q yashaydigan bir kishini bilaman. Uning ayoli mahallaning eng oldi ayollaridan biri, shuningdek, o’qituvchilik vazifasida faoliyat yuritadi. Afsuski, shu kungacha bu ayol bolalari va ularning kelajagi uchun yashamoqda, chunki uning eri ko’chadagi ayollarning bir nechtasiga ilakishib qolgan. Mayli xotini yomon, o'ziga na pardoz beradigan, na erini sevadigan bo'lsa-ku, mayli lekin ba'zi erkaklarning jufti haloli havas qilsa arzigulik bo'la turib, ko'chadagi  ayollarga ilakishib yurishini qanday tushunmoqlik kerak? Nega insonlar shunchalar noshukur bo'lishmasa? Nega bunaqa hodisalar bo’lmoqda degan savollar qiynab, shu blogpostim ostida barchani fikrlashga chaqirmoqchiman!
 
Kimlar aybdor ekan-a, deb o’ylab qolaman gohida. Shu savollarga javob qidirib yurganimda, mavudan chetlashgan bo’lsamda muhimligi jihatdan qolishmaydigan fikrlar topdim. 
 
Ko’p hodisalarni o’qib, ayollarni qay darajada hurmatsizlikka duchor bo’layotganining guvohi bo’ldim. Ammo yana kim aybdor, degan savollar kela boshladi. Ba’zi ayollarni ko’rib, ularning o’zi aybdor emas ekanmi, deb o’ylab qoldim. Chunki ularning „yevropacha“ ommaviy madaniyatga mukkasidan ketishi-yu, kiyinib yurishlari, har qanday erkak hayolini olishi tayin. Yosh qiz voyaga yetayotganida albatta, ona qiziga kiyinishni, o’zini tutishni o’rgatishi maqsadga muvofiqdir. Albatta bu oiladagi tarbiyaning sifati bilan o’lchanishini hech bir oila a’zosi unutib qo’ymasligi kerak!
 
Kecha bir voqeani o’qib qoldim… Do’stlari bilan ichib o’tirgan ota  uzoqdan kelayotgan, quyosh nurida notanishdek tuyulgan qiziga yonidagilarning  tegajog’lik qilishiga sal qolganda, qizning „dadajon, oyim sizni chaqiryapti!“ degan so’zlaridan mastligi ham tarqab ketadi. Shu onda esa yana o’sha ichkilikbozlik, kashandalik kabi illatlarni qoralab, tanqid qilib o’tirishimiz mumkin.
 
Shu o’rinda „tegajog’lik“ka uchrayotgan ayollar va ularning hayoti mavzusi avval sanab o’tilayotgan illatlarning davomi bo’lib, fikrlarni junbushga keltiradi. To’g’risi, tanishlardan, do’stlardan bu borada qiziqib so’raganimda, ularning ensasi qotdi; kimdir „yaxshi mavzu“ degan bo’lsa, kimdir fikr berishga urindi, kimdir „wundan boshqa darding yo’qmi“ desa, yana biri „iltimos“imga yarasha gap qilishdi. 
 
Nurillo, 28 yosh: „Ayollarga tegajog’lik deyilganda, men ularni sha’ni va nomusini bulg’ashga qaratilgan har qanday harakatlar; xoh tilda, xoh qo’l bilan bo’lsin shular kiradi, o’zimdan kelib chiqsam, bu ishga axloq va diniy tarbiya normalaridan kelib chiqib, umuman qo’l urmaganman, har qanday vaziyatda ham o’zimni bu kabi ishlarni qilmaslikka undayman.“
 
Otabek, 25 yosh: „Tegajog’likka oiladagi yaxshi tarbiya ko’rmaganlarning axloqiy buzuqligi bilan birgalikda, ayollarning o’zlari ham sabab bo’lishi mumkin. Ayollarga nisbatan tegajog’lik mening nazarimda, ayollar va qizlarning qarshiligiga qaramasdan, o’z hukmini o’tkazishlar: har xil qiynoqlar, chegaradan chiqishlar, jinsiy hirsni qondirishlar sabab bo’ladi. Yana bir narsani aytib o’tmoqchiman, har bir erkakning ongida ayollarga nisbatan tuyg’ular qaynab turadi va albatta  ularni yaxshi tarbiya va madaniy qiyofa asnosida jilovlay olish mumkin.“
 
Gulbahor opa, 43 yosh: (audio orqali o’tmish so’zlab berildi)

Yuqorida fikrlarni tingladik, hamda dardlarga sherik bo’ldik! O’ylaymanki, noo’rin so’zlar qo’llamadik. Sizda ham tegajog’lik haqida fikrlaringiz  bormi? Tegajog’larni bu ishni qaytarmasliklari va qilgan ishlaridan afsuslanishi uchun nimalar  deya olgan bo’lardiz? Nima qilsak, bu kabi noxushliklarni oldini olgan bo’lardik?  Fikrlaringizni kutib qolamiz! Yorqinlik sari ko’ngilsizliklarsiz qadam tashlaylik.

Izohlar

Shuhrat Yunusov's picture
5

Juda nozik mavzuni ko'taribsiz. Tegajonlik mavzusiga ko'p narsani kiritib yuboribsiz. Zo'rlik ishlatilganda, albatta buning jazosini berish kerak. Lekin, hammaning ham hayotini muhokama qilish uchun bizda huquq yo'q deb o'ylayman. Baho berish uchun bu harakatning nechog'lik og'irligiga e'tibor berish kerak deb o'ylayman. Masalan, Gulbahor opaga nisbatan zo'rlik ishlatgan odamni jazolash kerak edi. Lekin, ko'chadigi har bir erkakni yomonlash notog'ri bo'lsa kerak.

Fräulein Aziza's picture
0

Nozik masala! Ilojsiz holat bo'lgani sabab boshqa qizini ham baxtsiz qilib quyishdan ota-ona juda qo'rqqan!

Venera's picture
5

Mulohaza qilish uchun yaxshi mavzu tanlabsiz.. Aksiyamizda ham bu bòyicha muammolarni korib òtamiz. Blogpost yaxshi yozilgan! Shuhrat aka aytganiga qòshilaman. Zòrlik ishlatgan odam jazolanish kk. Kòchadagi har bir erkak ham yomon emas... masalan, dadamiz, aka yoki ukamiz bòlishi mumkin))

shohista's picture
5

Yaxshi mavzu. Tegajog'lik, zo'ravonlikka sabab bo'ladigan bir necha faktorlarni ham mavjud, fikrimcha. Masalan, tegajog'lik qiladigan yoshlar atrofidagilar ta'sirida gap otishi, "qo'lini yugurtirishi" mumkin. Yana TARBIYA (yoki tarbiyasizlik) degan tushuncha ham borki, kishi o'zini tutishida nechog'li tarbiyali, axloqli, madaniyatli ekanini ko'rsatib beradi. O'smir/o'spirin yoshlar kamolot yoshiga yetishgach yoki atrofidagi kishilar guruhini o'zgartirgach bunday bemaza odatlari qolib ketishi mumkin, lekin, yoshi katta bo'lsa-da o'zini tuta olmaydigan kishilarga na gap-so'z, na boshqalar oldida izza qilish ta'sir qiladi.

Fräulein Aziza's picture
0

Rahmat! Harakat qildim! To'g'ri yu ammo qancha odam wu paytga qadar jazolanmagan, jazolanganlar kam!

Feruzkin Mamirova's picture
5

Barcha aytayotganidek yaxshi mavzu tanlabsiz, Aziza opa. Menga yoqti!

Elyorbek0515's picture
5

Aziza Eshonqulova. Siz bilan deyarli bir hil mavzuda post yozibmiz. http://saharschool.org/content/ijtimoiy-muammo.

Farxod's picture
5

audioni eshittim juda achinarli holat afsuslar bo'lsinkim... (

Fräulein Aziza's picture
0

Rahmat Feruza! Ammo kamchiliklar ko'p hali

Fräulein Aziza's picture
0

Elyor! Shu sababdan ham sizni mavzuingiz manga yoqdi! Qay manodadir o'zaro bog'liq

Fräulein Aziza's picture
0

Farhod, harakat qildim audioni sifati uchun! Ammo audacity bn uncha tugirlay olmadim! Muzika bn yaxwi chiqmas ekanda!

botirjon's picture
0

Маъқул

Fatimochka's picture
0

Spezialisti utverjdayut,chto iznasilovannie jenwini redko obrawayutsya k pravooxranitelyam i voobwe nikomu ob etom ne rasskazivayut.A jertvoy seksualnogo nasiliya imeetsya v vidu ne tolko polovoy akt,no i domogatelstva. Eto mujchini takie ploxie?vse obwestvo ploxoe?ili mi chto -to teryaem ewe na etape vospitaniya detey?Bezuslovno ,nujno rabotat s detmi.Te gendernie roli,kotorie tochno pripisivayutsya v detstve,toje imeyut svoe vliyanie.To,chto malchiki agressivnie i naporistie,a devochki -tixie i podatlivie.Konechno ,govoryat,chto eto tradiziya,odnako eto tot samiy perviy wag.Nujno soverwenstvovat i zakonodatelstvo.Chtobi dokazat fakt nasiliya,jertva proxodit cherez ochen nepriyatnie i doprosi.Nevelik wans,chto nasilnik bedet nakazan.I eto razvyazivaet emu ruki.Iznasilovat mojno,v sluchae chego skazat -sama xotela.Borotsya nujno na vsex frontax.

Fatimochka's picture
5

I mudro i jalko i trogatelno.

Amon's picture
0

juda yaxshi, ayniqsa bo'lgan voqealar bilan boyitganiz bilan ta'sirli chiqibdi. Yana blogpostlarizni kutib qolaman

Amon's picture
0

ha yana bir gap, Gulbahor opani pochchasidaka odamlarni urib tarbiyalash kerak xolos

Amon's picture
5

baho qo'yish esimdan chiqibdi :)