Taqdir bilan savdolashmang…

Feruza Mamirova
5
O’rtacha: 5 (4 ovozlar)

Men sizlarga bir bo’lgan voqeani aytib bermoqchiman…

- "Yaxshimisiz, doktor? Farzandim to’rt yoshda va u negadir yurishdan to’xtayapti…

Shifokor tibbiy kartani varaqlab so’radi:

- Tug’ish jarayoni qanday bo’lgan? Qachondan beri yurmayapti?...

- Tug’ish jarayonida to’liq shifokor nazoratida bo’lmaganman, shifoxonaga vaqtida kelganim bilan ancha vaqt tolg’oq tutib yotganman va bu bir qancha vaqt shifokor nazoratisiz davom etgan…

…Shifokor onaga bir dunyo analizlar ro’yxatini berdi. Analizlar topshirildi, shifokorlar tekshirishdi va quyidagicha javob berishdi:

- Farzandingizning kasalligi bevosita tug’ruq jarayoni bilan bog’liq. Farzandingiz doimiy ravishda shu muolajalarni olib yurishi kerak, - deya shifokor muolajalar va dori-darmonlar yozilgan qog’ozchani ona qo’liga tutqazdi.

Shu bilan ona shifokor yozib bergan barcha muolajalarni farzandi doimiy ravishda olishini ta’minladi. Ona qay shifokorga bormasin, ularning aksariyati yuqoridagi shifokor qo’ygan tashxisni qo’yaverishdi, xuddi o’sha muolajalarni yozaverishdi va sodda ona ham o’sha shifokorlar nima deyishsa o’shani qilaverdi.

Oradan yillar o’tdi, farzandning sog’lig’i yomonlashsa yomonlashdiki, lekin aslo yaxshilangani yo’q. Bir kuni ayolning (onaning) opasi singlisiga:

- Biz tomonda katta reabilitatsiya markazi ochilgan, kel farzandingni o’sha markazga beraylik, uyingda olib o’tirganda nima qilasan, u yerda shifokorlar nazoratida bo’ladi. Dam olish kunlari mening uyimda bo’ladi hafta boshida esa o’zim olib borib qo’yaman… - dedi.

Ona bu taklifga rozi bo’ldi. O’sha reabilitatsiya markazida kuchli shifokorlar, professorlar bor edi va har yili turli xil davlatlardan shifokorlar kelib reabilitatsiya markazida ta’lim oluvchi bolalarni ko’rikdan o’tkazishar edi. Va ushbu hikoya qahramonini ham ancha tekshiruvlardan o’tkazishdi. Afsuski, bu shikorlarning javobi ijobiy bo’lmadi, ammo avvalgi shifokorlarning asl basharasini ochib berdi, desam noto’g’ri bo’lmaydi.

Shifokorlarning javobi shunday bo’lgan edi:

- Ming afsus, farzandingiz shu kungacha noto’g’ri davolangan. Agar to’g’ri davolangan bo’lganida farzandingizni oyoqqa turg’azish imkoni bor edi, lekin hozirgi holatida uni hech qanaqasiga davolab bo’lmaydi. Farzandingizning tuzalib ketish imkoni bor yog’i 2%, bu degani 98% umid yo’q…”

Shifokorlar- insonlar dardiga malham va qalblariga umid bo’luvchi insonlardir. Odamlar qanchalar umid bilan shifokor yoniga boradilar.

Ba’zi odamlar, shifokor meni tuzatadi, deb ishonch bilan shifokor qabuliga borsa, yana boshqalar, bu shifokorlar menga yana qanday va necha pullik dori yozib berar ekan, dardimga davo bormikan o’zi, deb xayolida ming xil o’y bilan shifokor qabuliga boradilar.

Xo’sh, odamlarni davolashi, ularga umid berishi va hattoki ikkinchi hayot berishi kerak bo’lgan shifokorlar aslida qanday?! Albatta, bu dunyoda necha ming xil odam bor demaysiz, kimdir yaxshi, kimdir yomon, yana kimdir esa o’ta mehribon va ko’ngilchang…

“Shifokor” deb ataluvchi ulug’ kasb egalari ham har xil bo’lar ekan. Shifokorlar orasida haqiqatdan ham insonga umid, shifo va hayot berguvchilar bor, lekin bu ishlarning aksini bajaradigan shifokorlar ham yo’q emas va ularni kam ham deb bo’lmaydi. Shunday shifokorlar borki, insonning ko’ngliga, diliga ozor beribgina qolmay, ularni butun umrga nogiron qilib qo’yishi hattoki umrlariga zomin bo’lishi hech gap emas.

Yuqoridagi hikoya bilan men hamma shifokorlar bilimsiz yoki o’zbekistonlik shifokorlar yomon demoqchi emasman, aziz o’quvchi. Bu shunchaki hayotiy bir voqeadir.

Hikoyamiz qahramoniga agar boshidan to’g’ri tashxis qo’yilganda, to’g’ri davolanganda, ehtimol hozir to’rt muchasi sog’  bo’lib yashab yurgan bo’larmidi? Axir birgina xato tashxis butun bir inson taqdirini o’zgartirib yuborishi mumkin ekan-ku? Bunga endi kim javob beradi?

Izohlar

Bakhtiyor Sheraliev's picture
5

Yashang, hurmatli muallif! Rostdan ham kim javob beradi? Bizning shifokorlarni bitta katta xatosi telefonda arzingizni eshitib ham tashxis qo'yib tashlashadi, albatta hammasi ham emas. Tashxisdan avval yaxshilab kasallik sababini o'rganishmaydi. Masalan, bitta varikoz yoki qon bosimi o'ndan ortiq sabab bilan yuzaga keladi, lekin odatda ularning barchasiga bir xil dori yoziladi. Bunday muammolarning oldini olish uchun xalqimizning tibbiy savodxonligini oshirish, shifokorlarning esa javobgarligini oshirish lozim. Maqola uchun katta rahmat, sizga chin qalbdan omad tilayman.

Feruzkin Mamirova's picture
0

Fikrlaringizga to'liq qo'shilaman, Bakhtiyor Sheraliyev. Sizga ham omad tilayman!)

Fozilbek's picture
0

Bakhtiyor Sheraliyev fikriga qo'shilaman (y)

Rufat's picture
5

Deyarli har bir sohada o'z ishiga ma'sulyatsizlik bilan qaraydiganlar bor. Shifokorlar ma'sulyatsizliigining oqibatida jamiyat sezilarli darajada zarar ko'radi. Javobgarlikni his qilmaydigan befarosat, vijdonsizlarni qayta tarbiyalash kerak.
Maqola dolzarb muammolaridan biri haqida ekan..

HappyMan's picture
5

Уларга жавоб бериши учун виждони ҳам бўлмаса керак. Бунга бутун бошли таълим тизимидан бошлаб медицина тизимигача бўлганлар жавоб бериши керак. Шу турдаги врачларни яхши тайёрланмай 1 августь куни тест жавобини таваккал қиладиган абитуриентга ўхшатаман. Билмаган нарсасини ўхшаб қолар деб таваккал қилиш бу умуман билмасликни тан олмаслик дегани. Ўқиб юрганимизда тўртта хато тест жавоби битта тўғрисини ҳам бекор қилишга сабаб бўларди. Ана шунда 50% имкониятда ҳам таваккал қилиш қийин эди. Хозир эса 25% имкониятда ҳам ҳеч нарса йўқотмаслигини билгани учун бемалол сиқилмасдан ўзини биладигандек кўрсатиб белгилайверади... Натижа эса аён. Билмаслигини тан олиб бошқага жўнатса пулдан, клиентдан ажралиш қийин уларга. Эҳҳ... Феруза раҳмат.

Feruzkin Mamirova's picture
0

Fikrlaringiz uchun sizga rahmat, Baxtiyor aka!

Bakhtiyor Sheraliev's picture
0

Adash aka, ayni haqiqatni yozibsiz. Men hech ham bu borada murosa qila olmay qolaman. Yaqinda bir tanishim tamografiyaga tushgan ekan, vrach uch xil farazni ilgari surib "licheniya" yozib beribdi. Aniq nima dedi deb so'rasam, unday bo'lishi mumkin, bunday bo'lishi ham mumkin dedi deb javob bergan edi, u yog'i nima bo'lgani elas-elas yodimda, shifokorni urug'-aymog'ini sanab chiqishimga to'g'ri keldi. Ey insofli, oldingga bir qop kartoshka yoki bir bog' g'o'la kelgani yo'q, ODAM keldi, aqling yetmasa men bilmayapman, boshqa vrachga ko'rsating demaysanmi, aqlingga kelgan licheniyani yozmasdan. Mana shunaqa "doktor"larni deb xalqimiz orasida tibbiyotga va dori darmonga nisbatan ishonch kundan kunga pasayib bormoqda. Aniq bilmasdan, davo bo'lish yoki bo'lmasligini aniqlashtirilmasdan turib dori buyurish g'irt axmoqlik, bunday holatda bir millionlik dori ham kor qilmaydi, ana undan keyin xalq "falon pullik dori ichdim, kor qilmadi, achavot mahalladagi folbinga borgandim sal tuzaldim" deganga o'xshagan gaplarni aytishni boshlaydida. Yaqinda bittasini eshitdim Andijonda edi adashmasam, bemor botulizm bilan og'rib shifokorga murojaat qilgan, shifokor esa botulizmga tashxis qo'ya olmagan va bemor halok bo'lgan. Tibbiyotdan ozgina xabari bor odam biladiki, botulizmga tashxis qo'yish juda oson. Bunaqa tavakkalchi shifokorlarni tibbiyot sohasidan ketiga tepib haydash kerak.
Adash akam aytmoqchi bunga shu shifokorlarni ishlab chiqarayotgan oliy ta'lim dargohlari ham barobar aybdor!