Tadbirkorlik shakllari

Tadbirkor kim?

Tadbirkor” deganda daromad olish maqsadida, mas’uliyatni zimmasiga olgan holda, jamiyatga foyda keltiruvchi biron-bir iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan shaxs tushuniladi.

Biznes” va “tadbirkorlik” tushunchalarining mohiyati bir xil. Biznes-tadbirkorlik iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u xo‘jalik yuritish usuli, iqtisodiy faoliyat turidir. Tadbirkorlik sub’ektlari turlichadir: ular-yakka xususiy tadbirkorlar, jismoniy shaxslar, korxonalar, tashkilotlar, ular nomidan ish yurituvchi yuridik shaxslar, hissadorlik jamiyatlari, jamoalari, shuningdek davlat korxonalarini tadbirkorlik asosida faoliyat yuritayotgan bo‘lsa sub’ekti bo‘lishi mumkin. Ammo davlatning tadbirkorligining tartibi va unga amal qilinishi nazorati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlari, xodimlari tadbirkorlik sub’ekti bo‘la olmaydi. Chunki daromad olish uchun sarmoyadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganlar tadbirkorlikning real sub’ekti bo‘la oladilar. Tadbirkorlik faoliyati bilan shu’gullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro’yxati mavjud bo’lib, u Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan.

Tadbirkorning qanday vazifani bajarishiga yo‘nalganligiga ko‘ra ishlab chiqarishni boshqarish, moliyalashtirish, vositachilik, tijoratchilik, turli xizmatlar ko‘rsatish va maslahatlar berish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonuniga binoan tadbirkorlik faoliyatining quyidagi shakllari mavjuddir:

  • yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlik faoliyati;
  • yollanma mehnatni jalb etishga asoslangan xususiy tadbirkorlik faoliyati;
  • shirkatchilik asosidagi tadbirkorlik;
  • jamoa tadbirkorligi;
  • davlat tadbirkorligi;
  • aralash tadbirkorlik-yuridik shaxs hamda fuqarolar tomonidan mol-mulkni qo‘yish yo‘li bilan olib boriladi.
  • tadbirkorlikning tashkiliy shakllari g‘oyat xilma-xil bo‘lib, ularning birontasi ham muvaffaqiyatga oldindan kafolat bermaydi.
  • tadbirkorlikning qaysi shaklini tanlanishiga quyidagi omillar ta’sir etadi:
  • ishni oson boshlash imkoniyati;
  • uni boshlashda duch keladigan qonun-qoidalar:
  • ishning pul bilan ta’minlanishi;
  • ishning hajmi va miqdori;
  • to‘lanadigan soliqlar stavkalari.

 

Yakka tadbirkorlik

Agarda ishni bir shaxsning o‘zi tashkil etib olib borsa, u yakka xususiy tadbirkor hisoblanib, mulkka yolg‘iz o‘zi egalik qiladi va tushgan daromadni bir o‘zi o‘zlashtiradi.

Afzalliklari Kamchiliklari

1) tadbirkor o‘z faoliyatini hech bir shartnomasiz, faqat o‘z qaroriga ko‘ra boshlashi mumkin;

2)  hech bir yuqori kengashga bog‘liq bo‘lmay qaror qabul qiladi;

3) u faqat o‘z qaroriga javob beradi va shunga asoslanib ish tutadi;

4) korporatsiyalardagi kabi vaqti-vaqti bilan hech kimga hisobot bermaydi;

5) o‘z faoliyatini hohishiga ko‘ra istagan joyda amalga oshiradi.

1) behisob shaxsiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi;

2) ishi barbod bo‘lsa, mol-mulkini butunlay yo‘qotishi mumkin;

3) u sherikchilikning qo‘shimcha mablag‘iga suyana olmaydi;

4) aksiya yoki boshqa qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotish kabi moliyaviy usullardan foydalana olmaydi;

5) uning faoliyati faqat o‘ziga bog‘liq bo‘lib mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolsa, ishlari susayib cheklanib qoladi, vafot etsa umuman to‘xtaydi;

6) shundan kelib chiqib boshqa kompaniyalar u bilan iqtisodiy aloqani istamayroq amalga oshiradilar.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik shakliga etikdo‘z, repetitor, tikuvchi kabilar misol bo‘la oladi. 

Shirkat

Ikki va undan ortiq kishining foyda olish maqsadida kelishuv (shartnoma) asosida o‘z mablag‘larini birlashtirgan holdagi tadbirkorlik faoliyati shaklidir.

Shirkatlar ikkita ko‘rinishga bo‘linadi:

  1. to‘la yoki oddiy shirkatlar - to‘la shirkatda uning barcha a’zolari teng huquqqa ega bo‘ladilar.
  2. mas’uliyati cheklangan shirkatlar - mas’uliyati cheklangan shirkatda uning bir a’zosi  to‘la huquqqa ega bo‘lib, qolganlarning huquqlari cheklangan bo‘ladi va shirkatning qarzlari uchun javobgar bo‘lavermaydi, moliyaviy hujjatlarga ham imzo qo‘ya olmaydi.

Shirkatning huquqiy asosi uning a’zolari o‘rtasida tuzilgan bitim hisoblanadi va u quyidagi bandlardan iborat bo‘ladi:

  • har bir hamkorning vakolati;
  • bitimning muddati;
  • har bir a’zoning umumiy ishga qo‘shgan mablag‘lari hajmi (ayrim hollarda ba’zi a’zolar mablag‘ qo‘shmay intellektual bilimlari hisobidan baholanib ulush olishlari mumkin).
  • uyushma mablag‘idan har bir a’zoning olishi mumkin bo‘lgan aniq, belgilangan pul hajmi;
  • amalga oshirilishi zarur bo‘ladigan moliyaviy tartibi bayoni;
  • yangi hamkorlar (a’zolar) qabul qilish tartibi;
  • shirkatni tarqatib yuborish tartibi.

Shirkat o‘zi ishlab chiqqan nizom asosida faoliyat yuritadi. Shirkatning ham afzallik va kamchilik tomonlari mavjud:

Afzalliklari Kamchiliklari

1) moliyaviy jihatdan yakka egalik firmaga nisbatan ancha kuchli bo‘ladi;

2) harakatdagi tezkorligi;

3) menejerlikda qo‘shimcha imkoniyatiga ega, ya’ni a’zolari bir-birini kamchiligini to‘ldirgan holda birlashadilar.

1) shirkatning har bir a’zosi boshqa sherigining xatti-harakati uchun javobgar bo‘ladi;

2) sheriklar o‘rtasida o‘zaro ishonchsizlik paydo bo‘lishi mumkin;

3) shirkat omadsizlikka uchrasa va biron a’zosining mablag‘i qarzni to‘lashga etmasa, boshqa a’zolari to‘lashlari shart bo‘ladi;

4) shirkat a’zolari shaxsiy jihatlarining juda katta ahamiyatga egaligi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga “Sharq Kredit”, “Beeline” va “Artfam Invest” kabi mas’uliyati cheklangan jamiyatlari misol bo’la oladi.  

Jamoa (korporatsiya) shaklidagi shirkat

Bu shakldagi korporatsiyalar (ingliz tilida public company deyiladi) yakka shaxslar, muassasalar, tashkilotlar, korxonalar xohishlari va o‘zaro kelishuvlari asosida biron maqsadni ko‘zlab tuzilgan tadbirkorlik faoliyati. Unda xo‘jalik faoliyati hissadorlarning aksiya yoki paychilik shaklidagi qo‘shgan mablag‘lari asosida tashkil etiladi.

 Korporatsiyaning afzalligi:

  • muddatsiz ravishda faoliyat ko‘rsatishi mumkin;
  • korporatsiya singan taqdirda uni boshqaruvchilar o‘z mol-mulkidan ajralib xonavayron bo‘lmasligi mumkin.
  • bir vaqtda turli-tuman sohalarda baravar faoliyat yurita olishi mumkin.

Jamoa korporatsiyalariga “Apple”, “Google” va “Microsoft” kabi korporatsiyalar misol bo’la oladi.

Tadbirkorlikning asosiy maqsadi-foyda olish. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, olinadigan foyda miqdori cheklanmaydi. Tadbirkor olgan foydasini mustaqil, o‘z xohishiga ko‘ra ishlatish huquqiga ega.

Tadbirkorlik xatti-harakatlari tufayli kimgadir moddiy yoki ma’naviy zarar etkazgan bo‘lsa, u buning uchun mulkiy javobgar hisoblanadi. Shuningdek, tadbirkor o‘z faoliyatida boshqa xo‘jalik yurituvchi shaxs bilan shartnoma asosida munosabatga kirishadi. Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda amaldagi qonun hujjatlariga va shartlariga muvofiq u mulkiy javobgar bo‘ladi. Demak, tadbirkor boshqa sub’ektga zarar etkazgan hisoblanadi.

Shunday qilib, tadbirkorlik har tomonlama faoliyat turlari bo‘lib, o‘z ichiga yangi tovarlarni ishlab chiqarish, yangi texnologiyani joriy etish, tovarlarni sotish uchun yangi-yangi bozorlarga kirib borish, yangi iste’molchilar doirasini kengaytirish, yangi ishlab chiqarishga yangi resurslarni, mablag‘ bilan ta’minlash manbalari va shakllarini jalb qilish, tashkiliy-boshqaruv yangiliklarini o‘tkazish, yangi sherikchilik munosabatlar, shu jumladan, xalqaro munosabatlarni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.

Izohlar

Shukurov Temur Shuxratovich's picture
Вазирлар Махкамасининг 2011 йил 7 январдаги 6 сонли карори билан якка тартибдаги тадбиркорлик фаолия йуналиши руйхати тасдикланган. Ушбу руйхатда чорвачилик фаолияти мавжуд эмас.
saharschool's picture

Temur, ziyrakligingiz uchun rahmat. Siz aytgan qism to'g'irlandi.
Barcha o'quvchilarimiz uchun foydali bo'lishi uchun Yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tadbirkorlik bilan shug'ullanish mumkin bo'lgan faoliyat yo'nalishlarining ro'yxatiga link:
http://www.lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=1727490#1727732

Shukurov Temur Shuxratovich's picture
Якка тадбиркор муайян бир жойда фаолият юритади. Агар бошка жойда фаолият юритмокчи булса туман ёки шахар хокимлиги хузуридаги тадбиркорлик субъектларини руйхатдан утказиш инспекциясига мурожаат килиб, фаолият жойини узгартиришга мажбур.
Shukurov Temur Shuxratovich's picture
Шунингдек якка тадбиркорликнинг айрим фаолият турлари ахоли жойлашган массивдан узокрок жойларда амалга ошириш буйича тартиблар мавжуд. Мисол учун автомобилларга техник хизмат курсатиш ёки темирчилик фаолияти давомида миёрдан ортикча дицебел товуш чикариши натижасида ахолига нокулайлик тугдиради шу сабабли ахоли ашаш жойларидан узокрокда амалга оширилади.
saharschool's picture

Qiziqarli va muhim ma'lumotlarni barcha o'quvchilar bilan baham ko'rayotganingiz uchun rahmat.

Shuxrat's picture
Men Interner-Magazin ochish niyatidaman, Aytingchi mening loyihamga qaysi turdagi tadbirkorlik shakl moslashadi, va qaysi tomonlari bilan afzal?i
Shukurov Temur Shuxratovich's picture
Якка тадбиркор хам чакана савдо йуналиши буйича интернет магазин очиш мумкин. Факат кушимча ишчи кучи жалб кила олмайсиз. Мисол интернет магазин оркали буюртма берилганда етказиш хизмати хам булиши лозим. Шундай экан сизга купрок юридик шахс сифатида давлат руйхатидан утишни максадга мувофикдир.
Shukurov Temur Shuxratovich's picture
Якка тадбиркор сифатида иш бошласангиз почта хизматидан фойдаланишга тугри келади. Лекин бизда ушбу хизмат керакли даражада ривожланмаган деб уйлайман.
Saidrakhmatkhuja's picture
Assalomu alaykum. Savolim: nostatsionar (kochib yuradigan, yani velosipedda, mashinada shaxar boylab) savdo uchun qanday hujjatlar kerak.
Shukurov Temur Shuxratovich's picture
Агарда шахар буйлаб савдо ташкил килиниб, тургин савдо шахобча (дукон) мавжуд булмаса Ўзбекситон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2011 йил 17 ноябрдаги 306-сонли қарори ва шу қарор билан тасдиқланган "Ахоли билан пуллик хисоб-китобларни амалга оширишда фискал хотирага эга булган назорат касса машиналарини қуллаш тартиби тугрисидаги низоми" га асосан тартибга олинади. Яъни шахар буйлаб савдо қилиш учун тадбиркорлик субъекти сифатида давлат рўйхатидан утказилиб хамда назорат кассасини солик инспекцияси томонидан руйхтадан утказиб фаолият юритиш мумкин.Фаолият учун тадбикрорлик гувохномаси ва назорат кассаси керак булади.
Saidrakhmatkhuja's picture
Raxmat. Siz bilan boglanish uchun e mail ingizni bera olasizmi?
Saidrakhmatkhuja's picture
Assalomu alaykum. Savolim: nostatsionar (kochib yuradigan, yani velosipedda, mashinada shaxar boylab) savdo uchun qanday hujjatlar kerak.
Shukurov Temur Shuxratovich's picture
durdonaxon's picture
салом, менинг саволим диверсификация килиш нима, хозирги кунда иктисодимизни диверсификация килиш деб куп айтишяпти. у узи нима.
saharschool's picture

Diversifikatsiya deganda korxonalarning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi va yangilanib turishi tushuniladi.

Ibrohimjon Mahmudjonov's picture
Milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash deganda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni turini ko`paytirish, inovatsiya kirgizish, zamonaviy texnalogiyalarni olib kelib o`rnatib yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, iqtisodiyotda yangi tarmoqlarni tashkil etish
Nozimcheek's picture

ASSALOMU ALEKUM Savolim shunday men kafe yoki restoran ochmoqchiman buning uchun nimalar kerag böladi kreditchi

Maftuna Umarova's picture

Salom men uzim un gozalik saloni ochmoxchidm shunga qancha miqdorda kridet olsam buladi

Alpion's picture

Salom men oziq ovqat chakana savdosi bilan shugilanaman men Toshkent shahridan vodiyga oziq ovqat maxsulotlarini olib kelishim uchun menga qanday hujatlar kerak boladi.

Abdurashid Rashidov's picture

Salom men oz uyimda qandolat mahsulotlarini iwlab chiqarmoqchiman manga qanaqa hujjatlar kere bolad va qatlarga murojat qiliwim kere nalov tolovlari boladm

Xurshid Ergashev's picture

Salom Men ximchiska xizmatini faoliyatini amalga oshirmoqchan qayerga murojat qilishim kerak va qanday xujjatlar kerak boladi