Sahar maktabining "Yangi Avlod 2" loyihasi

Qadrli do’stlar,

Bir oz tanaffusdan so’ng Sahar maktabi yana o’z faoliyatini yangicha innovatsion yo’nalishda davom ettirish arafasida. Buni esa faqat sizlarning hissangiz va yangicha g’oyalaringiz asosida amalga oshirishimiz mumkin. Bizning maqsadimiz, turli ijtimoiy mavzularda muhokamalar olib borish, yoshlar orasida “peer-to-peer” ya’ni o’zaro fikr va tajriba almashish uchun zamin yaratib berish, hamda innovatsion tadbirkorlik g’oyalarini shakllantirishdan iborat. Sahar maktabining navbatdagi faoliyati davomida biz:

  • Tahliliy asoslangan hamda original blog yozish bo’yicha onlayn kurslar o’tish;
  • Facebook sahifamizda turli ijtimoiy mavzularda muhokamalar olib borish;
  • Ishtirokchilar tanlagan mavzu asosida oylik seminarlar (workshop) o’tkazish;
  • “Book Club”imizni davom ettirishni maqsand qilganmiz.

Sahar Maktabi siz uchun nafaqat bilim olish maydoni, balki o’z g’oyalaringizni talqin qilish, boshqalar bilan fikr almashish, bilganlaringizni o’zaro bo’lishish hamda o’zingizning yozish va liderlik qobiliyatingizni rivojlantirish maydonidir. Buning uchun sizdan:

  • Facebook sahifamizdagi muhokamalarda faol ishtirok etishingiz;
  • Yangicha onlayn loyihalarni shakllantirish va uni boshqarib borish (Book Clubimizga o’xshash bo’lgan loyihalar);
  • O’z fikringizni Facebookda bo’lishish hamda muloqot olib borish;
  • Kurs bo’yicha e’lonlar va xabarlarni do’stlaringiz orasida bo’lishish, hamda
  • Onlayn tadbir va aksiyalarimizda faol ishtirokingiz juda muhimdir.

Maktab faoliyati bo'yicha barcha savollaringizni info@saharschool.org manziliga yuborishingiz mumkin.

Sahar maktabining "Yangi Avlod 2" loyihasida birgalikda mazmunli olib boramiz degan umiddamiz!

Izohlar

Abdurakhmonova Maftuna's picture

Men Abdurahmonova Maftuna sahar school ga a'zo bulishni xohlayman.