Passus porta

Xurshida Mahmudova
5
O’rtacha: 5 (13 ovozlar)

Bu maqolani yozishni anchadan beri o‘ylab yurgandim, balki bloggerlik qilishimga ham aynan shu mavzu turtki bo‘lgandir…
Manbalarda ko’rsatilishicha , pasport so’zi lotin tilidan «passus» – harakat, «porta» –darvoza so’zlaridan olingan ekan. O’rta asrlardanoq, bu hujjat shahar darvozalaridan kirish-chiqish uchun ruhsatnoma hamda shaxsni tasdiqlovchi manba hisoblangan.
Siz qo’lingizdagi “passus porta”ga yahshilab nazar solganmisiz? Agar yahshilab, sinchiklab qarasangiz xato yoki kamchilik topib olishingiz mumkin, ha ishonavering, menda bunaqasi ko’p bo’lgan :-) .
Ishim yuzasidan kuniga o’nlab, ba’zan yuzlab pasportlarni identifikatsiya qilgan paytlarim bo’lgan. Bank ishida mijoz bilan ish yuritishning birlamchi xujjatlaridan biri bu pasport xisoblanadi. Pasportda qanday ma’lumot kiritilgan bo’lsa, shundayligicha xujjatlarimizga kiritishimiz shart ! Hattoki, xato ma’lumotlarni ham !
Qo’limizdagi atiga 32 betdan iborat “kichkinigina” xujjat orqali, hayotimizda ro’y beradigan barcha qaydlarni aks ettiramiz. Lekin pasportda ism yoki biror ma’lumot xato yozilsa va bu xato vaqtida bartaraf etilmasa , barcha hayotimizdagi qaydnomalar xato rasmiylashtiriladi. Quyida men ishlagan mijozlar pasportidagi xatolarni sizlarga namuna sifatida keltirmoqchiman , aslida ro’yhat bundan ham ko’p bo’lishi mumkin edi, ammo skaner qilishga ulgurib qolganlarim hozircha shular:-)

Familiyadagi “A” harfi- pastki qismda “O” harfiga almashib qolgan. Arzimas tuyulishi mumkin, ammo qaysi birini tanlab yozsam ekan deb rosa o’ylanganman!))) Qolaversa pastki rasmli qism inglizcha yozilib, «X» o‘rniga «Kh» yozilishi kerak.

Озода ismi inglizcha variantda 2ta “Z” bilan yoziladimi yoki “Ч” harfini “GH” bilan yozish kerakmi? Inglizcha biladiganlar bormuuu?))

Pasport seriyasidagi hato: hohlasangiz kirillcha , hohlasangiz lotincha variantni tanlab oling, marhamat! Agar, sizga seriya yoqmasa umuman olib tashlaymiz, ana bo’lmasam!!!

Bitta “N” harfini tushirib, familiyani 2ta qilib berishimiz ham mumkin!!!

Bunisi esa umrimda ko’rgan eng qo’pol hato bo’lsa kerak, ayol kishi “Sharipov” familiya bilan yursa… Eng qizig’i,  pasport egasi shunga rozi, qariyb 18 yildan beri o’zgartirishga harakat ham yo’qligini isbotini ko’rib turibsiz!

   Nega shunchalik loqaydmiz???

Qonunchilikda nima deyilgan ekan deb, lex.uz dan “ O’zb. Resp.si fuqarosining biometrik pasportni va 16 yoshga to’lmagan shaxslar uchun fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi to’g’risida Nizom”ni topib oldim. Ushbu nizomning2- bo’lim, 15-qismida yozuvlarda noaniqliklar , xatolar aniqlanganida pasport almashtirib berilishi, tartibi yozilgan, ammo xatoga javobgarlik yuzasidan tug’ilgan savolga bu tartibdan javob topa olmadim. Tajribali huquqshunoslar bilan bu holat yuzasidan suhbatlashdim. Hozirda agar pasportda xato va kamchilik aniqlansa, pasport egasi yuqoridagi nizomda ko’rsatilgan tartib bo’yicha qaytadan hujjat tayyorlaydi va davlat bojlarini ham yana qayta to’laydi. Birlamchi taqdim etlgan hujjatda xato bo’lsa boshqa gap, ammo nega operator xato qilsa , yana fuqaro jabrdiyda bo’lishi kerak?

Balki qonunchilikka taklif berish kerakdir?! 

 Bir qarashda yuqorida keltirilgan misollar, faktlar shunchaki qoralamaga o’xshab ko’rinishi mumkin , ammo o’ylab ko’rsak, ana shu xatolar bilan qancha hujjatlar rasmiylashtirilmoqda , balki shunga o’xshash hayotimizdagi boshqa xatolarga ham ko’z yumayotgandirmiz… Pasport, ism-familiya va shu kabilar shaxs identifikatsiyasi bo’lagi hisoblanishi mumkin,ammo YUKSAK SAVIYALI JAMIYAT QURISH orzuyimiz ro’yobi uchun bunday xatolar ortiqchalik qiladi, bunday xatolarga o’rin yo’q. Har kim xato qiladi- bu inson faktori, lekin xato bilan xatoning farqi bor, bunday hujjatlar ming chig’iriqdan o’tib keyin egasiga topshirilishi kerak nazarimda…

Jamiyat hayotida faolroq bo’laylik!!!

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ КОНСТИТУЦИЯСИ
32-модда.
Ўзбекистон Республикасининг фуқаролари жамият ва давлат ишларини бошқаришда бевосита ҳамда ўз вакиллари орқали иштирок этиш ҳуқуқига эгадирлар.

 

Izohlar

Shuhrat Yunusov's picture
5

Ajoyib maqola! Ma'suliyatga kelsak, boj davlat hisobiga kelib tushmoqda. Shunday ekan, ma'suliyatni hech kimga yuklashmasa kerak. Tag'in bilmadim.

shohista's picture
5

"Kulaymi yo kuyaymi?!" ruhidagi post ekan. Yaxshi mavzuni ko'targansiz, menimcha.

Matyakubov Ergash's picture
0

Juda ajoyib maqola

Dava's picture
0

Zor zor boshqa gap.

Bahodir Mahmudov's picture
0

5

D12's picture
0

Haqiqatdan Juda to'g'ri!

D12's picture
5

Xozir gi kundagi eng optimalniy problema yoritipsiz! Juda Yaxwi, Omad!

Mirzaakbar's picture
5

Маколани мухумлиги шундаки, паспорт республикадан ташкарига чикканимизда факатгина шахсни тасдикловчи хужжат эмас, кайси давлат химоясида эканлигимизни курсатиб туради.

Arobiddin's picture
5

долзарб мавзу ёритилган

Шухрат Абдуллаев's picture
0

Мавзу жуда долзарб. Афсус саводсизликни тугатиш қийин шекилли. Бунга давлат органлари ҳам назоратга олинса яхши бўлар эди.

D12's picture
0

Zo'r mavzu!

Stranger87's picture
0

Rosa qiziq tema!)))

Maks Roy's picture
5

Xatto birta harfdagi o'garish ham chet eldagi inson hayotini xavf ostiga qo'yishi mumkin.Xolbuki, moddiy yoqotishlar ham bundan mustasno emas.Albatta bu davlat Bizniki.Uning taraqqiyoti ham bizning hatti-xarakatimizda aks etadi.Kamchiliklar esa ularni bartaraf etish uchun aytiladi.

botirjon's picture
5

Жуда яхши ёзилибди. Мавзу ҳам, мисоллар ҳам ажойиб.

Muazzamxon's picture
5

Мавзу долзарб ва жуда кизик, энг мухим хужжатда шунчалик купол хатолар булишига ишониш кийин, Исбот далиллари билан, рахмат,

Hajiabrar's picture
5

Dolzarb mavzu ko'tarilibdi . Sizda jurnalistlik talanti bor ekan. Tanlovdagi boshqa mavzularni ham ko'rib chiqdim. Lekin sizning uslubingiz o'zgacha . Men sizga ovoz beraman!

Venera's picture
5

Ajoyib mavzuni kòtaribsiz. Yaxshi yozilgan blogpost bòlibdi. Afsuski men ham bunday holatni kuzatganman. Bu juda qòpol xato.

HappyMan's picture
0

Мавзу яхши ёритилган. Ечим сифатида туғулганлик гувоҳномаси беришни ҳам компьютерлаштириш орқали исмларни маҳсус базада текширишни йўлга қўйса бўладими? Техник жиҳатидан дастурчиларга қийин эмас. Исм базадаги исмдан фарқ қилганида огохлантириш хабари чиқиши мумкин.