Oddiy biznes xatini yozish yo‘llari

Maqsad:

  1. Odamlarga o'z maqsadingizni xatda aniq ifoda qila olish;
  2. Ularni biror chora ko'rishga undash.

Biznes xatining qismlari

Jo’natuvchining manzili    Jo'natuvchining manzili, odatda, xat yuqorisida (blankada) bo'ladi. U yerda faqat ko'cha nomi, uy raqami, shahar va pochta indeksini ko'rsating.

Sana                              Sana qatoriga xat yozilgan kun, oy va yil yoziladi.

Oluvchining manzili         Ikkinchi manzilga xat oluvchining manzili to'liq yoziladi.

Salomlashish                  Salomlashishni oluvchining manzilida ko'rsatilgan ism va shaxsiy unvon bilan boshlang.

Xatning asosiy qismi       Biznes xatini yozishda fikrlarni qisqa va lo'nda ifodalash juda muhim ekanini esdan chiqarmang. Birinchi satr boshida xatni do'stona ruhda ochib, so'ng asosiy masalani tilga oling. Navbatdagi paragrafda asosiy masalaning nima uchun muhimligini tushuntirishingiz kerak. Keyingi paragraflarda qo'shimcha detallar va mavzuga aloqador ma'lumotlarni keltirib, xatda ko'tarilgan masalaning muhimligini tushuntirishda davom eting. Oxirida bu xatni yozishdan maqsadingizni yana bir bor esga olib, lozim bo'lsa, bunga javoban biror chora ko'rilishini so'rashingiz kerak.

Xulosa                         Birinchi so'zni katta harflar bilan yozing (masalan, Katta rahmat). Xulosa so'zi va jo'natuvchining ismi va imzosi o'rtasida to'rt qator bo’sh joy qoldiring.

 

 

 

File Attachment: 

Izohlar

Oybek's picture
Menga judayam yoqdi qoyil har bir narsaning o'z qonun qoidalari borligi bu yaxshi ayniqsa o'zaro muloqotda bundan keyin hat yozish qoidalarini ham bilib oldim kelajakdagi faoliyatimda bu albatta menga faqat foyda olib keladi Tashakkur...
Elyorbek0515's picture
Ba'zi bir joylarga o'zgartirishlar kiritish kerakka o'hshaydi.
saharschool's picture

Elyorbek, qanday o'zgartirishlarni taklif qilgan bo'lardingiz? Izohda yozib qoldiring.

Shuxrat's picture
Qiziqarli malumotlar uchun raxmat.
dj_jons's picture
ajoyib
dj_jons's picture
raxmat