Misrlik yosh tadbirkor ayol - Sara Musa bilan suhbat

Misrning Qohira shahrida quyosh panellari asosida suvni isitguvchi qurilmalarni  ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan yosh tadbirkorl ayol – Sara Musa bilan suhbat o'tkazdik. Suhbat chog'ida Sara o'zining tashkiloti, loyiha g'oyasining yaralishi, uni qanday amalga oshirgani va bu jarayonda uchragan muamollarni qanday hal qilgani haqida so'zladi.
 
- Iltimos o'zingiz va o'z tashkilotingiz haqida qisqacha tanishtirsangiz.
- Men “Shamsina” nomli kichik ijtimoiy tashabbus asoschisiman. “Shamsina” loyiha g’oyasini  4 yil oldin Universitetni endi bitirgan paytlarimda boshlaganman. “Shamsina” Misrning Qohira shahrida joylashgan va quyosh energiyasi panellaridan foydalangan holda suvni isitish qurilmalarini ishlab chiqaradigan kichik korxonadir. Ushbu suv isitgich qurilmalari faqat mahalliy xom-ashyolardan qurilgan va xalq cho'ntagi ko'tara oladigan narxlarda baholangan. Bu korxona Qohira shahrining insfrastruktura uncha rivojlanmagan  chetki hududida joylashgan bo'lib o'sha yerda istiqomat qiladigan ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlab kelmoqda. Shamsina tashkilotining asosiy maqsadi issiq suvga ehtiyoji bo'lgan xonadonlarni arzon narxdagi suv isitgich qurilmalari bilan ta’minlashdan iborat.
 
- Nima uchun siz aynan shu sohada ishlashga qaror qildingiz? Bu g'oyaga kelishingizga nima sabab bo'ldi?
- Taraqqiy etmagan hududlarni Qohirada ko'p uchrash mumkin. Ba’zi manbalarning xabar berishlaricha Qohiradagi 20 million aholining yarmidan ko'pi noformal hududlarda istiqomat qiladilar. Ya’ni, bu hududlardagi bino va uy-joylar o'z vaqtida shahar infrastrukturasi bilan bog'liq rejalar bilan solishtirilmagan holda paydo bo'lgan va ro'yxatdan o'tmagan. Bu hududlarning ayrimlarida eng zaruriy infrastruktura xizmatlari bo'lmish issiq suv va elektr toki tanqisligi mavjud. Ko'plab nodavlat tashkilotlar ushbu hududlarda suvni isitguvchi quyosh panellarini o'rnatish loyihalari ustida ishlaganlari  haqida ham eshitganman. Bu ijtimoiy ehtiiyojllarga yechim topishda eng samarali yo'l bo’lib, bu usul bilan aholining suvni isitishda kerak bo'ladigan elektr tokiga bo'lgan muhtojligi qisqaradi. Quyosh energiyasida ishlaydigan suvni isitgich qurilmalari arzon xom-ashyo materiallaridan tayyorlansa bo'ladi, va muhimi qismlarini yig'ish juda oson.
 
- Siz ijtimoiy tadbirkorlik deganda nimani tushunasiz? Unga qanday ta’rif bergan bo'lardingiz?
- Ijtimoiy ehtiyojlar yo'lida xizmat qilayotgan har bir tashkilot haqiqatdan ham barqaror bo'lishi uchun ma’lum miqdorda daromad keltirishi lozim. Mening nazarimda, ijtimoiy tadbirkorlik bu odamlarda jamiyatga foydali xizmatlarni yaratish va ularni keng ko’lamda tadbiq qilish uchun yuksak istakni uyg’otish uchun javobdir.
 
- Biznes korxonaning qaysi jihatlari uni ijtimoiy tashkilot qilishi mumkin?
- Mening korxonam ham ijtimoiy tadbirkorlikning bir ko'rinishidir, chunki u jamiyat ehtiyojlariga yechim topishni ko'zlagan holda tashkil etilgan.
 
- Sizning tashkilotingiz xususiy korxona sifatida tashkil etilgan. Misrda jamiyat manfaatlari sari ishlayotgan korxonalar uchun biror imtiyozlar bormi?
- “Shamsina”ni xususiy korxona sifatida tashkil etganimizning sababi bu doimiy faoliyatni ta’minlash uchun zarur edi, lekin bunday korxonalarga hech qanday imtiyozlar mavjud emas hozircha.
 
- Hozirgi kunda ijtimoiy tadbirkorlar ko'p duch keladigan muammo yoki to'siq nima deb o'ylaysiz?
- Har qanday ijtimoiy tashkilotda uchraydigan eng odatiy to'siq bu moliyaviy barqarorligini ta’minlash, va shu bilan birga, barcha harajatlarni qoplagan holda, samarali va qulay narxli xizmatlarni yetkazishda teng muvozanatga erishishdir. Bu ikki element orasidagi balansni ushlab turish tashabbusning kelajakdagi uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta’minlash demakdir.
 
- Ayol sifatida tadbirkorlikni boshlash siz uchun qiyin bo'dimi? Loyihangizni moliyalashtirishda va moddiy resurslar bilan ta’minlashda qanday to'siqlarga uchradingiz?
- Tadbirkorlik faoliyatini olib borishimda ayol bo'lganim hech qanday to'siqlik yaratgani yo'q. Menimcha bugungi kunda ayollar tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib berilmoqda.
 
- Sizning korxonangizda ish yurituvchilar kimlar? Siz ishchilarga ishni boshlashlaridan oldin trening ham o'tkazasizmi?
- Ayni damda bu loyiha ustida muhandis, loyiha menejeri, va biznes menejeri bilan birga faoliyat yuritamiz. Quyosh isitkichlarini qurishda yana quruvchi ishchilar ham kerak. Odatda ular bir haftalik o'quv-treningda qatnashadilar va natijada quyosh isitkichlarini qurish, o'rnatish va ularni ta’mirlash bo'yicha bilim va tajribaga ega bo'ladilar.
 
- “Sahar” maktabining bir nechta kurs ishtirokchilari ham xuddi shu sohada loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqishlari borligini bildirishgan. Ularga qanday maslahatlar bergan bo'lardingiz?
- Mening asosiy maslahatim – iloji boricha o'zingizda mavjud bo’lgan resurslar va tajribalarni ishlatishga harakat qiling – hattoki siz yaratgan qurilma boshqa mukammal modellardan farqli bo'lsada, mahalliy xom-ashyolardan foydalangan holda arzon narxdagi samarador texnologiyalarni ishlab-chiqarish mumkin.
 
- Sizning fikringizcha jamiyatimizda ijtimoiy tadbirkorlikka bo'lgan qiziqishni oshirish uchun nimalar qilish kerak?
- Mening fikrimcha ijtimoiy tadbirkorlikning shakllanishida ijtimoiy ehtiyojlar turtki bo'ladi – qaysikim jamiyatda ma’lum bir xizmatga ehtiyoj bo'lsa, o'sha ehtiyoj asosida yangi xizmat yaratish uchun turli faol harakalar mavjud bo'la boshlaydi.  Ehtiyojlarni to'g'ri aniqlash va tushunib yetish muhim o'ringa ega.