Men diplom ishimni o’zim yozaman!!!

Sukhrobjon Abdirimov
4
O’rtacha: 4 (4 ovozlar)

Bu yil oliy o’quv yurtida 4-kursman va xudo xohlasa xech qiyinchiliksiz , a’lo baholar va sog’- salomat bilan o’qishni bitirib olaman deb yurgandim. Lekin o’ylab qarasam xato qilgan ekanman. Oliy o’quv yurtini bitirishning ham o’ziga yarasha qiyinchiliklari bor ekan. Bularni qiyinchilik demasdan muammo desak yaxshiroq bo’ladi menimcha. Men aytmoqchi bo’lgan muammoga har bir oliy o’quv yurtini bitirgan yoki endi  bitirayotgan talabalar duch kelishgan bo’lsa kerak. Bu qanday muammo deysizmi? Ha to’gri topdingiz bu bitiruv malakaviy ishini yozish muammosi. Men bitiruv malakaviy ishi demasdan oddiygina hammaga tushinarli qilib dimlop ishi deb aytib ketaman. O’qishni bitirish onlari yaqinlashgani sari bu muammoning yechimi ham shunchalik “qimmatlashar” ekan . Diplom ishini yozish nega muammoligi xech kimga sir emas nazarimda. 4-kurs boshlanganidan keyin dimlop ishi yozishim kerakligini bilib domladan diplom ishi mavzusini sizlar berasizlarmi yoki o’zimiz qiziqqan mavzuni yozib kelaylikmi deb so’radim. Chunki mavzular yil boshida berilishi kerakligini bilardim. Domla o’zimiz beramiz hozir shuni harakatidamiz tez kunlarda tayyor bo’lib qoladi dedi. Birinchi semester tugadihamki mavzulardan hali darak bo’lmadi. Keyin bir ikkita kurdoshlar bilan kafedraga kirib bizga diplom ishi mavzularni berishlarini so’radik. Endi esa avvalgi javobga sal teskariroq javobni eshitdik. Sizlarla diplom rahbar tayinladik o’zingiz qiziqqan mavzuni diplom rahbaringizga olib boringlar tastiqlashga beradi deb javob berishdi. O’zim xohlagan mavzuda yozar ekanman deb xursand bo’lib, qiziqqan mavzumni olib menga biriktirilgan diplom rahbarimning oldiga bordim. Mavzuni domlaga berganimdan keyin, o’qib chiqib yaxshi mavzu dedi va ozgina jim turib, sal pastroq ovozda kutilmagan bitta savol berdi:

-Dimlopni o’zing yozmoqchimisan?

-Ha, albatta o’zim yozaman.

Unga bu javobim yoqmaganligi sezildi lekin kulib mavzungni yana ko’rib chiqaman, keyinroq bo’sh vaqting bo’lganda kel deb yubordi.  Shu bilan bir hafta mening vaqtim bo’lsa ham domlaning menga ajratishga bo’sh vaqti bo’lmadi. Keyin men bilan birga shu domlaga biriktirilgan boshqa talabalar bilan gaplashsam, ular “Bizning  diplom ishimiz tayyor gaplashib qo’ydik, sen o’zim yozaman deb o’zingna muammo sotib olding ” deydi. Diplomni o’zing yozsang qiynalar ekansan, yozish qiyin ekan. Eng qizig’i bitta dimlop ishi yozaman deb domlalarning oldida g’uriringni to’kib yurasanmi degan gaplarni ham eshitdim. Bu gaplarga qanday javob berishni bilmadim. Talabalar o’rtasida shunday gaplar yurishini yaxshi bilaman, lekin o’zimga shaxsan aytishmagandi. Bunday gaplarga quloq solmasdan diplom ishini o’zim yozaman dedim. Diplom ishi rahbarim bilan gaplashdim, shu mavzu bo’yicha yozaver o’zim tasdiqlatib qo’yaman dedi. Shu orada ishlab chiqarish amaliyotiga chiqib ketishdik.  Diplom ishingning nazariy tomonini yozib bo’ldim. Amaliyotimizning uchunchi haftasida domlam telefon qilib diplom ishi mavzum o’zgarganini, menga boshqa mavzu tasdiqlanganini aytdi. Endi men shuncha yozagan narsalarimni bir chetga surib, boshqa mavzu bo’yicha ma’lumot yig’ishim kerak. Bu ham mayli, amaliyot  o’tayotgan obyektim mavzuni ochib berishimga umuman to’gri kelmaydi. Tadiqlangan mavzu reklama qilish haqida, lekin men “Vinzavodda” amaliyotdaman. Menimcha, rebpublikamizda sipirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini reklama qilish taqiqlangan, shunday emasmi? Bunday muammo faqat menda deb yursam boshqa kursdoshlarim ham shunday muammoga duch kelibdi. Amaliyot ham tugadi diplom mavzumning nazariy qismini yozib bo’ldim va domlaga tekshirtirish uchun oldiga borsam yana shu axvol domlani menga ajratishga bo’sh vaqti yo’q. Ertaga kel, indinga kel dan nariga o’tmaydi, dimlop ishi himoyasiga esa oz vaqt qoldi. Biz o’zim yozamiz degan bollar har kuni o’qishga kelib domlani kutamiz. Domla bilan gaplashib qo’ygan bollar esa uyida diplom ishi haqida o’ylamasdan mazza qilib yuribdi. Bir haftalar domlaning orqasidan yurib oxiri yozganlarimni tekshirtirib ko’rib xato, kamchiliklarini aytdilar. Hozir ozroq qiyinchilikka qaramasadan diplom ishim oxiriga yetay deb qoldi. Albatta  diplom ishimni yozishimda menga yordam bergan boshqa domlalar bo’ldi. Ular menga sen bu dimlop ishingda “Amerika ochmaysan” shunchaki oqigan narsalaringni yozasan va oxirida o’zingning tafliklaringni yozasan deb tushintirishdi. Men bu yozgan narsalarim bilan faqat domlalarni yomon demoqchi emasman. Shunchaki hozir o’qishni bitirayotgan yoki endi bitiradigan talabalarga aytmoqchi edimki, shuncha bo’lgan muammolarga o’zimiz ham aytdormiz. Agar o’zimiz yil boshidan mavzularni talab qilsak, o’zimiz yozamiz deb intilsak bizga xech kim halaqit bera olmaydi.  Men domla bilan gaplashib pulga yozdiraman deb yurgandan ko’ra ozgina harakat qilib o’zimiz yozsak shu pul yonga qoladiqu. E men o’zim qila olmayman deb domlaga pul taklif qilib ularni korrupsiyaga o’rgatayotgan o’zimiz(masmi?). Endi ular siz uchun ham diplom ishi yozishi kerak va albatta boshqalar uchun bo’sh vaqt topmaydi. Hammasiga talabalar aytdor deyish ham noto’gri fikr, domlalarda ham o’ziga yarasha kamchiliklar bor. Talabalarni qiynamasdan mavzularni o’z vaqtida berishsa, mavzuga to’g’ri keladigan  amaliyot joyi tanlashsa yomon bo’lmasdi. Shunda talabalar ham domlaning oldiga yozib berish deb bormasmidi va domlalardan shuni iltimos qilib qolamanki, talabalarga diplom ishi yozish qiyin deb ularni qo’rqitib qo’ymasdan, avvalgi yozilgan diplom ishilardan namuna ko’rsatib, diplom ishida yangi “Amerika ochishlari” shartmasligini tushuntirishlar. Tengdoshlarimdan esa har kimning gapiga kirmasdan, o’zim yozganim bilan qabul qilishmaydi faqat pul berish kerak degan hayollarni miyyalaridan chiqarishlarni  so’rab qolardim. Men ishonaman bu ishlar qo’limizdan keladi. Shuncha yil bekorga o’qidikmi ahir.

Izohlar

Sarvar's picture
4

Анча яхши мавзу кўтарилган, лекин бу ерда талабани ҳам айби бор, бу диплом ёздириш олдин ҳам бўлган кейин ҳам бўлса керак.

Sarvar's picture
0

Мен иккита диплом ишимни ҳам ўзим ёзганман ва ўзимга ўхшаб ёзган (52 та дан 11 таси) ларни барча си (10 таси) эрта кунда ёзиб бўлгшан эди.

Sarvar's picture
0

Хатто биз ҳамма ушлаб ўқий қергач бошқатдан печат қилиб тикканмиз (4 киши).
Пост бир тамонлама ёзилганга ўхшаб қолган.
Пс. бу Мени шахсий фикрим, қўшилиш қўшилмаслик Сизга хавола!

Bakhtiyor Sheraliev's picture
3

Oliy ta'lim o'qituvchisi sifatida aytaman blog yetarlicha yoritilmagan,mendan yuqoridagi izohda aytilganidek bir tomonlama yozilgan. Hech qachon talaba kelib men o'zim diplom ishimni yozaman desa domla yo'q demaydi. Keyin siz qaysi o'quv yurtida o'qiysizki, bitiruv malakaviy ishlarinign mavzusi ikkinchi semestrga yaqin tasdiqlanar ekan. E'tiboringiz uchun bu hujjat bitiruvchi kurslarda o'quv yilining boshida kafedrada muhokamadan o'tib, dekanat, keyin esa rektorat tomonidan tasdiqlanadi. Lekin bu sizga bitiruv malakaviy ishi mavzusini to'rtinchi kursda olasiz degani emas. O'zida bor talabalar ikkinchi yoki uchinchi kursdan boshlab ko'zlagan mavzusida ilmiy rahbar rahbarligida ishlashi mumkin, faqatgina kafedraga o'zining mavzusi haqida o'z vaqtida xabar berishi kerak xolos. Men bilgan barcha holatlarda mana shunday kechadi, lekin ko'pchilik talabalar o'z taqdirlariga bee'tiborligi uchun siz aytgandek holatlarga tushishi mumkin. Shaxsan o'zim bakalavrdagi bitiruv malakaviy ishimni ikkinchi kursligimda boshlaganman, hozirda birinchi kursdan boshlab ilmiy ishini boshlagan talabalarim bor.
Talabalarga maslahatim o'z taqdiringiz befarq bo'lmang. Hech kim siz uchun jon kuydirmaydi, toki o'zingiz harakat qilmaguningizgacha. Shunday ekan o'z vaqtida harakatingizni qiling, domla yozib beradi deb yurmang.

Sarvar's picture
0

Барча фикрларингизга қўшиламан.
Мен Шунча комент ёзсам эрро бериб юборябди, балки Мен ҳам лотинча комент қолдираймикан?

Bahodir Mahmudov's picture
4

Bunaqa paytda eng yaxshi yo'li, haqiqiy halol domlani topib o'sha bilan birga yozishdir. Siz ilmiy rahbarni almashtirishni so'rab yozsangiz, buni amalga oshirib berishadi

Jakhongir's picture
5

Juda to'g'ri mavzu. Men yaqinda bitirdim. Oz diplom ishimni ozim yozdim. Guruhimizda faqat 4 ta bola ozlari yozishdi. Qolganlar esa o'sha o'sha