Kurslarimiz qatnashchilarining ishonchli muloqot namunalari

Hurmatli Sahar maktabi muxlislari!

Mashhur faylasuf Johann Volfgang von Gyotening aytishicha, "Ishonch bilan gapirmoq lozim, ana shunda so'z ham, tinglovchilarni mahliyo etish ham o'z-o'zidan kela qoladi."

Odatda bizni “ba'zi insonlarning juda muvaffaqiyatli lider bo'lishiga sabab nima?” degan savol ko'p o'ylantiradi. Buning javobi esa bitta, u ham bo’lsa liderlarning boshqalar bilan ishonchli, do'stona muloqot o'rnata olishlaridadir. Taniqli liderlar juda yaxshi notiqdirlar va aynan shu orqali o'z fikrlariga ko'pchilikni ishontira oladilar. Shuning uchun bunday liderlarga odamlar ergashadi, ishonishadi.

Ishonchli muloqotni amalga oshirish suhbatdoshingiz bilan jamoangizdagi ijobiy o'zgarish yasovchi tashabbus g'oyasidan boshlanadi. Ishonchli muloqot uch muhim tayanch asosida quriladi. Bular muammo, uning yechimi va taklifdir (g’oyaning rasmiy va norasmiy taqdimoti). 

Odatda suhbatdoshingizga muammoning kelib chiqishini aniq qilib tushuntira olsangiz va bu muammoga sizning ijtimoiy g'oyangizni yechim bo'lishini yetkaza olsangiz, ularda suhbatingizga qiziqish uyg'otasiz. Ayni paytda muammoning yechimi uchun takliflarni (ya'ni qilinishi kerak bo'lgan bir necha xil chora-tadbirlarni) keltira olsangiz, suhbatdoshingiz tashabbusingizda ishtirok etishga samimiy qiziqib qoladi. Bu bilan suhbatdoshingizga muammoni amaliyotga tatbiq qilish yo'lini ko'rsatgan bo'lasiz.

Maktabimiz internet sahifasining ushbu bo'limida sizning e'iboringizga kurslarimiz qatnashchilari tomonidan tayorlangan bir necha ishonchli muloqot namunalarini taqdim etamiz:

Feruza

Muammo: mehr va e'tiborga muhtoj insonlarga bag'ishlangan veb-sayt mavjud emas   

Yechimi: barcha mehribonlik uylari haqida ma'lumot yig'ib, umumiy axborot veb-saytini yaratish

Manfaatdorlar: mehr va e'tiborga muhtoj insonlarga yordam berishga tayor aholi, hududda joylashgan mehribonlik uylari, yetim va nogiron bolalar.

 

Shahnoza

Muammo: xonadonlar tomonidan elektr quvvatining tanqisligini sezish

Yechimi: muqobil energiya manbalari (quyosh panellari) orqali muammoni hal qilish

Manfaatdor: mahalla/jamoa aholisi

Umidjon

Muammo: axlat va chiqindilarning aholi sog'ligiga bo'lgan zarari

Yechimi: axlat qutilarini ishlab chiqaradigan korxonani tashkil qilish

Manfaatdor: mahallamiz va shahrimiz odamlari va bolalari; ishsiz yurgan fuqarolar

Zebiniso

Muammo: mahallada suzish havzasining mavjud emasligi

Yechimi: qarovsiz, tashlandiq joyni hashar yo'li bilan ajoyib suzish maskaniga aylantirish

Manfaatdorlar: mahalla aholisi, yosh bolalar va ularning ota-onalari

Xurlixan

Muammo: yaqin atrofda bolalar bog'chasi yoki maktabga tayyorlaydigan to'garaklarning mavjud emasligi

Yechimi: mahallada bolalar uchun til o’rgatish markazini ochish

Manfaatdorlar: mahalla aholisi, yosh bolalar va ularning ota-onalari

Izohlar

Diora's picture
Feruza Tojiyevaning ijtimoiy loyihasi juda dolzarb ekan. Uning amalga oshgan oshmaganligi haqida qiziqib qoldim. U hatga qanday javob kelgan? Menimcha hostingni boshqa tashkilotlardan ham olish mumkin. Boshqa muassasalarga ham hat yozilganmi?Veb sayt albatta yaratilishi lozim!!!
Firuza_angel's picture
Diora menning g'oyam yoqqanidan hursandman. Bu xat bizning uyga vazifamiz edi. Sizlar uchun na'muna vo'lganidan hursandman. Bu g'ota hozirda amalga tadbiq qilinmay turibdi ba'zi sabablarga ko'ra. Hosting masalasiga kelsak hamkor bo'lib sahar maktabining o'zi taklifga javob yo'llagan :-).