Kurs ishtirokchilarimizdan biri Oybek Qosimov o'zining quyosh energiyasi loyihasi haqida so'zlaydi


Tanishing, Sahar maktabining eng faol ishtirokchilaridan biri Oybek Qosimov. Biz Oybek bilan yaqinda suhbat o'tkazdik. Oybek o'zi yashaydigan jamiyat ehtiyojlarini yaqindan kuzatib, unga innovatsion yechim topishga harakat qilgan yosh ijtimoiy yetakchidir. U tabiyatni asrash maqsadida va energiyaga bo'lgan ehtiyojga yechim topich uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda turli ixtirolarni yaratishga qiziqadi. Uning quyosh energiyasi yordamida har bir xonadonlarda issiqlik manbaini yaratish g'oyasi aynan jamiyatdagi ehtiyojlar asosida kelib chiqqan. Oybek kuzatuvlari natijasida shuni ta’kidlaydiki:

“Ko'p joylarda gaz tanqisligi tufayli ko'p xonadonlar issiqlik manbai sifatida o'tin, propan va elektr plitalardan foydalanishadi; agar har bir xonandonda shu loyiha amalga oshirilsa, elektr va gaz kabi manbalardan foydalanish 40% gacha tejaladi va bundan tashqari ekologiya zaharlanishi ham kamayadi”.

Butun jamiyat manfaati uchun xizmat qiladigan ushbu ijtimoiy tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish uchun kishida yetarli bilim va tajriba talab qiladi. “Sahar” maktabi kurslarining maqsadi aynan shunday jonkuyar ijtimoiy liderlar uchun loyihalarini amalga oshirish bo'yicha ko'rsatmalar berish. “Sahar” kurslarining loyihani amalga oshirishidagi roli haqida so'raganimizda, Oybek shunday javob berdi:

“2013-yilda bu loyihamni amalga oshirishga rosa urindim, ammo loyihamni moliyalashtirish bo'yicha yetarli ko'nikmaga ega bo'lmaganim sababli g'oyam jonsizlandi. Hozirda esa “Sahar” maktab kurslari shu g'oyamni amalga oshirishda yaqindan yordam berib kelmoqda. Menda g'oyalar ko'p, ammo uni qaysi reja orqali xatolarsiz amalga oshirishni bilmas edim. Maktab kurslari orqali kelajakda uchrashi mumkin bo'lgan ko'p xatolarimni ko'ra oldim va ularga oldindan yechim topishga muvaffaq bo'ldim. Endi kurslardan olayotgan bilim va tajribam asosida shu loyihamni 2014-yilda amalga oshirishimga ishonchim komil.”

Jamiyatimizning ravnaqi har birimizning o'zimiz istiqomat qiladigan mahallada kichik bir ijtimoiy loyihani amalga oshirish va shu yo'l bilan butun jamiyat yuksalishiga hissa qo'shishimizga bog'liqdir. Zero, ushbu qiladigan har bir tadbirlarimiz nafaqat o'zimizning, balki kelajak avlodlarimiz manfaatlari yo'lida xizmat qiladi. Shu kabi loyiha ustida faoliyat olib borayotgan Oybek xulosa qilib shunday dedi:

“Biz tabiatni kelajak avloddan qarzga olganmiz. Uni tozaligicha qaytarishimiz lozim (Aleksey Voykov, global ekologik fond kichik grantlar dasturi rahbari). Agar qilayotgan ishimiz ekologiyani zaharlamay, jamiyatga foyda keltirayotgan bo'lsa, demak biz oliy maqsadimiz sari olg'a qadam tashlayapmiz deb o'ylayman.”

Oybek YouTube sahifalari orqali o'z ixtirolari va qiziqishlar bilan o'rtoqlashib kelmoqda. Uning quyidagi videolavhasi aynan quyosh energiyasini ishlatish bilan bog'liq.

 

“Sahar” maktab ma’muriyati Oybek Qosimovga intervyuda qatnashgani uchun chuqur minnatdorchiligini bildririb, kelgusi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Izohlar

Kamronbek's picture
qoyil
Olovuddin's picture
Ajoyib
bobirjon's picture
loyiha ajoyib sizga omad
Firuza_angel's picture
Oybek Qosimov g'oya yaxwi. Lekin bir muammosi ham bor. Bizga ma'lumki bu kabi texnologiyalarga moliyaviy tomondan hamma ham ega bo'la olmaydi. Asosiy ehtiyoj qishloq aholisi doirasida. Bu borada qanday fikr bera olasiz.