Kimdan oladilaru, kimga sotadilar?

Erkin Pardaev
3.5
O’rtacha: 3.5 (4 ovozlar)

Oddiygina barmog’ingizga tikon kirsa qanchalik og’riydi. Agar uni vaqtida olib tashlamasangiz, yiringlab bora-bora qo’lingizdan ham ajrab qolishingiz hech gap emas. Vaqtida bajarilmagan ish ham jiddiy muammoga sabab bo’lishi turgan gap.

Shokir aka maktabda o’qituvchilikning orqasidan halol non topib, o’zgalar noniga ko’z olaytirmagan kishilardan biri hisoblanadi. O’zi o’rta ma’lumotli, oilasida ham bazur qora qozon qaynab turibdi. Hayotni qarangki “kambag’alni tuyaning ustida ham it qopadi” deganlari rost ekan. Surpa qoqdi o’g’lining anchadan beri mazzasi yo’q. Doktorlar tekshirib ko’rib, bu kasallikni bu yerda davolab bo’lmastligini, agar o’g’lining hayoti kerak bo’lsa chet elga olib borishi kerakligini maslahat berishdi. Ko’plab mashaqqatlar bilan pul to’pladi, ko’p kishidan qarz bo’ldi. Chet elda dollar kursida muomala qilinishini bilib, pullarni dollarga aylantirish uchun bankga yo’l oldi. Shokir aka bankdagi ahvolni ko’rib qayg’uga botishdan boshqa iloj topmadi. Bank xodimi pullarni dollar kursida olib kelsagina boshqa davlatga yuborishi mumkinligini aytib o’tdi. Ammo bankda so’mni dollar qilish imkoni yo’qligini baralla gapirdi. Qayerga borib almashtirishi mumkinligini so’raganda esa “qora bozorga boring” deya tavsiyalar berishdi. “Qora bozor”ga yetganda ko’chaning o’ng tarafida joylashgan “AVIAKASSA” yozuviga ko’zi tushdi. Aviakassaga kirib bilet narxlarini so’radi. Bilet narxlarini ham ko’zoynak taqib olgan qiz dollar kursida aytardi. “So’m pul to’lasa ham bo’ladimi” – deya Shokir aka so’radi. “Mayli, faqat qora bozor narxida qabul qilamiz” – dedi ko’zoynakli qiz. Shokir aka Aviakassadan chiqib “qora bozor”ga yo’l oldi. “Dollar, rossiskiy”, “keling aka qancha bor” deb, oldilarida setka setka pul ko’targan kishilar qarshisiga kelib to’xtadi. “Qancha bo’ldi kurs aka?” – deya Shokir aka so’radi. Naq davlat kursidan bir yarim barobar ziyod narxni aytishdi. Ularning gapini eshitib, davlat kursidan xabari bor, davlat kursida to’lasagina pullari yetishini mumkinligini o’ylab Shokir akaning hafsalasi pir bo’ldi. Pullar yetmastligini bilib yana qishloqqa qaytib ketdi.

Mustaqillikga erishganimizga mana 25 yil bo’ldi. Bu davr ichida bir inson yetib ulg’aydi. Katta hayotga moslashib, o’z kasbi va hayot yo’lini aniq belgilab oldi.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning chek-chegarasi yo’q. Ammo shunday bo’lsada ba’zi bir ishlarimiz tartibga solinmasdan, o’z yechimini topmasdan, qonuniy ijrosi aniq bajarilmasdan, xalq tili bilan aytganda “yopiq qozon, yopiqligicha qolib ketmoqda”. Respublikamizda tashkil etilgan banklarning birortasida valyuta almashtirish tizimi yaxshi yo’lga qo’yilmagan. Yaxshi yo’lga qo’yilganda “qora bozor” degan tushinchaga aslo o’rin qolmagan bo’lar edi. Darhaqiqat, bugungi kunda aviakkassalardagi biletlar dollar kursida sotiladi, banklardan chetga pul yubormoqchi bo’lsangiz davlat kursi belgilangan bo’lsada, pullarni dollar qilib kelishingiz so’raladi. Mashina yoki boshqa narsaga buyurtma bermoqchi bo’lsangiz ham dollar olib kelishingiz kerak. Sababi dollar kursida belgilangan, dollar olib borsangizgina qabul qilishadi. Biz dollar olib borishimiz uchun dollarni qayerdan olamiz? Axir biz dollar ishlab chiqariladigan Amerika emastmizku! Hamma yerda dollar so’ralgandan so’ng “qora bozor”ga bormasdan ilojimiz qancha? Agar banklarimizda pul almashtirish tizimi yaxshi yo’lga qo’yilsa “qora bozor” tushunchasiga yo’l bo’lsin?! Bir o’ylab ko’raylikchi, banklarimizda so’mni xalqaro valyutalarga almashtirish tizimi yaxshi ishlasa, xohlagancha so’mni boshqa valyutaga almashtira olsak, boshqa valyuta pulini o’z so’mimizga almashtira olsak, “qora bozor”ni kim ochardiyu, “qora bozor”ga kim borardi? “Qora bozordagilar” banklarning yaxshi ishlamastligidan unumli foydalanishmoqda xolos. Banklar ular qilaydigan ishni o’z qo’llariga olganlaridan so’ng esa, ular valyutani kimdan oladilaru, kimga sotadilar?

Izohlar

Bakhtiyor Sheraliev's picture
3

Men hayotda bitta narsaga amal qilaman, yechimi mening imkon darajamga bog'liq muammolar borasida bosh qotiraman, imkonim bo'lmasa qimmatli vaqtim va energiyamni tejashni ma'qul ko'raman. Siz blogda aytib o'tgan holat hech qaysi bir fuqaroga bog'liq emasligini o'zingiz ham bilsangiz kerak. Bu ishni davlat qiladi, mamlakatda banklar nazoratini davlat olib borgani uchun shaxsan mening qo'limdan bu muammoni to'g'irlash kelmaydi, sizning qo'lingizdan ham, bu blogni o'qiydiganlarning qo'lidan ham kelmaydi. Mustaqil bo'lganimizga chorak asr bo'lsa hamki bu muammo hanuz bizda mavjud ekan, demak bu borada isloh qilishimiz kerak bo'lgan masalalar mavjud. Bu borada ko'p gapirishimga hojat yo'q.
Keyin hikoyangiz ishonarsiz chiqibdi, birinchidan qanday qilib maktabda o'rta ma'lumotli odam o'qituvchilik qilib yuribdi, ikkinchidan, menimcha u odam qora bozor narxidagi dollarni bilmasa O'zbekistonlik bo'lmasa kerak, bizda hech kim davlat kursiga binoan dollarni hisob kitob qilmaydi, uchinchidan aviakassalarga tuhmat qilibsiz, bu borada avval tekshirib keyin yozsangiz bo'lar edi. Ushbu sabablarga ko'ra to'rt ball qo'ymoqchi edim, lekin fikrimcha blog finalga mos ravishda puxta va pishiq tayyorlanmabdi, shu bois ham uch ball qo'ydim. Va albatta ta'kidlashim lozimki, bu mening subyektiv fikrim.

Bahodir Mahmudov's picture
4

Shokolad muammoni ko'taribsiz-u, lekin shirin qilib "ichvorolmabsiz"-da...
Menga yoqdi blogingiz. Aynqisa, bizdan dollar talab qilishadi, lekin biz kotta xolamiznikidan olamizmi degan joyingiz))

Sarvar's picture
4

тўла ўқимадим лекин изохлардан уже тушиндим.

Shida's picture
3

Shu valyuta va monetar muammolarni gapirganda osongina bankni aybdor qilishni o‘rganib olishganda odamlarimiz, banklarda vayluta ayirboshlash muammo , bunga sabab bitta - valyuta yetarli emas. Endi o‘ziz aytingchi, qaysi O‘zb.fuqarosi to‘plagan pulini ko‘rpani ostidamas, bankda saqlaydi, harid paytida chek so‘rab, sotuvchini hunobini oshirishga kimni toqati bor, plastik obnalichka qilmasdan 100%ishlatadigan mard bormi? Bunday fuqarolar 10%ni ham tashkil qilmaydi,shunday ekan bunday muammolar yechimsiz qolaveradi...

Bakhtiyor Sheraliev's picture
0

Hay hay, bu borada fuqarolarimiz ayblamang, aslo bunday qilmang, iltimos!!! Naqd pul muammosi borligiga bank tizimi AYBDOR, chunki pulini bankka naqd topshirgan qaysi tadbirkor yoki odam yana naqd qilib olmoqda, bunday narsa yo'q. Banklar avval mijozlarning ishonchini oqlasin, ishonchini oqlay olmas ekan sizning davolaringiz kechirasizu bir pul! Men bank deganda bitta narsani tushunaman, men bankdan mijoz sifatida foydalandimmi, demak u mening xizmatimda bo'lishi kerak, pulimni istagan vaqtda istagancha tasarruf etishimga imkon berishi emas, balki menga qulayliklar tug'dirishi lozim. Pulimni barchasini qaytarib olaman degan vaqtda muammosiz menga ularning barchasini qaytarib berishi kerak. Siz shunday bank bizda bor deb o'ylaysizmi?

Shida's picture
0

Sizga oddiygina qilib tushuntiraman: tadbirkor kelib bankka naqd pul topshirdi, orqasidan pensioner keldi, hech bo‘lmasa yarmini naqd qilib ber deb. Bank plastikni naqdlashtirdi, pensioner pulni olib bankka "qaytib kirmaydigan qilib" sarfladi. Bu yerda kim aybdor? Bank osongina moneta emissiya qilishi mn, pullar tovar bn ta‘minlanmay, oqibatda inflyatsiya kuchayaveradi.