Kevin Surace tabiatga zarar keltirmaydigan gipsli karton ixtiro qildi.

Kevin Surace ishlab chiqarish va binolarimiz qurilishi sababli chiqaytogan ulkan miqdordagi karbonat izlarini kamaytirish uchun asosiy qurilish ashyolari, masalan, hammaga ma’lum panel kabilar haqida qayta o‘ylashimizni taklif qiladi. Quyida yuqoridagi videoning O‘zbek tilidagi matni berilgan. Matn Gulnoza Yakubova tomonidan tarjima qilingan.

Kevina Surace ishlab chiqarish va binolarimiz qurilishi sababli chiqaytogan ulkan miqdordagi karbonat izlarini kamaytirish uchun asosiy qurilish ashyolari, masalan, hammaga ma’lum panel kabilar haqida qayta o‘ylashimizni taklif qiladi.

Iqlimga nima bo‘lyapdi? Ahvol Ishonib bo‘lmaydigan darajada yomon. Bu, aniq, Arktikaning hozirgi mashhur ko‘rinishi, bu ko‘rinish, ehtimol, bu holatda keyingi uch, to‘rt yoki besh yillarda yo‘qoladi. Juda, juda, juda qo‘rqinchli.

Hammamiz nima qila olishimizni o‘ylaymiz. CO2 ning dunyo bo‘yicha manbalariga e’tibor bersangiz, 52 foizi binolarga bog‘langan. Shunisi qiziqarliki, faqatgina to‘qqiz foizi mashinalardir. Biz sushi barga boramiz. O‘sha sushi barda hayolimizga bir ajoyib fikr keladi. Bu esa EcoRock ( EkoTosh) deb nomlangan narsadir. Aytganimizdek, biz 115 yoshli gipsli kartonni ishlab chiqarishimiz mumkin. Bu esa yiliga 9 million tonna CO2 ishlab chiqaradi. Bu katta g‘oya edi. Biz buni 20 foizga kamaytirmoqchi edik. Va ayni bu ishni bajardik.

2006 yilda R&D (ilmiy izlanish va rivojlanish) ni boshladik. Sement va po‘lat ishlab chiqarilishidan bo‘lgan qayta ishlov berilgan mahsulotdan foydalanishga qaror qildik. Bu laboratoriyamizning ichki qismi. Buni avvallari ko‘rsatmagandik. Buni to‘g‘ri bajarib maqsadimizga erishish uchun, bizning odamlarimiz 5000 turli aralashmalarni qilishga to‘g‘ri keldi. Ular juda, juda ham tirishqoqlik bilan ishladilar. Hullas, biz Xitoydagi ishlab chiqarish tarmog‘imizni qurdik. Afsuski, bu ishlab chiqarish asbobini AQShda bundan buyon qurmaymiz.

Yozda esa liniyani o‘rnatdik. Biz ayni mana bu yerda hech narsasiz ish boshladik. Umuman gipsdan foydalanmgan holda ishlangan juda yangi gipsli karton liniyasini birinchi marta ko‘rib turibsiz. Ana u tugallangan ishlab chiqarish tarmog‘i. Birinchi panelimizni uchinchi dekabrda oldik. Qog‘ozga quyulayotgan narsa quyuq qorishmadir. Mana bu esa, ishlayotgan tarmoq. Shunisi ajablanarliki, odamlarni yuziga qaranglar. Bu odamlar bu proektda ikki-uch yildan beri ishlagan. Ular juda ham hayajonlangan. Shu tarmoqning birinchi kartoni. Ishlab chiqarish bo‘yicha Vise Prezidentimiz kartonni o‘payapdi. Juda ham hayajonlangan.

Lekin bu atrof muhitga ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Biz birinchi panelga bir necha hafta keyin imzo qo‘ydik, ajoyib imzo qo‘yish tadbirini o‘tkazdik. Bu mahsulotlarni dunyo bo‘yicha odamlar ishlatadi deb umid qilamiz. Beshikdan to beshikkacha oltin deganni shu narsaga qo‘ydik. Yaqinda, biz "Gipsli Kartonni Qayta Ixtiro" qilganimiz uchun Mashhur Ilm-Fan jurnalidan Yilning Yashil Mahsuloti sovrinini yutib oldik. Rahmat. Rahmat. Biz mana buni o‘rgandik. Bir uyni qurishga 8000 gallon (1 gallon - 3.79 litr) yoqilg‘iga teng bo‘lgan energiya ketadi. Ehtimol, siz bilmagandirsiz. Bu huddi dunyoning atrofidan sakkiz marta mashina haydagandek.

Biz hamma narsani o‘zgartirishimiz shart. Xonaga qarang, stullar, yog‘och. Atrofimizdagi hamma narsa o‘zgarishi kerak, aks holda bu muammoni yecholmaymiz. Bu ishni bajara olmaysan deganlarni tinglamang, chunki buni hamma bajara oladi. Ish yo‘qotilishlarini esa, atrof muhitni saqalaydigan ishlar bilan tuzatamiz. Bizning to‘rtta zavodimiz bor. Buni davlat bo‘ylab quryapmiz. Iloji boricha tez harakat qilyapmiz. Gipsning qiymatiga teng bo‘lgan ikki yarim million mashinalar CO2 ni chiqaradi. To‘g‘rimi? Ho‘p, siz nima qilasiz? Men nima qilishimni va nima uchunligini aytaman. Bilaman, mening vaqtim tugadi.

Bular mening farzandlarim, Natalie va David. Bularning farzandlari bo‘lganida, 2050 yilda, ular buvasiga qarab, aytadilar, "Siz juda yaxshi nishonga oldingiz. Siz guruhingiz bilan qo‘lingizdan kelganini bajardingiz." Umidim, TED dan ketganidinglarda, ilojingiz boricha, karbon izlarini kamaytirishni o‘ylaysiz. Agar buni qanday amalga oshirishni bilmasangiz, iltimos, meni toping. Men sizga yordam beraman.

So‘ngi, lekin muhimi, Bill Gates, siz Windowsni ixtiro qildingiz. Kuting, ehtimol kelasi yili ko‘rarsiz, biz qanday derazalar ixtiro qilganlgimizni.

Katta rahmat.