Jim turing, shovqinlanmang...

Bahodir Mahmudov
4.846155
O’rtacha: 4.8 (26 ovozlar)

-         Nega bolamni urasan, nima haqqing bor edi, men bolamni sen urishing uchun jo’natyapmanmi?

-         Opajon, iltimos, sekinroq gapiring, bu yer maktab,  sinf xonalarida dars bo’lyapti, axir.

-         E, o’rgildim bunaqa maktabingdan. Kelib-kelib meni bolamni urasanmi, boshqa odam qurib qolganmidi?

-         Axir farzandingiz sho’x bo’lsa, meni sinfdoshlari orasida masxara qilsa, nima qilishim mumkin? Yaxshi gapirib ko’rdim, bo’lmadi, yomon gapirib ko’rdim, bo’lmadi. Farzandingiz o’zi majbur qildi meni shunday qilishga. Ayol kishi bo’lib shunchalik qattiq ura olamanmi bolangizni, opa. Qilgan aybi uchun jazo sifatida…?

-         Hooo, jazomish, e, o’rgildim, seni jazoyingdan, sen kim bo’libsanki, meni o’glimni jazolaysan? Mana ko’rasan, shu qilganingga ham ishdan haydatmasammi, seni. Ha, sen hali meni sovunimga kir yuvmabsan. Ko’rasan hali. Hey, direktorini xonasini ko’rsat menga…

(Eshik oldida uyatdan qizargan o’qituvchi-yu, o’sha o’qituvchi ustidan “g’olib” bo’lgan o’quvchi qoldi)

Bu holatning qayerda, qay yo’sinda sodir bo’layotgani ko’z oldingizga keldi, menimcha. O’qituvchining o’quvchi beodobligiga nisbatan bergan jazosi uchun ota yoki ona o’sha o’qituvchini ishidan haydatmoqchi, o’zining sovuniga kir yuvdirmoqchi. Ushbu holatda kim haq? O’quvchining o’qishga, bilim olishga bo’lgan qiziqizishini oshirishni istab, unga nisbatan intizomiy jazo qo’llagan ustozimi yoki o’ziga o’qituvchi faqat darsini o’tsin, tarbiyani o’zim berib olaman qabilida shiorni maqsad qilib olgan ota-onalarmi yoki quloqsiz, onasining “ovozi”, otasining “qo’li” hamma joyga yetishini biladigan o’quvchimi? Tabiiyki, bu savolga barchamiz turlicha javob berishimiz aniq.

Xo’sh, bugungi kunda ta’lim sohasida jazolash uslubi bilan o’qitishning yaxshi tomonlari qanday? Unga ota-onalarning munosabati qay darajada? O’qituvchi qanday sifatlarga ega bo’lsa, o’z o’quvchilarida komil inson bo’lib yetishishiga moyillik uyg’ota oladi? Men ushbu blogpostimda ta’lim jarayonida jazolash uslubining foydali tomonlarini ko’ra olgan yosh pedagogning fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashmoqchiman. Albatta, bu fikrlar jamlanmasi shaxsiy va obyektiv bo’lib, sizning qarashlaringizga to’g’ri kelmasligi mumkin.

Ingliz tili fani o’qituvchisi bo’lganim sababli, o’z ustimda ishlash hamda malakamni oshirish niyatida ko’proq kinofilmlarni asl variantida ya’ni inglizchada ko’rishni afzal ko’raman. Har bir ingliz tili o’qituvchisi ko’rishi kerak bo’lgan bitta film bor: “The Ron Clark Story” (“Ron Klark qissasi”).

Film hayotiy voqelikka asoslangan bo’lib,  uning ssenariysi kichik shaharchadan Nyu-Yorkka ko’chib borgan va axloqiy holati juda yomon bo’lgan sinfni qabul qilib, uzoq mashaqqat va zahmatdan so’ng, o’sha sinfni maktabning eng yaxshi sinfiga aylantira olgan oddiy o’qituvchi haqida hikoya qiladi. 

 

Ushbu kinokartinani talabalik paytimda ilk bor ko’rganimda men ham o’qituvchi bo’lsam o’z o’quvchilarimga nisbatan  mana shunday mehribon uztoz bo’laman deb niyat qilgandim. Vaqti kelib, mana pedagog bo’ldim. O’z kasbimni sevaman, lekin shuni anglab yetdimki, qattiqqo’llik, talabchanlik bugungi kun pedagogikasining ajralmas qismi ekan. Buni esa o’z tajribamda amalga oshgan misollar bilan tasdiqlayman. 

Birinchi misol

Kasbiy faoliyatimni boshlashim bilanoq, 5-“B”sinf rahbarligi topshirildi. Endigina 11-12 yashar o’quvchilar uchun sal kattaroq bo’lgan ustozning sinf rahbari bo’lishi ular uchun quvonchli hol albatta. O’quvchilarim bilan chiqishib ketdik. Iloji boricha yosh murg’ak qalbida qo’pol inson sifatida o’rin olmaslik uchun ularga xushmuomalalik bilan murojaat qildim. Ozgina fursat o’tgach, o’quvchilarimning “erkalik”lari ko’paya boshladi. Hatto, ularning ba’zilariga shirin gaplar ham “reaksiya” ko’rsatmay qo’ydi. Kamina esa “yangi niqob” kiyishga majbur bo’ldim. Ularning mehribon, har doim kulib gapiradigan uztozi endi jahldor, qattiqqo’l murabbiyga aylangan edi. Hartugul, uslubim foyda berdi. Sinfdagi beboshliklar, yomon ishlar ro’yxati yana kamayib, asl holatiga qaytmoqda.

Ikkinchi misol

Asosan yuqori sinflar(8-9-)da dars o’tishim sababli, o’smirlar bilan ko’proq muloqotda bo’lishga to’gri keladi. Ish faoliyatimning dastlabki kunlarida, dars o’tadigan sinfdagi uy vazifasini tayyorlamay kelgan o’gil bolalarni doskaga chiqishini so’radim. Deyarli barchasi qarshimda terilishdi. Ular hozir o’smirlik davrida. Shu sababli urgan bitta shapalog’im ham ularning psixologiyasiga keskin ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun hammasiga 50 tadan yotgan holda qo’llarni bukish mashqi (otjimaniya)ni bajarishni buyurdim. Sport bilan shug’ullanib yurganlari 50 ta mashqni birpasda bajardi, qolganlari qiynalib, chiranib bajardi. Ertasi kuni kechagi qiynalganlar ham vazifani bajarib, qahramon-sportchilarimiz esa yana qarshimda terilishdi. Bu safar esa 100 marta otjimaniya bajarashini aytdim. Qiynalib bo’lsa-da bajarishdi. Uchinchi martaga bajarmaganlaridan ikkitasi qoldi. Ularga bu safar mashqlar soni yana 50 taga ko’payishini aytganimda, ko’zlari kosasidan chiqib ketay dedi. Axiyri ular ham vazifa qilib kelishga “odatlanishdi”.  Chunki, vazifa qilmay qizlar oldida sharmanda bo’lgandan ko’ra, tinchroq yo’li topshiriqni bajarishdir.

Uchinchi misol.

Bir hamkasbim dars davomida tayyorgarlik ko’rmay kelgani uchun o’quvchiga “2” qo’ygan. Ertasiga esa o’quvchining onasi maktabga kelib, o’qituvchining bo’ynidan olgan. Ayblov o’sha-o’sha: “Nega mening bolamga “2” qo’yding?”

Ho’sh aziz ota-onalar, bir oz vaqtingizni ajratib quyidagi savollarga mushohada bilan javob berib ko’ringchi:

-   Qachondan boshlab o’qituvchining o’quvchiga “2” qo’yishga haqqi bo’lmay qoldi?

-  Qachondan boshlab ota-onalar o’z farzandlarining tarbiyasi buzilishida, o’zidan kattalarni pisanda qilmaydigan bo’pqolishlarida o’qituvchilarni aybdor ko’rishadigan bo’lib qolishdi?

- Mayli, ayb o’qituvchida ham deylik, lekin to’g’ri tarbiya berishga harakat qilayotgan ustozning yo’liga siz qachondan boshlab to’sqinlik qilishni xohlab qoldingiz? 

-  Farzandingizni intizomli bo’lishi uchun, unga jazo sifatida pol yuvdirgani yoki burchakka turg’izib qo’ygani uchun janjal qilib kelishga bo’lgan “jasorat”ni qayerdan olyapsiz? Iloji bo’lsa, bizga ham o’rgating…

-  Sizning bu ishingizdan farzandingiz o’zi uchun kerakli bo’lgan xulosani to’gri chiqaryapti deb ayta olasizmi?

- Tarbiya beraman deb, o’quvchisining otasidan, amakisidan so’kish eshitib, dakki yegan o’qituvchi e bor-e, … (nega) kerak menga bu kasb deb ta’lim sohasidan chiqib ketsa, farzandingiz tarbiyasi muloyim, hamma narsaga qo’yib beradigan o’qituvchilarga qolayotgani sizni umuman bezovta qilmayaptimi?

-  Bugungi avlodning sal beboshroq, kerak bo’lsa o’zingizning ham ko’zingizga tik boqib gap qaytarib turaveradigan bo’pqolishida hamma aybni o’qituvchisiga, maktabda yaxshi tarbiya berilmayotganiga to’nkab charchamayapsizmi?

Ushbu savollarning qaysi birigadir to’laqonli javob berishga qiynalayotgan bo’lsangiz demak, siz farzandingiz o’qituvchilari bilan do’st emassiz, tan oling, ularni tanimasangiz ham kerak.

Ko’pchilik o’z fanini chuqur bilmagan, bolani aldab o’qitishni bilmaydigan ustoz qattiqqo’llik bilan o’z kamchiligini berkitadi deb o’ylashadi. Aslida ham shundaymi? Faoliyatim davomida o’quvchilarning iqtidorlilarini, o’z ustida ishlayotganlarini mukofotlab kelishga harakat qilaman. Qoidaga ko’ra, hafta davomida o’quvchilarimdan qaysi biri 20 tadan ko’proq na’munali baho oladigan bo’lsa, ularga turli xil sovg’alar berib, o’z ustida yanada ishlashga undayman. Sovg’alarim esa, kitob yoki o’quv qurollaridan iborat. Ochig’i, muammo sovg’a ulashib, ularni taqdirlash bilangina hal bo’lmaydi. Muammoning asl mohiyati, ota-onalarning o’zida. Bolalarimizni yoshligidanoq erkatoy, aytganini qildiradigan qilib tarbiyalab qo’yyapmiz. Natijada, bola maktab bosqichida o’z ustozining aytganini qilish tugul, quloq ham solmaydigan bo’lib qolyapti. Ota-onalar maktabga faqat ota-onalar majlisida har chorakda bir marta qatnashib, pul yig’ib-berib ketadigan paytdagina kelish kerak degan fikrni o’z oldilariga qo’yib qo’yishgan. O’qituvchi bilan doimiy aloqada bo’lib, farzandining o’qishi, xulqi to’g’risida suhbatlashib turadigan ota-onalarimiz judayam kam. Shunday ekan, ming yillardan beri avloddan avlodga o’tib kelayotgan qadriyatlarimiz, udumlarimiz asosida tarbiya berish qo’lingizdan kelmayaptimi, yosh o’quvchiga tarbiya berishga harakat qilayotgan biz o’qituvchilarga halaqit bermang, shunchaki jim turing… Shovqinlanmang…

Izohlar

Gulnigor Halimova's picture
5

Bugungi kunda dolzarb mavzu ga aylangan hayotiy voqea yetarli dalillar va misollar bn asoslab berilgan. Muallifga qoil! :)

Feruzbek Fozilbekov's picture
5

Tahsinga loyiq fikrlar!! Omad!

Boburbek Azizbekov's picture
5

RON CLARK Haqidayam yozibsiz! Maqola menga yoqdi. Fikrlar ham asosli..

Boburbek Azizbekov's picture
5

RON CLARK Haqidayam yozibsiz! Maqola menga yoqdi. Fikrlar ham asosli..

Mushtariybegim's picture
5

Muallif juda ham ahamiyatga ega muammoni o'rtaga tashlabti.. afsuski bu qusurlar barcha maktablarda avjiga chiqqan.

Nilufar Halimova's picture
5

Ta'limdagi achchiq haqiqatlar..

Isroil Tillaboyev's picture
5

Malades Bahodirjon!

O'qituvchining oldiga bolamdi uribsan deb tupolon qib keladigan ota onalarni kimligiga e'tibor berganmisiz? ular asosan 30-45 yoshlardagi ota onalar, aynan ularning o'zlari maktabda ustozlarini shapaloqlaridan yiqilib uchib tushib bitirgan aslida, uyga kelib ota onalarlariga aytsa yana bir chirpirak bo'lib kaltak yegan "kaltakxo'r"lar. Hozirda maktablarda bolani oldingidek uradigan erkak yoki ayol o'qituvchilar yo'q, ursa ham yosh go'dakni silagandek qulini tekkizib qo'yadi, chunki ular ana shunday ota onalardan zerikkan, tinchlik istaydi hamma. Tajribamiz davomida aynan o'sha ota onasi to'polon qilib kelgan bolani kelajakda nimani do'ndirib qo'yayotganini ko'rib yuribmiz, siz ham ko'rasiz...

Zulayho's picture
5

Men ham yuqoridagi izohga yuz foiz qo'shilgan holda muallifga omad tilab qolaman kelajakdagi faoliyatlaiga.

Azizbek Kamolov's picture
5

Bir shapaloq urding deb urmagan o'qituvchini sudga berganlariyam bor bu "g'uruliii'' ta-onalarimiz ham topiladi.. :(

Asror Aliqulov's picture
5

Ha,judayam k.kli mavzu haqida fikr yuritilgan. Bugungi o'quvchilar.. o'qituvchiga shunaqa deydi.. jim turing,xalal bervos emish.. bunga kim sabab..ko'p hollarda ota-ona!!

Nodira Karimova's picture
0

Man hali o'qituvchi emasman.. ammo.. Universitet talabasiga ingliz tilini o'rgatish uchun ham ona tilini ham tarix,geografiya va boshqa fanlarni o'rgatishga to'g'ri kelyapti.. hatto Londonni qaysi davlatda ekanini bilmaydigan inson inliz tili va adabiyoti kafedrasining talabasi.. u qanday erishdi talabalikka??!! Ortida himoyachilari bor tili bir qarich maktab o'quvchisidan chiqadi bunaqa talaba ham

Ehh.. o'qituvchilarga osonmas...

Mirjalol Tilavov's picture
5

Bahodir og'a, Good luck!! Cross fingers))

Lady Margana's picture
5

Kim u.n dir so'z muhim. Kim u.ndir ko'z muhim. Kimgadir gul madad.. kimgadir pul !! Pul o'lsinaa,pul o'lsiiinnn!! Hammasiga shu aybdor)))

Mubisha mo'mina's picture
5

Qoil))))

Dinara Kamalova's picture
5

BUGUNNING MANZARASI..

Begmatov Navro'zbek's picture
5

"Tajribamiz davomida aynan o'sha ota onasi to'polon qilib kelgan bolani kelajakda nimani do'ndirib qo'yayotganini ko'rib yuribmiz, siz ham ko'rasiz..." Judayam to'g'ri.

Feuza Busichkin's picture
5

Ayblov o’sha-o’sha: “Nega mening bolamga “2” qo’yding?”.. eh.. bukrini go'r tuzatadi. bu illatga barham berib bo'lmaydi.

Davron Aliyev's picture
5

Tahsinga loyiq mulohazalar bayon etilgan.
Muallif o'z tajribasiga ega. Dalil va gaktlar keltirilgan. 100 qo'yish mumkin bo'lsa 100 ball qo'yardim,Makhmudov.

Shamsifdinov Behruz's picture
5

Mavzuga realniy yondashillgan. Qoil.5

Sh's picture
5

отжимание - яхши жазо

Dildora Egamberdiyeva's picture
5

Haqiqatdan ham ota-onalarga biiir o'qitish k.k bo'lgan maqola bo'libti. Zora 'jim turisharmidi'..

Sobirjonova Nasiba's picture
5

Ehhh! Ron Clark day matonat kerak bizga.

G'ayrat Bek's picture
5

Биз хам ургансак буларкан.

Baxtiyor Ahmad's picture
5
Nasima's picture
5

Qoyillll,barakalla

Timonus's picture
1

сарлавҳа атпад

Bahodir Mahmudov's picture
0

Ja usta ekansizda lekin birovning mehnatini yerga urgani. Saharchoolning sizdaqalarni bloklab yubormaganiga hayronman

HappyMan's picture
5

Har safar ta'lim sohasidagi postlarni o'qiganimda taqdir taqozosi bilan 6 yil oldin kollejda bir yil o'qituvcgilik qilganim esimga tushadi. Men ishga qabul qilishganida nisbatan qulay sharoitlar, imkoniyatlar yaratib berishgani uchun ko'pchilik kuzatar edi... Uzoq qolmasligimni bilganim uchun o'zim ham deyarli har hafta yangi usullarni sinab ko'rar edim. Jarayon o'zimga ham qiziq edi. Chunki katta bo'lib katta emas, kichik bo'lib kichik emas holatidagi o'smirlarning qarashlari, fikrlashlari va orzulari juda g'aroyib edi. Guruhimdagilarni ota-onasi bilan gaplashganimdan keyin maqsadi o'zgargan talabalarim esa hech qachon esimdan chiqmasa kerak :-) Rahmat, shunday yoqimli tuyg'ularni eslatganingizga. Ijodga omad. Sizlardan bloger sifatida ancha narsa o'rganayabman...

Bahodir Mahmudov's picture
0

Rahmat aka, blog orqali nimanidir eslata olganimdan xursandman)

Fozilbek's picture
5

Menga ham yoqdi! Yaxshi mavzu ko'tarilgan(y)