Jamoani kuchaytirish yo'llari

Bu maqolada guruhda ahillikni kuchaytirish uchun maslahatlar va qiziqarli mashqlar berilgan.

Aloqani yaxshi yo'lga qo'ying.  Jamoa a’zolari maqsadga erishish uchun ulardan nima kutayotganingizni yaxshi bilsin.

Shaxsiy fazilatlarni rag'batlantiring.  Jamoa a’zolaridan biri loyiha ustida ko'proq ishlasa,  uni butun guruh oldida olqishlang yoki taqdirlang.  Shu tariqa jamoa a’zolari qo'shilgan har bir shaxsiy hissa e’tibordan chetda qolmasligini tushunadi.

Jamoa a’zolarini bir-birlarini ruhiy qo'llab-quvvatlashga undang.  Guruhning ruhini ko'tarishda yetakchi bo'ling.  Boshqalarga ilhom baxsh eting.  To'g'ri ishlayotgan har bir odamni olqishlashga odatlaning.

Jamoadoshlaringiz bilan ishdan boshqa paytlarda ham birga vaqt o'tkazing.  Guruh a’zolari bilan yaqin aloqa o'rnatishning eng yaxshi yo'li ularni shaxsiy darajada yaqindan tanishdir.  Ishdan so'ng jamoa uchun ko'ngilochar uchrashuvlar tashkil eting.  Ularni ba’zan tushlikka taklif etib turing.

G’'yratni oshiruvchi mashq

Maqsad

Istalgan paytda guruh a’zolarining g'ayratini,  kuch-quvvatini oshira bilish

Kerakli jihozlar

Yozish qurollari hamda bir necha varoq toza qog'oz

Sarflanadigan vaqt

10-25 daqiqa

Guruhdagi odamlar soni

5-50gacha odam

 

 

 

 

O'yin qoidasi

• Guruhga yozish qurollari hamda qog'ozlar tarqatiladi.

• Boshqaruvchi bu mashqda ishtirok etmaydi.

• Har bir ishtirokchi qog'ozga qilish kerak bo'lgan qandaydir     kulgili bir fikrni yozadi (masalan,  itga o'xshab hurish).

• Keyin ular yozilgan qog'ozlarni g'ijimlab o'rashadi.

• So'ng boshqaruvchi ularga qog'ozlarni guruh bo'ylab o'zaro tarqatishni buyuradi;  ma’lum vaqt o'tgach, ularni bu ishdan to'xtatadi.

• Shundan so'ng boshqaruvchi istalgan odamni tanlab,  qo'lidagi qog'ozga yozilgan ishni bajarishni so'raydi .

Eslatma

 

O'yinga shunday shart qo'shish mumkin:  Qog'ozga yozilgan ishni bajarayotgan odam kulmasligi kerak.  Agar kulsa,  o'yindan chiqadi.  O'yin faqat ikki kishi,  ya’ni g'oliblar qolguncha davom etadi.

Bir-birini yaxshiroq tanishga o'rgatadigan mashq

 

Maqsad

Ishtirokchilar umumiy va o'ziga xos qiziqish va tajribalarini bir-birlariga so'zlab berish orqali guruh a’zolarini  yaxshiroq tanish imkoniyatiga ega bo'ladi; Bir-birlarini tinglash va o'zaro suhbatlashish jarayonida do'stona muhit yaratiladi.

Qachon va nima uchun

·O'zaro tushunmovchiliklarga barham beradi;

·Jamoa jipsligini kuchaytiradi.

 

 

Mashq tafsilotlari

 

 

 

 

·Jamoa aylana bo’lib o’tiradi.

·Har bir ishtirokchi guruhga o'zi haqida uch narsa aytadi.  Bularning ikkitasi to'g'ri va bittasi yolg'on bo'lishi kerak.  Yolg'on yarim haqiqat emas,  balki yolg'onligi kundek ravshan bir gap bo'lishi kerak.  Masalan,  bitta akasi bor odam,  mening ikkita akam bor,  demasdan,  balki mening 12 ta akam bor,  deb aytishi kerak.

·Hamma bittadan yolg;on aytib bo'lgach,  guruhdagilar qo'lini ko'tarib,  aytilgan uchta gapdan qaysi biri yolg'on ekanini taxmin qiladi.  Boshqaruvchi guruhdagilardan bu gapning yolg'on ekani haqidagi fikrga kimlar qo'shilishini so'raydi.

·Oxirida bu gapni aytgan odamning o'zi qaysi gapi yolg'on ekanini oshkor qiladi.

·Hamma birma-bir gapirib bo'lgach,  eng ko'p odamni alday olgan ishtirokchi yoki ishtirokchlar guruh tomonidan olqishlanadi.

Tavsiyalar

· Ishtirokchilar aytadigan gaplarini qisqaroq qilishi kerak;

· Agar bu o'yin har yili yoki boshqa tadbirlarda ham o'tkaziladigan bo'lsa,  ishtirokchilar o'zlariga oid faktlarni o'zgartirishlari kerak.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Jumboqli o'yin

Bu o'yinda loyiha bo’yicha turli vazifa va maqsadlarga ega tomonlar jam bo'lib,  farqli qarashlardan ta’sirlanish hamda o'z navbatida boshqalarga o'z fikrlarini o'tkaza olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Maqsad

 

Tashkiliy va qaror qabul qilishga oid ishlarda turli mansabdagi ishchilarning ishtirok etishini ta’minlash.

Qachon va nima uchun

•Guruh ichidagi tenglikni e’tirof etish;

•Fikrlar xilma-xilligini yuzaga chiqarish;

•Masalalar bo'yicha umumiy kelishuvga erishish.

Mashq tafsilotlari

 

 

 

 

 

 

 

•Butun guruh stol atrofida yoki aylana bo’lib o'tiradi va mavzuga aloqador muhim masalalarni aniqlaydi (Masalan, eng muhim vazifalarni aniqlash,  maqsadlarni belgilash,  ish joyidagi turli-tumanlik va hokazo).

•So'ng ishtirokchilar umumiy qarashda bo'lgan boshqa qatnashchilar bilan manfaatdor guruhlarni tashkil etadi (Masalan,  ma’muriyat ishchilari bir guruh bo'lsa,  oshxona xizmatchilari alohida guruh bo'ladi yoki menejment xodimlari yana bir guruh tuzadi).

•Birozdan so'ng har xil guruhlarga tegishli odamlar o'zaro aralashib,  jumboqli guruhlarni tuzadi (Masalan,  oshxona ishchisi menejment guruhiga qo'shiladi yoki ma’muriyat guruhi oshxona ishchilari guruhiga qo'shiladi.  Natijada har bir guruhda boshqa guruhlarning vakili bo’'adi).

•Shundan so'ng bu jumboqli guruhlardagi odamlar manfaatdor guruhlarda aniqlangan muhim vazifalar va g'oyalar haqida fikr almashadi.

•Guruhlarda qo'shimcha muzokaralarni davom ettirish ixtiyoriy.

•So'ng barcha qaytadan bir guruh bo'lib,  qilingan ishlar haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

 

Turli qarashdagi ishtirokchilarni yangi sharoitga moslashtirish

 

•Boshqaruvchi turli maqsad va qarashdagi ishtirokchilarga o'zaro hurmatli bo'lish,  kostruktiv fikr bildirish kabi asosiy qoidalarni aniq va to'g'ri tushuntirishi kerak.

•Ishtirokchilar farqli qarashlarga ochiq bo'lishi kerak (Masalan,  menejment guruhi ma’muriyat yoki oshxona ishchilaridan kelgan fikrlarni tinglashi kerak).

 

Izohlar

Oybek's picture
Ha bu o'yinlar menga juda ham yoqdi ularda kuchli mativ bor bularni uz tajribamda sinab ko'rdim tasavvur qilish qiyin judayam zo'r effekt berdi ayniqsa bayram arafasida o'quvchilarimga a'lo kayfiyat yuzaga keldi hatto guruhdagi ayrim hafagarchiliklar ham o'z yechimini topdi buning uchun Sizlarga tashakkur bildiramiz :)
Dilshoda's picture
Ajoyib o`yinlar! Hayotda va karyeramda ulardan samari foydalanishga harakat qilaman.