Hamma to’layabdiku axir…

Erkin Pardaev
4.5
O’rtacha: 4.5 (2 ovozlar)

“Qazisan qartasan, asl naslingga tortasan” deb bejiz aytishmagan ona xalqimiz. Har bir aforizm ayni haqiqat. Qancha urinmaylik o’zimizni tamoman o’zgartira olmaymiz. Bunga yaqqol misol: Sharofat opa idish-tovoqlarni yuvayotib hayolga berilib turgandi. Birdan darvoza signalini kimdir bosdi.

-         “Hozir boryabman” – deya darvozani sekin ochdi. Darvoza tashqarisida bir papka ko’targan, baland bo’yli, begona erkak kishi turibdi.

-         “Assalomu alaykum” – dedi papka ko’targan kishi.

-         “Keling bolam” – dedi Sharofat opa.

-         “Gazdan keldik opa. Bu oygi gaz to’lovini to’lamadilaringiz, shuni to’lab qo’ysangiz?”.

-         “Qancha bo’libdi o’g’lim” – dedi Sharofat opa.

-         “Oltmish ming” – deya papkasidan qog’oz izlay boshladi gazchi.

-         “Gaz anchayin past, ovqat bazur pishyabdi. Ishonmasangiz gaz hisoblagichni tekshirib korishingiz mumkin” – dedi norozi bo’lgandek kayfiyatda Sharofat opa.

-         “Hisoblagich, pisoblagichni yig’ishtiring. Hamma qatori gazdan foydalanyabsiz. To’lasangiz to’lang,  bo’lmasa sizga gaz yuboradigan quvirni uzib tashlaymiz”.

-         “Yo’q. Hozir” – deya Sharofat opa uyidan oltmish ming olib chiqib gazchining qo’liga tutqazdi.

Necha yildirki xalqimiz mustamlaka tuzimini boshidan kechirdi. Endi “O’z erkimiz o’z qo’limizda” degandachi? Boshqalar tazyiqi bilan yashashga o’rganganmizda. O’zimizni o’zimiz eplay olmayabmiz. Mablag’imiz bor, lekin qanday sarflash kerakligini bilmaymiz. Eng yomoni, eng kerakli bo’lgan o’z haq-huquqimizni yaxshi bilmaymiz. Bilganimizda edi afsus, bunday muammolar ustida “Nega”, “Nima uchun”, “O’zi qanday bo’lishi kerak” degan savollar qiynab bosh qashib o’tirmasdik. Nega bunday ekanligimizni o’zimiz ham bilmaymiz. Qo’rqamizda bizdan pul so’rab keluvchilarni aytganini qilmasak, bizni nir narsadan mahrum qilishidan.

Mustaqillikga erishganimizga 25 yil bo’ldi. Ko’plab sohalarda inqilob darajasida o’zgarishlar amalga oshirildi. Xo’sh, kommunal sohasidachi? To’g’ri, rivojlanishni birdan keskinlik bilan, barcha sohada qilib bo’lmaydi. Ammo har kim qilgan ishiga yarasha javob berishi kerakda. Respublikamizda shaharlar, shaharchalar, tuman markazlari va ba’zi qishloq hududlari ham gaz bilan to’lasincha ta’minlangan. Lekin o’z uyingizga oqib keladigan tabiiy gazdan qancha foydalanish o’zingizga havola. Ba’zida gaz umuman yo’q, ba’zida esa kechki nonushtani naq 3 soatda tayyorlash mumkin bo’lgan holatlar ham kuzatiladi. Bu sohaga qiziqib o’z uylari yo’q, lekin shahar hududlarida ijaraga turib ishlaydiganlardan ham oylik maoshlaridan “gaz uchun” mablag’ qaytarilib qolishiga hayron bo’lasan kishi. Kollej o’qituvchisi bilan suhbatlashib ko’rdim. Uning aytishiga qaraganda u bu yerda ijaraga turarkan, ammo uning oylik maoshidan gaz uchun mablag’ qaytariladi, qishloqdagi uyida esa onasining maoshidan ham gaz uchun mablag’ qaytariladi. Shunday bo’lsada qo’shimchasiga yana ba’zida qo’shimcha to’lovlar ham to’lashadi. Bu qanday mexanizm asosida yo’lga qo’yilganligini uning o’zi ham tushinmas ekan.

Maosh olaydiganlarning hammasidan aynan kommunal to’lovlar uchun oylik maoshidan mablag’ yechib olinadi. Xo’sh, nega bunday mexanizm yo’lga qo’yilgan, hech qiziqib ko’rganmisiz? Bugungi kunda o’ziga to’q oilalarning ko’pchiligida “gazni ko’paytirib beruvchi” asboblar xizmat qilmoqda. Kimlardir qo’shimcha quvurlar orqali ham gaz bilan o’zini ta’minlamoqda. Bunday jarayonda hammaning oylik maoshlaridan bir xil narx gaz uchun deb qaytarilsayu, ammo undan foydalanadiganlarga gaz teng taqsimlanmasa, bu adolatdanmi? Nega gaz uchun to’lov qilinadiganda ko’pchilik holatlarda gaz hisoblagichlarga e’tibor qaratilmaydi? Hisoblagichni tekshirish so’ralganda, hamma to’laydigan pulni to’lab qo’yish so’raladi xolos. Bu qanday to’g’ri ishlaydigan mexanizm bo’ldi?

E’tibor bilan qaraydigan bo’lsak, gaz uchun to’lov har oyda amalga oshiriladi. Ammo, nega hammaga bir xil so’mma? Nahotki hammaning uyida bir xilda gaz yongan bo’lsa? Hammaning gaz hisoblagichlari bir xil so’mmani ko’rsatib turgan bo’lsa? Hech ham unday emasligini hamma juda yaxshi biladi. Bu jarayon gaz yetkazib beruvchi bosh ofislaridan, umumiy oy davomida qancha ishlatilgan bo’lsa, bu so’mma o’sha hudud xo’jaliklariga teng taqsimlanadi xolos. Bu adolatdanmi? Kimdir, qandaydir qo’shimcha qurilmalar orqali gazdan foydalansa, kimdir esa gazning borligiga shukr qilsa, kimdir uyida gaz bo’lmasada, maoshidan gaz to’lovini amalga oshirsa, bu “yemagan somsasiga pul to’lash” bo’lmayabdimi? Gazni ishlatish sohasida ham o’zgarishlar amalga oshirilsa yaxshi bo’lardi. “Nima eksang, shuni o’rasan” deydi dono xalqimiz. Gaz to’lovlarini amalga oshirishda gaz hisoblagichlar muhim rol o’ynasa, hech kimning haqqi hech kimga o’tmasdi. Gaz hisoblagichlarda ham, elektr toki hisoblagichlari kabi, qancha gaz sarflasa shunga yarasha mablag’ yechib oladigan hisoblagichlar joriy etilsa nur ustiga, a’lo nur bo’lar edi. 

Izohlar

Bakhtiyor Sheraliev's picture
4

Siz aytgan muammolarning yechimi odamlarga bog'liq emasligini o'zimning blog yozayotganingizda yaxshi tushungan bo'lsangiz kerak. Masalan, men yashaydigan tumanda 2006 yildan beri gazning G harfi ham yo'q. Lekin budjet tashkilotlarda ishlovchilarning oylik maoshidan siz aytgandek gaz uchun ayirib qolishni istashadi. Bu muammo aholi bilan hal bo'lmaydi, buni hukumatdagilar hal qilishi kerak! Vaholanki O'zbekiston gaz zahirasi bo'yicha uncha muncha davlatdan aaaaancha oldinda turadi.

Sarvar's picture
5

Яхши муоммо кўтарилган, аммо бу газнинг ҳам умри оз қолган, бунга ишонгунча алтернатив энегия манбаларига ўтган мақул.