Eng qisqa post

Fozilbek Yusupov
4.57143
O’rtacha: 4.6 (7 ovozlar)

 To’raxon ota erta, tong otmasdan bomdod namoziga uyg’ondi. O’rnidan turib oshxona bordi. Chelakdagi sovuq suvni muzdayligicha obdastaga quyib, qorong’uda devorni paypaslaguncha hammom tomon yo’l oldi...

 

-Nega paypaslaguncha?

-Chunki chiroq yo’q.

-Nega muzday suv oldi?

-Chunki issiq suv yo’q.

-Isitsa nima qilardi?

-Isitishga gaz yo’q.

-Har doim shunaqa qiladimi?

-Esini tanigandan beri.

-Qachon hammasi yaxshi bo’ladi?

-Ta’lim tizimi tuzatilganda.

-Qachon tuzaladi?

-Chiroq kelganda!..

Izohlar

Bakhtiyor Sheraliev's picture
4

Rostdan ham sizning bloglaringizni lofsiz o'qib bo'lmas ekan:))))) Ajoyib paradoks, lekin o'qigan odamni biroz pessimizmga eltadi, shuning uchun to'rt qo'ydim.

Sarvar's picture
4

-отахонни фарзандлари ёки аёли йўқ эканми? Қиш бўлса печка олдига ёз бўлса хонага обдастани олиб кириб қўйса сув исимас эканми? )))
Яна бир тамонлама ёзгансиз.

Цветок Ноября's picture
5
Bahodir Mahmudov's picture
4

Mazza qilib kulaman deb astoydil o'qishni boshlagan edim))

Charos Omonova's picture
5

Uzun matnlarni o'qishni yoqtirmasligim uchun 5 qo'ydim))) muammo bor. Lekin siz faqat blogpost yozolasiz xolos))) Qo'rqoqsiz

Sarvar's picture
0

яна давоми қани ёки фозилбек кириб Сиз қочқоқсиз дейдими? ))))

Sarvar's picture
0

яна давоми қани ёки фозилбек кириб Сиз қочқоқсиз дейдими? ))))

odilbekovich's picture
5

Qoyil lekin. Juda sodda va lo'nda tushuntirilgan. Boshida umuman tushunmay o'qib boshlagandim. Izohlarga qarasam qarshi fikrlar anchagina ekan. Lekin bu blogpostdagilar ayni haqiqat. Oddiy mahallam misolida aytyapman. A'lo bahoga loyiq.

Sh's picture
5

Xudoga wukr qililar, suriyada uriw bo`vottiyu,
дейдиганлар чиқмадими ))

Sobit's picture
0

Qishloqlarda:
Chiroq bo'lmasa fonar borku, hozirgi kunda, oddiy qulay fonardan bitta olib qo'ysin.
Issiq suv qilish uchun gaz shart emas.
Shaharlarda:
Chiroq o'chmasa kerak
Gaz yetarli bolsa kerak(har xolda suv isitishga)