Diqqat, Andijondan gapiramiz!

Go'zal Andijon odam zichligiyu, paxta rejasini birinchi bo’lib tugatishda O'zbekistonda bir qadam oldinda yurishi sir emas edi. Lekin “Sahar” Maktabi bitiruvchilari orasida ham Andijonliklar faollik va tashabbuskorliklari bilan ko'zga tashlanmoqda. Yaqinda Shavkatbek boshchiligida, bir guruh “Sahar” Maktabi bitiruvchilari yozgi ta’tilda oromgohlarda dam olayotgan maktab o'quvchilari uchun “Sog'lom Avlod” interaktiv tadbirlarini o'tkazishdi.

Quyida ushbu tadbirlardan foto lavhalarni ko'rishingiz mumkin.

 

Bu tadbirlar mahalliy boshqaruv organlari va nodavlat tashkilotlar hamkorligida amalga oshirildi. Viloyatning Mash’al, Shifokor, Energetik oromgohlaridagi 13-16 yoshda bo'lgan yuzga yaqin bolalar uchun OITV/OITSni oldini olish va sog'lom turmush tarzi to'g'risida qiziqarli va foydali ma’lumotlarga boy tadbirlar o'tkazildi. Tadbirning seminarlari oxirida bolalar uchun qiziqarli savol javoblar uyushtirilib, savollarga eng ko'p to'g'ri javob topgan ishtirokchilar uchun esdalik sovg'alari berildi. Tadbir ishtirokchilari bunday seminarlarni maktablarda ham o'tkazilishini so'rab qolishdi.

Tabdir o'tkazishda, “Sahar” Maktabi bitiruvchilari UNFPA tomonidan tayyorlangan tengqurlarga interaktiv usulda trening o'tish qo'llanmasidan foydalanishdi. Bolalar bilan ishlash, loyihani amalga oshirish va uni har xil sharoitga moslash bo'yicha Andijonlik yigitlar o'z bilim va tajribalarini namoyon qilishdi. O'zlari har xil yo'nalishda faoliyat olib borishsada, ularning loyiha uchun bir bosh bo'lib guruhda ishlay olishlari olqishga sazovor!

 

Izohlar

Nargizaxon's picture
Bu kabi seminar-treninglar tez-tez va turli mavzularda o'tkazilishi kerak deb o'ylayman. Jumladan, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shaxsiy gigiyena, sog'lom hayot tarziga amal qilish kabi mavzularda ham o'tkazilsa yaxshi bo'lardi. Bunday treninglar o'zining noan'anaviyligi bilan ommmani jalb qila oladi. Bunday mavzular o'quvchi yoshlarga maktab davridan singdirilib borishi kerak.