Daryoga aylangan bozor...

Suxrobjon Abdirimov
5
O’rtacha: 5 (2 ovozlar)

Assalomu alaykum azizlar! Bugun ish yuzasidan Xorazm viloyatidagi Eng katta bozorlardan biri bo'lgan Hazarasp savdo markaziga bordim va bozorning holatini ko'rib kayfiyatim tushib ketdi. Odamlar yuradigan hamma joy loy va suv bilan to'lgan. Yurish juda qiyin. Ishingizni bitirish uchun majbur shu loy va suvning ichiga kirishingizga to'g'ri keladi. Bu suv va loyni ko'rib bular qayerdan kelgan degan savol tug'ilishi  tabiy. Bularning hammasiga yomg'ir aybdor.E qaranga men ham darrov bularga sababchi yomgir deb qo'yaqoldim. Odamlarning bozorda shunchalik qiynalib yurishlari, ust boshlaring loy bo'lishiga haqiqatdan ham yomg'ir aybdormikan? Yoki yo'llarni to'g'irlamagan ma'muriyatmi? Nimalar haqida gapirayotganim va bozorning halati haqida aniqroq tasavvurga ega bo'lish uchun pastda berilgan videolavhani ko'ring. Bozorlarimiz qanday ahvolga kelib qoldi? Nahotki biz shunday joylarda savdo qilishga loyiqmiz?

 

Izohlar

Suxrobjon's picture
0

tas-ix tizimida ko'rish http://mover.uz/watch/yuVBxJom/

Bakhtiyor Sheraliev's picture
5

Bo'lar ekanku, chiroyli video post tayyorlasa ham. Tasvirlar ham sifatli, tasvir ortidagi so'zlovchi ham dona dona va chiroyli gapirgan. Olti bahoga loyiq ish bo'libdi. Yashang!!!

Suxrobjon's picture
0

Raxmat)))

mohi's picture
5

Ixcham, amaliy va tinglovchining diqqatinig saqlab qoladigan, keyingi qismini kutib qolamiz.

Suxrobjon's picture
0

Albatta. Tez kunlarda....))