Biz ...miz!

Bahodir Mahmudov
4.244445
O’rtacha: 4.2 (45 ovozlar)

Biz …miz!

Assalom-u alaykum, hurmatli ota-onalar. Bugungi 5-“B” sinf o’quvchilarning ota-onalar majlisiga xush kelibsizlar. Bugungi majlisimizni ochib berish uchun so’zni... Iye, kechirasizlar bu ota-onalar majlisi uchun mo’ljallangan ma’ruzamning boshlanishi ekan. Aybga buyurmaysiz. Qo’g’ozlar ko’p-da…

Bizning bugungi ma’ruzamiz esa mana, mana bu yerda ekan. Demak boshlasak ham bo’ladi.

Institutni bitirdim-u, o’z uyimga qaytgach to’ppa-to’g’ri men bekorchiga qayerda ish bor ekan deb to’ppa-to’g’ri Chortoq tuman XTMFMTTEB (yana qo’rqib ketmang bu uzun so’z nima ekan deb: Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi)ning kadrlar bo’limiga biror ishni qoyillatib qo’yganday, gavdani g’oz kerib, mana akang qarag’ay institutni bitirib, kuch-g’ayrat bilan, qamishdan bel boylab keldi, deya to’ppa-to’g’ri kirib bordik. Ish deganiyam shunaqa oson topiladimi-a? Yarim soatda ishli bo’ldim. Zo’r o’qigan bo’lsang, biliming yetarli bo’lsa, sohangni ustasi bo’lsang ish deganiyam o’zi topvolarkan-da seni deb qo’ydim o’zimga o’zim (agar shu gapimni kursdoshlarim eshitsa, yotvolib bilan kulsa kerak).

Oooo… Bu kasb nihoyatda ajoyib kasb ekan-u, men ahmoq shuncha paytdan beri nozlanib, o’qituvchi bo’lmayman deb yurgan ekanman. O’qituvchi bo’lish barobarida kamina hozirgacha bir nechta qo’shimcha kasblarni ham egalladim. Qanaqa kasb deysizmi? Mana, tanishing. Faqat bularni butun o’qituvchilar tilidan aytaman.

Biz - qassoblarmiz! Ha, ha, qassob! Kelishdi: eti – sizniki, suyagi – bizniki. Shunday deya, “semirishi” sal qiyin kechadigan “suyaklilar”ni tashlab ketishdi. Haytovur, andak “semirtirib” qo’ydik. O’ylab qarasak, bizga eti ham, suyagi ham qolmas ekan. Xudoga shukur, shu bir o’g’iz gapni aytadiganlari yetarli. Bizga shuni o’zi yetadi.

Biz - bug’oltirlarmiz. Butun boshli sinf o’quvchining ijara kitob pullarini u yoq-bu yoq qilib yuboradigan darajada “aqlli” matematiklarmiz.

Biz – modelyer-dizaynerlarmiz. O’quvchilarga qanday kiyinish kerakligi haqida har kuni “bepul maslahat” beradigan modelyer-dizaynerlar.

Biz – eng yaxshi yozuvchilarmiz. Qator-qator axborotlar, varoq-varoq bayonnomalar yozadigan yozuvchilar. Lekin,  butun dunyoga  XXI asr – texnologiya asri, internet asri deb jar solishga erinmaymiz. Yaxshiyam, kompyuter, printer, internet degan oshnalarim bor. Yordam berib turishadi, qurmag’urlar. Aks holda, faoliyatimning birinchi yiliyoq “yozuvlar ummoni”ga cho’kib ketgan bo’larmidim.

Biz – “mehmonsevarlarmiz”. Kelgan “mehmon”ni ta’zim bilan kutib olib, ta’zim bilan kuzatib yuboramiz. Ular ham mehmonnavozlikdan xursand albatta.

Biz  - “devorlarmiz”. Farzandiga “bilmasdan”, “tasodifan”, “adashib” “2” baho qo’yib qo’yganingiz uchun, butun maktabni boshiga ko’tarib to’s-to’polon qiladigan, “o’qituvchi – doim nohaq” degan shiorni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan ba’zi bir “ziyoli”, lekin ozgina to’nkaligi bor bo’lgan ota-onalar uchun vaqtinchalik “devor” vazifasini o’tab beruvchi insonlarmiz.

Biz – bokschilarmiz. Superog’ir vazn bo’yicha eng yaxshi bokschilarmiz. Miyyasi “kattalashib”, “o’g’zi qiyshayib” qolgan o’quvchining yuzini “ohista” chiroyliroq gapir deya “silab” qo’yganimiz uchun, uning ota-onasi, yoki biror akasi tomonidan palon kuni, palon soatda jang o’tkazishga taklif olamiz. Ishimiz ko’p-da, jangga vaqt topolmay qolamiz gohida. Ular ham kutib-kutib “xafa bo’lib” ketib qolishadi.

Biz – paxtakorlarmiz. “Paxta” qo’yib turmasak, ishimiz bitmay qoladi ba’zida. Shuning uchun ham paxta terishda katta jonbozlik ko’rsatamiz!

Biz – temirchilarmiz. Har bir o’quvchidan, turli xil shaxslar “yasaydigan” temirchilar. Shuning uchun o’quvchilarning o’ziga temir va uning hossalari haqida har yili bir necha oy davomida ma’ruzalar o’qib turamiz.

Biz – usta quruvchilarmiz. Qo’yayotgan g’ishtlarimizdan birortasi noboproq o’rnab qolib, boshqalaridan ajralib qoladiganday bo’lsa, bizni ma’zur tutgaysizlar. Har holda bizga “Bino inshootlari qurilishi” degan fan o’qitilmagan.

Biz – ozoda kishilarmiz. O’quvchilarga maktabni, uyimizni toza, ozoda saqlashimiz kerakligini uqtiribgina qolmay, bu sohada o’zimizni ham ko’rsatishga harakat qilamiz. Kattalar o’tishadigan yo’l borki, kelgunlaricha chiroyli qilib “yasantirib” qo’yamiz.

Xalqimizda, yigit kishiga qirq hunar ham oz degan naql bor. Bunaqa biz - …lardan hali bir nechtasini keltirishim mumkin. Lekin, …lar qancha ko’paysa, “”lar ham shuncha ko’payib ketyapti. Mana shu kasblarning birortasini ham qilmayman degan o’qituvchi yo maktabda ishlamaydi, yoki u o’qituvchi emas.

Lekin, ishoning, o’quvchilarning tepangizga kelib olib, simga terilgan qaldirg’ochlarday turib, biri tirjayib, bir ishshayib, biri jilmayib, biri uyalib tentaknamo savollarni berayotgan paytda manaman degan o’qituvchi ham bor tashvishi-yu, muammolarini unutarkan-qo’yarkan.

Ish faoliyatimni boshlaganimdan beri o’quvchilarimning bilim olishi, til o’rganishi uchun qo’limdan kelganicha harakat qilib kelmoqdaman. Siz o’rgatgan bilimdan foydalanib, o’zini ko’rsata olgan o’quvchingizni ko’rgandada ich-ichingizdan faxr hissini tuyishingiz aniq. Demak, noto’g’ri yo’l tanlamaganman. Bu kasb qanchalik mashaqqatli bo’lsa, qilayotgan ishlarimiz uchun oladigan mevamiz shunchalik shirin bo’lishiga ishonaman. Vatanimga mana shu yo’l bilan ozmi-ko’pmi foydam tegadimi, demak har qanday qiyinchlikka tayyor turishim kerak. Men – o’qituvchiman. Yo’q, BIZ – O’QITUVCHILARMIZ! 

 

Izohlar

Bahodir Mahmudov's picture
0

Iliq fikrlardan kutib qolamiz)

Gulnigor's picture
5

MEN BU QATNASHCHININING YOZGAN POSTINI O'QIB AJABLANMADIM VA YOZILGAN HAR BIR FIKR YOKI GAP HAQIQAT EKANINI TAN OLMAY ILOJIM YO'Q. BUNI TASDIQLAYDIGAN DALILLAR HAM KELTIRIB O'TILGAN.. TO'G'RISINI AYTSAM,YOZILGAN MATNNI O'QIB KO'Z O'NGIMDA (TASAVVURIMDA) bo'lgan yagona inson -OYIM !! CHUNKI OYIM O'QITUVCHILAR VA OYIMNING SHUNCHA "KASBLARI" BORLIGINI BILAR EKANMAN-U,HECHAM alohida E'TIBOR BILAN SANAMAGAN EKANMAN. QOIL!! HAQIQAT!!

Gulnigor's picture
5

MEN BU QATNASHCHININING YOZGAN POSTINI O'QIB AJABLANMADIM VA YOZILGAN HAR BIR FIKR YOKI GAP HAQIQAT EKANINI TAN OLMAY ILOJIM YO'Q. BUNI TASDIQLAYDIGAN DALILLAR HAM KELTIRIB O'TILGAN.. TO'G'RISINI AYTSAM,YOZILGAN MATNNI O'QIB KO'Z O'NGIMDA (TASAVVURIMDA) bo'lgan yagona inson -OYIM !! CHUNKI OYIM O'QITUVCHILAR VA OYIMNING SHUNCHA "KASBLARI" BORLIGINI BILAR EKANMAN-U,HECHAM alohida E'TIBOR BILAN SANAMAGAN EKANMAN. QOIL!! HAQIQAT!!

Iqboljon's picture
5

Ажойиб блогпост учун ташаккур, мени ҳам аёлим ўқитувчи, менга ҳам мавзуда ёритилган "касблар" бенона эмас

Iqboljon's picture
5

*бегона

Санжар Саид's picture
0

Ажойиб! Баракалла!

Fozilbek's picture
0

Ajoyib!

Bahodir Mahmudov's picture
0

Rahmat akalar, do'stlar!

Polvonova's picture
0

Muallifga qoyil! Makalaturada, kommunal tulovlardagi ishtirokimiz ham bor.... Biz "Fermer"larmiz... Shunga qaramasdan, xudoga shukur Bahtiyormiz!!! Shunday tinch yurtimiz borki, unga fidokorlik yarashadi. Ijodizga omad, Sizday jonkuyar yosh kadrlar kupayishiga tilakdoshmiz!!!

Polvonova's picture
5

Muallifga qoyil!

Jahongir Hujaev's picture
0

Deyarli barcha postlaringizni kuzatib boraman, mavzuni ochishda o'zgacha usliblardan foydalanib o'quvchi qanday qilib oxirigacha o'qib qoyganini bilmay qoladi (Tog'risi, o'zimni hamma postlarni ham oxirgacha uqigani sabtim yetmay qoladi). Ajoyib post, harakatdan toxtamang! Vaziyatdan foydalanib sizlardek "Bokschi, Qassob, terimchi, jonkuyar ustozlarimizga rahmat aytmoqchiman!

Nodira Abduvohidovna's picture
5

Ajoyib! Chiroyli fikrlar va tugri dalillar, qoyil qolmaslikni iloji yoq! Shuncha kasb va maxorat egasi bulmasdan turib, uquvchilarga namunali, bilimli va komil uqituvchi bulib, ularga tugri ta'lim va tarbiya berishni iloji yoq. kasblar ichida eng sharaflisi bu uqituvchilik kasbi deb bejiz aytilmagan, shu bn birga bu eng mashaqqatli hamdir, ln siz aytgande, uquvchilarizi sizdan olgan bilimlarini kurganizda, yo 1-2 kun ishga kelolme qolganizda uquvchilariz oldizga yugurib kelib "ustoz, sizni sogindik!" deyishganda barcha charchoqlariz chiqib ketadi va tanlagan kasbizdan faxrlanib ketasiz! Barcha ustozlarga butun umr ta'zimdamiz!

Sh's picture
5

Serqirra mutaxassislar. Qirq hunar oz :D

Nasima's picture
5

Bu kasbni egallagan insondan anchagina mawaqqat talab qilarkan,hozirgi kunda 6zim ham buning guvohi b6lyapman. Maqolada aniq va tiniq fikrlar misollar orqali yoritib berilgan. O'qituvchilik kasbi qanchalik fidoiy va mawaqqatli kasb ekanligini yana bir bor isbotlab beripsiz.Kelgusi iwlarizda ham OMAD

Жамшид Ниёзов's picture
5

Баракалла, Баҳодир, Сиздек ўқитувчилар кўпйсин!

Bahodir Mahmudov's picture
5

Rahmat, akaxon. Ko'paysak, muammolar ham yo'qolib ketardi.

Жамшид Ниёзов's picture
0

*кўпайсин.
Сайтларимизда "таҳрир" функцияси йўқлиги чатоқ-да!
Шу ерда фейсбукнинг қадри ўтади ;)

Fayz's picture
5

Yaxshi fikr bildirilgan. Sababi xuddi shularning ko'pi o'zimni ishimda sodir bo'lyapti

Isroil Tillaboyev's picture
5

Hamkasb! Bunday biz buyuk kasb egasimiz, yashang, charchamang!!!

Bahodir Mahmudov's picture
0

Sabr bersin aka bizga))

Elyorbek0515's picture
5

Muallifga qoyil. Yozgan uslubi ham haqiqiy blogerlik uslubi bo'pti. Muammolarni juda silliq aytganlar. Yozishdan to'htamang.

Bahodir Mahmudov's picture
0

Tashakkur!

shohista's picture
0

Ajoyib! :)

Ganisher's picture
0

Oma gap yo'q oshna!

Halimova's picture
5

Qoil, hayotiy,haqiqiy mavzu yoritilibti! O'qituvchilarni o'ylaydigan odsmlar hali ham borakan!! Gap yo'q!! :)

Ggulii's picture
5

friend,boplabsiz!! Qoil,omad sizga!!!

Nigor's picture
5

o'rtoq Mahmudov,yashang!! Kelajakda shuncha kasbga ega bo'larkanman-da,aaa???! )))

Mr.Twin's picture
5

Yuqoridagi hammaning fikriga qo'shilaman. Oshna,omad sizga! Gap yoq,boplabsiz oma lekin! Cross fingers!

G'ayrat Xolmurodov's picture
5

Nihoyat,registratsiyadan o'ttim. Shuncha mehnatga yarasha,omadizni bersin.

Richard's picture
5

Muallif mavzuni qo'shimcha ma'lumot va dalillar bilan asoslab bergan

Shane Walter's picture
0

Good luck,buddy!

Daisy's picture
5

Bahodir og'a, Men ham shuncha kasblarim borligini tasavvur qilmaganakaman har doim beminnat ado etsam ham)) Shungayam shukr:)

Humoyun Hayitov's picture
5

Sharafli kasb egalari hamisha bor bo'lishsin baxtimizga!!

Firuz Fozilov's picture
5

Hamma kasbning ham o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor ,albatta! Ammo barcha kasblarni o'rgatuvvchi bilu USTOZLAR YA'NI O'QITUVCHILARDIR! ULARGA TEMIRDAY MUSTAHKAM SABR ATO ETSIN !! ISHILAGA OMAD!

Durdona Chorshanbiyeva's picture
0

Omad tilayman

Madinabonu Mo'minova's picture
0

Graciass,amigo!! Felicidad

Boburbek Akramjonovich's picture
5

domlalarimiz hamisha bor bo'lishsin

Aziza Kamaldin qizi's picture
0

Ajoyib... Like

Bilmasvoy's picture
1

Hahaha. Zo'r. Lekin katta muammo emas.

botirjon's picture
0

Санам шўттамисан, инсоф биланда, битта одамга шунча бўлиб ёпишасанларми

beatus homo's picture
0

Ha siz bu siz.

Shuhrat Yunusov's picture
3

Maqolaning oz'ini mavzusi qiziqarli bo'lishi mumkin, lekin, tanlov mavzulariga kirmaydi. O'qish davomida o'quvchini o'ziga jalb qilish kamroq.

Bahodir Mahmudov's picture
0

Mavzular orasida ta'lim yo'nalishi ham bor edi. Mayli, tanasi boshqa dard bilmas deydilar-ku...

Shuhrat Yunusov's picture
0

Bahodir, agar shunday bo'lsa, unda uzr so'rayman. Baho berayotganda mavzuning tanlov shartlariga qanchalik mos kelishi, ijtimoiy dolzarb yoki yo'qligi, shuningdek, o'quvchi uchun qanchalik qiziqarli va foydali ekanligini hisobga olgan edim.

Uzbek's picture
1

Menimcha yahshi blogpost, lekin mavzu unchalik ham yahshi emas.

Bahodir Mahmudov's picture
0

Ajoyib baholaringiz uchun rahmat, akalar, ukalar, do'stlar. Shu o'rinda bir gap: siz - ...siz! :)))

Faridabonu's picture
0

Азбаройи ҳамкасблигимиз ҳаққи-ҳурмати беш қўйвордим!

Dilmurod Djuraev's picture
0

Биз ...миз!

Сопрано's picture
5

Бечора ўқитувчилар

Asliddin1's picture
0

Баракалла. Бечора домлалар. Ха энди отнинг калласидек маошни олгандан кейин...

Pages