Qanday qilib imtiyozli kredit olish mumkin?

Biznesmen ya’ni tadbirkor o'z nomi bilan tadbirkor bo’lmog’i lozim. U har qanday vaziyatdan chiqib keta olishi, tavakkalga qo’l uruvchi, foydani o’zi tomonga og’dira olishi, to’g’riso’z va qonunlarga muvofiq ishlab, soliqlarni, ishchilar oylik maoshini vaqtida to’lashi zarur. Shundagina tadbirkorning ishlari yurishib, biznesi rivojlanib boradi. Navbatdagi sahifada tadbirkor qanday qilib imtiyozli kredit olishi mumkinligi to’g’risida ko’rsatmalar beramiz. 

Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlar mexanizmlari. Mikrokreditlash tartiblari soddalashtirilishi.

Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kichik biznes sub’ektlari bankka atigi 3 ta hujjat (ariza, biznes reja, ta’minot turlaridan biri), yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan kichik biznes sub’ektlari 4 ta hujjat (ariza, biznes reja, ta’minot turlaridan biri, DSI tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi) taqdim etadi.

Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlarning murojaatlari 5 bank ish kunida, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlarniki esa 10 bank ish kunida ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosa beriladi.

Tijorat banklari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan yillik 12 foiz miqdorida imtiyozli kreditlar beriladi va lizing xizmatlari ko‘rsatiladi:

  • oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga zarur bo‘lgan texnologiya uskunalari xarid qilish uchun 5 yilgacha, xom-ashyo va materiallar sotib olish uchun 1 yilgacha kreditlar;
  • fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar va boshqa tadbirkorlik sub’ektlariga issiqxonalar barpo qilish hamda tomchilatib sug‘orish tizimini tatbiq etish uchun kamida 2 yilgacha kreditlar;
  • fermer xo‘jaliklariga va kichik biznesning boshqa sub’ektlariga meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun 5 yilgacha kreditlar va 7 yil muddatga lizing xizmatlari;
  • ulgurji savdo korxonalariga mahalliy ishlab chiqaruvchilardan nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini xarid qilish uchun 1 yilgacha kreditlar;
  • yosh oilalarga oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun eng kam ish haqining 1000 baravarigacha 3 yilgacha mikrokreditlar;
  • kam ta’minlangan oilalarning shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun eng kam ish haqining 80 baravarigacha 3 yilgacha mikrokreditlar.

Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yillik 6 foiz miqdorida kreditlar ajratiladi:

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larni to‘ldirishga 1 yilgacha kreditlar;
  • fermer xo‘jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kamida 2 yilgacha kreditlar;
  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga, shu jumladan yuridik shaxs bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaliklariga investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun 5 yilgacha kreditlar.

Mikrokreditbank tomonidan imtiyozli mikrokreditlar beriladi va mikrolizing xizmatlari ko‘rsatiladi:

  • tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kasb-hunar kollej bitiruvchilariga ota-onalar kafiligi ostida 18 oygacha eng kam ish haqining 50 baravarigacha, jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 50 baravarigacha, yuridik shaxs makomiga ega bo‘lmagan kichik korxonalarga eng kam ish haqining 50 baravarigacha, yuridik shaxs makomiga ega bo‘lgan kichik korxonalarga eng kam ish haqining 100 baravarigacha, fermer xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 200 barobarigacha yillik 3 foiz darajasida imtiyozli mikrokreditlar;
  • kichik biznes sub’ektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun eng kam ish haqining 500 baravarigacha 24 oyga yillik 6 foiz darajasida imtiyozli mikrokreditlar;
  • kichik biznes sub’ektlari uchun eng kam ish haqining 2000 baravarigacha 3 yil yillik 5 foiz darajasida imtiyozli mikrolizing xizmatlari.

Byudjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 200 baravaridan hamda yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga eng kam ish haqining 1000 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mikrokreditlar beriladi.

Byudjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari:

  • dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish uchun yillik 4 foiz miqdorida;
  • bevosita ishlab chiqarish sohasi uchun mikrokreditlar yillik 4,8 foiz miqdorida;
  • xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun yillik 5,4 foiz miqdorigacha imtiyozli mikrokreditlar beriladi.

Byudjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan dehqon va fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga imtiyozli mikrokreditlar kamida 2 yilgacha, boshqa barcha mikrokreditlar 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

Dehqon fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan boshlang‘ich sarmoyani shakllantirishga 3 yilgacha yuridik shaxs makomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 150 baravarigacha fermer xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 300 baravarigacha yillik 2 foiz miqdorida imtiyozli mikrokreditlar beriladi.

 

Shuni aytib utish lozimki tadbirkor bankka kredit olish maksadida murojaat kilganida tijorat bankining uz xisobidan maxsus imtiyozli kredit olishi mumkinligini yodingizdan chikarmang...

 

Ushbu maqola sangzor.uz vebsaytidan olingan.

Izohlar

SHaxzod_001's picture

Tadbirkorlik ishini endi boshlayapman tadbirkorlikka bilimim unchalik yetarli emas tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq malumotlarni to'liq taqdim etsangiz?

SHaxzod_001's picture

Tadbirkorlik ishini endi boshlayapman tadbirkorlikka bilimim unchalik yetarli emas tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq malumotlarni to'liq taqdim etsangiz?

Xalilov dostonbek's picture

Uzum yashab turgan uyni quyib 200mln kredit olsam buladimi

Xalilov dostonbek's picture

Men davlat kafil ham garov ham, yuq qanday imkoniyat bor kredit olish uchun

Xalilov dostonbek's picture

Men kafil I'm yuq uzim yashab turgan uyni qo'ysam buladimmi

Moxinur's picture

Salom meni ismim Moxinur tadbirkorlik faoliyatimni 1yarim yil oldin kredit olib boshlaganman aylanma aborotimni yanada takomillashtish maqsadida bankga kredit surab borgandim bank hodimlari zalok shurashdi zalokda akamni moshinasini quyganmiz zaloksiz kredit olishni ilojisi bormi aborotim hozirgi kunda oyiga 100mln tashkil qiladi.
Oldindan javob uchun rahmat.

Хуршид's picture

Qanaqa ish ekan bizgayam o'rgativoring oyiga 100miln lik))

Moxinur's picture

Javob yozing bizga xam

sunatillo's picture

zalok qo'ymasdan mikrokredit olsa bo'ladimi ?

 

Xikmat's picture

Salom
4sotx issiqxonaga pamidor bodrin ekish uchun sarmoya xisobida kredit omoqchiman. Qancha miqdorda va qancha mudadga ololiman foyizi qancha bo'ladi? Qanaqa xujjatla talab qilinadi?

A'zam Qurbonov's picture

Men bir kichik kiyim kechak magazinini ochmoqchiman ozroq mablag‘ yetmayapti kredit olsam pulni qay tarzda berishadi shunga batafsil izoh bersangiz iltimos

A'zam Qurbonov's picture

Aytmoqchiydimki pulni naqddami plastikdami yoki boshqa yo‘‘l bilan berishadimi

Хуршид's picture

Dorixona ochish maqsadida imtiyozli kredit ajratiladimi va 100.000.000 so'm pul miqdorida kredit olish uchun qaysi bankga murojat qilishim kerak. Jismoniy shaxsga!

Mardoniy's picture

Assalomu alaykum Matyaqubov Ergash aka sizdan bazibir maslahatlarni olishni hohlayman kredit togrisida kafe ochish uchun szdan ultimos shu mening nomerim +998914271552 tel qlishni iloji bolsa yoki gudoq tashlasangiz sz blan boglanib gaplashay men szning hizmatlariz bolsa qolimdan kelganicha qlaman iltimos kutaman oldindan rahmat 

Dilshojon's picture

Yoshlar ittifoqidan kredit olayotgandim bunga zalokka narsa quyiladimi shu haqida malumot kere edi manga

Lazizbek1990's picture

Assalomu Alaykum yosh oilalarga eng kam ish xaqqining 1000 barobarigacha berilarkan, tikishhona ochishga, lekin oilada davlad idoralarida ishlaydigan shaxs yoq, shu kreditni qanday olishni iloji bor javob uchun raxmat.

Pages