Qanday qilib imtiyozli kredit olish mumkin?

Biznesmen ya’ni tadbirkor o'z nomi bilan tadbirkor bo’lmog’i lozim. U har qanday vaziyatdan chiqib keta olishi, tavakkalga qo’l uruvchi, foydani o’zi tomonga og’dira olishi, to’g’riso’z va qonunlarga muvofiq ishlab, soliqlarni, ishchilar oylik maoshini vaqtida to’lashi zarur. Shundagina tadbirkorning ishlari yurishib, biznesi rivojlanib boradi. Navbatdagi sahifada tadbirkor qanday qilib imtiyozli kredit olishi mumkinligi to’g’risida ko’rsatmalar beramiz. 

Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlar mexanizmlari. Mikrokreditlash tartiblari soddalashtirilishi.

Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kichik biznes sub’ektlari bankka atigi 3 ta hujjat (ariza, biznes reja, ta’minot turlaridan biri), yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan kichik biznes sub’ektlari 4 ta hujjat (ariza, biznes reja, ta’minot turlaridan biri, DSI tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi) taqdim etadi.

Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlarning murojaatlari 5 bank ish kunida, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlarniki esa 10 bank ish kunida ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosa beriladi.

Tijorat banklari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan yillik 12 foiz miqdorida imtiyozli kreditlar beriladi va lizing xizmatlari ko‘rsatiladi:

  • oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga zarur bo‘lgan texnologiya uskunalari xarid qilish uchun 5 yilgacha, xom-ashyo va materiallar sotib olish uchun 1 yilgacha kreditlar;
  • fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar va boshqa tadbirkorlik sub’ektlariga issiqxonalar barpo qilish hamda tomchilatib sug‘orish tizimini tatbiq etish uchun kamida 2 yilgacha kreditlar;
  • fermer xo‘jaliklariga va kichik biznesning boshqa sub’ektlariga meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun 5 yilgacha kreditlar va 7 yil muddatga lizing xizmatlari;
  • ulgurji savdo korxonalariga mahalliy ishlab chiqaruvchilardan nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini xarid qilish uchun 1 yilgacha kreditlar;
  • yosh oilalarga oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun eng kam ish haqining 1000 baravarigacha 3 yilgacha mikrokreditlar;
  • kam ta’minlangan oilalarning shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun eng kam ish haqining 80 baravarigacha 3 yilgacha mikrokreditlar.

Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yillik 6 foiz miqdorida kreditlar ajratiladi:

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larni to‘ldirishga 1 yilgacha kreditlar;
  • fermer xo‘jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kamida 2 yilgacha kreditlar;
  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga, shu jumladan yuridik shaxs bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaliklariga investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun 5 yilgacha kreditlar.

Mikrokreditbank tomonidan imtiyozli mikrokreditlar beriladi va mikrolizing xizmatlari ko‘rsatiladi:

  • tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kasb-hunar kollej bitiruvchilariga ota-onalar kafiligi ostida 18 oygacha eng kam ish haqining 50 baravarigacha, jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 50 baravarigacha, yuridik shaxs makomiga ega bo‘lmagan kichik korxonalarga eng kam ish haqining 50 baravarigacha, yuridik shaxs makomiga ega bo‘lgan kichik korxonalarga eng kam ish haqining 100 baravarigacha, fermer xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 200 barobarigacha yillik 3 foiz darajasida imtiyozli mikrokreditlar;
  • kichik biznes sub’ektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun eng kam ish haqining 500 baravarigacha 24 oyga yillik 6 foiz darajasida imtiyozli mikrokreditlar;
  • kichik biznes sub’ektlari uchun eng kam ish haqining 2000 baravarigacha 3 yil yillik 5 foiz darajasida imtiyozli mikrolizing xizmatlari.

Byudjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 200 baravaridan hamda yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga eng kam ish haqining 1000 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mikrokreditlar beriladi.

Byudjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari:

  • dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish uchun yillik 4 foiz miqdorida;
  • bevosita ishlab chiqarish sohasi uchun mikrokreditlar yillik 4,8 foiz miqdorida;
  • xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun yillik 5,4 foiz miqdorigacha imtiyozli mikrokreditlar beriladi.

Byudjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan dehqon va fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga imtiyozli mikrokreditlar kamida 2 yilgacha, boshqa barcha mikrokreditlar 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

Dehqon fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan boshlang‘ich sarmoyani shakllantirishga 3 yilgacha yuridik shaxs makomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 150 baravarigacha fermer xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 300 baravarigacha yillik 2 foiz miqdorida imtiyozli mikrokreditlar beriladi.

 

Shuni aytib utish lozimki tadbirkor bankka kredit olish maksadida murojaat kilganida tijorat bankining uz xisobidan maxsus imtiyozli kredit olishi mumkinligini yodingizdan chikarmang...

 

Ushbu maqola sangzor.uz vebsaytidan olingan.

Izohlar

gulya's picture
yosh oilalarga oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun eng kam ish haqqining 1000barobarigacha 3 yilga kridit ajratilar ekan bu summa tahminan qancha?
Farhod91's picture
120 Million
Jamoliddin WEB's picture
Kredit olish istagida bo'lganlar uchun ushbu maqolani o'qishlarini tavsiya qilardim. Barchasi batafsil yoritilgan. Bu maqolani o'qib balki sizda ham kredit olish niyyati paydo bo'lar.
Imomjon's picture

oshan120 mln pul olish uchun nimadur narsa zalokka qoyiladimi bank nomiga

JSTmedia's picture

Kredit olinsa uni erkin ishlatish mumkinmi ? yoki faqat biznes rejada ko'rsatilgan joyga ishlatishga ruxsat beriladimi

yangiboy's picture

1000 kvadrat metir Qo'shimcha tomorqamni issiqxona qilmoqchiman shunga
imtiyozli kredit olish uchun
mandan qanday xuchatlar kerak bõladi va necha million so'm gacha kredit olishim mumkin? va diplo'm bo'lishi shartmi?

husanova munira's picture

Kredit berishning qanday turlari bor Garov evaziga jismoniy shaxslar kafolati evaziga turlari borligini bilaman yana qanday turi bor Sotib oldigan biror uskunani o'zini zalokka quyib kredit olishim mumkinmi

husanova munira's picture

Kredit berishning qanday turlari bor Garov evaziga jismoniy shaxslar kafolati evaziga turlari borligini bilaman yana qanday turi bor Sotib oldigan biror uskunani o'zini zalokka quyib kredit olishim mumkinmi

Davlatjon's picture

Qaysi maqolani jamoliddin

miraxmedov sobir's picture

Man yakka tadbirkorlik qimohchiman yani kichkinaro magazin ochmohchiman man kiridit oladgan bosam manga uzog'i bilan nechpul kiridit beriladi va qanchada qaytarish imkoniyati bilan

miraxmedov sobir's picture

Jovob keladimi ozi

Ruzimurod's picture

chorvachillini rivojlaantirishga muljallangan imtiyozli kiridit limiti tulganligini malum qilishdi bank xodimlari kiyingi choreda imtiyozli kkiridet berish imkoniyati bormi chorvachilika

Bobonazarov Farhod's picture

Yosh oyla uchun eng kam ish haqining nechi foizgacha ajratiladi va kridit nechi foizga beriladi

Bobonazarov Farhod's picture

Javob yuqmi berda

Нодира's picture

Men tadbirkorlikni endi boshlamoqchiman tikuv sexi bolalarning zamonaviy kiyimlarini ishlab chiqarmoqchiman men ishlab chiqargan tovarni qayerlarda sotishim mumkin

Xursand's picture

Qoʻyaman

Xursand's picture

Yaqinda yangi uyga koʻchib oʻtdik,yosh oilamiz,garovga qoʻyish uchun hech nima yoʻq menda, kreditni qanday qilib olishim mumkin

Sanjar Xolmirzayev's picture

Kredit olish yoshi eng yoshida nechchi yoshda bo‘lishi kerak va unga qanday qulayliklar bor va kredit olish jarayonida albatta diplom kerak bo‘ladimi?

mele20's picture

O'zbekistonda xususiy shaxslar o'rtasida kredit berish

Mening salomlarim
Men Riccardo, bugun men bilan bog'laning. Men muhtojlarga yordam berish uchun moliyaviy kreditlarni taklif qiladigan shaxsman. Bizning qit'amizdagi inqiroz bizning banklarimizni va moliyaviy institutlarni zaiflashtirganini bilmaymiz. Bu maqsadga erishish uchun, men juda erta aytganday, muhtoj bo'lganlarga yordam berish uchun moliyaviy qarz berishni boshladim. Bilingki, mening foiz stavkasi atigi 3 foizni tashkil etadi va siz 1 yildan 30 yilgacha bo'lgan muddatga ega bo'lasiz. Biroq, yaxshi niyatli va ishonchli odamlar bilan hamkorlik qilishni istayman. Vaqtni behuda sarflamaslik uchun men Sizga protsedura to'g'risida g'amxo'rlik qilishni afzal ko'raman: sizning shaxsingizni tekshirish uchun menga ba'zi hujjatlar kerak bo'ladi. Bu erda, barcha ma'lumotlarning sizning tushunishingiz uchun aniq bo'lgan deb o'ylayman. Iltimos, menga elektron pochta orqali murojaat qiling: Kontakt: (ricardomele20@gmail.com)

Hasan Axmatov's picture

Qancha miqdorda kredit beriladi uzoq muddat necha yilgacha necha foizga