Biznes-reja tuzish bo'yicha amaliy qo'llanma

Biznes reja nima uchun muhim?

Zamonamizning deyarli barcha biznes mutaxassislari biznes reja yozish va uni tayyorlashning muhimligi haqida ta’kidlashadi. Shunga qaramay, ayrim tadbirkorlar aniq bir rejasiz raqobatli biznes maydoniga kirib kelishga harakat qilishadi. Bunga sabab nima bo’lishi mumkin? Bu savolga tadbirkorlar bir qancha bahonalarni sabab qilib ko’rsatishadi. Ahamiyat bering, ular sabab emas, balki sabab sifatida keltirilgan bahonalardir. 

Mana shunday bahonalar quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:

  • Tadbirkorlik faoliyatini boshlashga bo’lgan ishtiyoq muvaffaqiyat uchun yetarli deb o’ylashadi;
  • Biznes reja tuzish vaqt va kuch talab etadi. Ushbu vaqtni biznesni rivojlantirishga sarflash afzal, deb bilishadi;

Lekin, aniq bir rejasiz faoliyat ko’rsatish, reja bilan ish yuritishga qaraganda ko’proq vaqt va kuch talab etishi takror va takror isbotlangan. Biznes-reja sizga uzoq-masofali va ko’p muddatli bo’lgan tadbirkolik yo’lida o’ziga xos kompas vazifasini o’taydi. Zamonaviy tadbirkorlik faoliyati katta raqobatga to’la va jadal rivojlanib borayotgan soha. Ishlash jarayonida ko’zlangan maqsadni yo’qotib qo’ymaslik va muvaffaqiyatga erishish ehtimolini oshirish uchun sizda aniq ishlab chiqilgan biznes reja bo’lishi kerak. 

O’z g’oyangiz uchun tashqaridan sarmoya yoki grant qidirish uchun, kerakli mutaxassis kadrlarni jalb etish uchun yoki muvaffaqiyatga erishish imkonini oshirish uchun hammasiga biznes reja ishlab chiqishingiz shart. 

Biznes rejani ishlab chiqish uchun talab etiladigan izlanish va fikrlash jarayoni sizga g’oyangizni turli xil nuqtai nazardan ko’rib chiqishga undaydi. Bu jarayon esa sizga oldindan o’ylab yurgan fikr va g’oyalaringizning boshqa qirralarini yoritishga va yangi xulosalarga kelishga yordam beradi.

Maqolaning to'liq ko'rinishi quyidagi faylda berilgan.

File Attachment: 

Izohlar

SN's picture

Barchaga salom do'stlar

xurshidbek's picture

Salom avvalam bor uzurkuya manga bizmes reja tuzishimda kim yordam bera oladi

Eshquvatov Zoir's picture

Assalomu aleykum Sayt mamuriyatiga va saytdohlar Xayt bayrami muborak bo'lsin.Savolim shundan iborat Chorvachilik biznes reja tushiga yordam beringlar oz tushinaman qarorlari keri bolayabi

Eshquvatov Zoir's picture