O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda milliy hunarmandchilikdan foydalanish istiqbollari

Hozirgi kunda duyoning ko‘plab davlatlari moliyaviy-iqtisodiy inqirozdan aziyat chekmoqda. Ko‘pchilik davlatlar bu muammoni bartaraf etish maqsadida juda ko‘p choralarni tadbiq etmoqda. Ba’zilari ishlab chiqarish sohasiga e’tibor qaratsa, aksariyati esa, turizm va xizmatlar sektorini afzal ko‘rmoqda. Bular mantiqan boshqa-boshqa yo‘nalishlar bo‘lsada, bularni birlashtirib faoliyat yuritish mumkin. Agar ishlab chiqarish va servis, turizm sektorlarini bir-biri bilan mujassamlashtirilsa, ayni yaratilgan model samarali natija ko‘rsatishi mumkin.

So‘zimning isboti sifatida o‘zim anchadan beri o‘ylab yurgan bir g‘oyani keltirib o‘tmoqchiman. Bu g‘oyaning maqsadi va mohiyati shundaki, chet eldan keladigan turistlar oqimini oshirish va keladigan sayyohlarga O‘zbekistonning qadimiy hunarmandchiligi bilan shaxsan tanishish imkonini beradi. Buni amalga oshirish uchun juda ko‘p mablag‘ ham kuch ham sarf etish shart emas. Shahardan uncha uzoq bo‘lmagan, shahar chekkasidagi bir tashlandiq bo‘lib yotgan biror kattaroq joy tanlanadi va shu yerda qadimiy O‘zbekiston shakllantirilib, o‘tmishda ota-bobolarimiz yashagan paxsa uylardan kichkina qishloqcha bunyod etiladi. Bu nima uchun kerak dersiz bu uylarda o‘zbeklarning hunarmandchiligi, kasanachiligi bilan shug‘ullanadigan kosiblar faoliyat yuritadi. Ular o‘z ijod namunalarini shu joyda yaratib, namoyish etishlar va sotishlari mumkin. Uylar paxsadan bo‘lgani bilan, undagi jihozlar va asbob-uskunalar zamonaviy talablarga javob beradigan bo‘lishi kerak. Hammom va hojatxonalari ham jahon talablariga javob beradigan qilib qurilishi kerak. O‘rtada esa 50-60 kishilik zamonaviy restoran va favvoralar bo‘lishi lozim. Aks holda, bu uylar aynan sayyohlar tashrifi uchun mo‘ljallanganligi ko‘zga ko‘rinmaydi va turistlar ko‘ngliga ham uncha xush yoqmaydi.

Bu joyda sayyohlar milliy hunarmandchiligimiz mahsulotlari qanday yaratilishiga guvoh bo‘libgina qolmay, unda xohishlariga binoan o‘zlari shaxsan qatnashishlari mumkin. O‘zlari yasagan hunarmandchilik buyumlarini o‘zlari bilan olib ketishi yoki ustalar tomonidan yasalgan buyumlarni sotib olishlari ham mumkin. Qishloqchani aylanish davomida restoranda milliy taomlarimizdan tatib olishlari mumkin. Bu turistlarning yurtimizga nisbatan hurmatlari va qiziqishlarini oshiradi. Natijada yurtimizga keladigan turistlar soni oshadi.

Milliy hunarmandchiligimizni kelajak avlodga yetkazish ham odimizda turgan asosiy vazifadir. Ushbu loyiha amalga oshsa, ustoz-shogird an’analari yanada jonlanib, milliy hunarlarimiz yana yuz yillar davomida butun dunyoni hayratda qoldirishda davom etadi. Chunki, bu hunarmandchilik maskanida ustalar o‘z bilim va tajribalarini yoshlarga o‘rgatish uchun shart-sharoitlar mavjud bo‘ladi.

Bu o‘z navbatida milliy budjetimizga o‘z foydasini ko‘rsatmay qolmaydi. Mazkur loyiha amalga oshirilsa quyidagi natijalarga erishish mumkin:

  • Turistlar oqimi ko‘paysa, o‘z-o‘zidan shuncha ko‘proq foyda olish mumkin;
  • Ma’lum miqdorda ish o‘rni yaratilib, aholining ish bilan bandlik darajasi oshadi;
  • Milliy hunarmandchiligimiz saqlab qolinib, keyingi avlodlargacha ham yetib boradi;
  • Shahar chekkasidagi tashlandiq bo‘lib yotgan joy obod bo‘lib, infrotuzilma bilan ta’minlanadi.

Bugungi kunda yurtimizda kichik biznes va tadbirkorlikka katta yo‘l ochilgan. Shu boisdan, men bu loyihani o‘qishni bitirgach amalga oshirish niyatim bor. Chunki, mazkur loyihani O‘zbekistonda amalga oshirish uchun barcha madaniy va moddiy imkoniyatlar mavjud.

  

Izohlar

Elyorbek0515's picture
Fikringizga qo'shilaman. Hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish kerak. Farg'ona vodiysining milliy hunarmandchilik yo'nalishida turistlarning qabul qila olish darajasini eng yuqori cho'qqliarga ko'tarish imkoniyatlari mavjud deb hisoblayman.
Sharofiddinov Shohabbos's picture
Nafaqat Farg'onada balki yurtimizning hamma viloyatlarda o'ziga xos turizmning shakllari mavjud.
San'at Nazarov's picture
Haqiqatdan ham.Farg'ona yurtimizning ,xalqimizning suratga chizilgan portreti deb aytsak bo'ladi.Marg'ilon,Qo'qonlar yurtimizdagi takrorlanmas tarix va ko'rkka ega.Agar siz gapimga ishonmasangiz, boshqa hududlarimizga borib kuzating.Rahmat.
San'at Nazarov's picture
Bilasizmi, men yurtimiz tarixini chuqur o'rganish natijasida shu narsaga aniq ishonch qildimki, mamlakatimiz juda katta turistik omborga ega.Juda ko'p turizm hududlarga ega.Bunday faqatgina Farg'ona iqtisodiy rayoni birmuncha unumliroq(boshqa rayonlarga qaraganda,ammo aslida bu ham yetarli emas).Men tarixiy inshootlar haqida gapirmayapman.Ammo bulardan foydalanish uchun bizga "havo" kerak.Tadbirkorlar faqat ishlab chiqarishni emas ,sayyohlarni jalb qila bilishni egallashi darkor!
Shuhrat Yunusov's picture
Birinchi o'rinda sayyohlarga sharoit qilib berish kerak, infratuzilma, masalan, avtoyo'llari chekkasida sifatli xizmat turlarini ko'rsatish, keyin marketing. Sharoitni birinchi qilmasa, marketingni ham foydasi yo'q.