Ta'makilarning ichida ko'rimsizgina lekin odam sog'ligiga anchayin salbiy ta'sir ko'rsatuvchi NOS to'g'risida

Nos chekishning oqibati:

Ko`p yillar davomida nos chekish tufayli odam organizmi nos tarkibidagi tamaki, ohak, kul kabi zararli moddalardan zaharlanadi. Ta‘kidlash joizki, nos tarkibidagi zaharli moddalardan eng avvalambor miyaning asab hujayralari zararlanadi. Natijada kashandaning ruhiyati buziladi. Uning kayfiyati tez-tez, o`z-o`zidan, ayniqsa nos qabul qilish muddati kechikkan paytlarda yomonlashadi, sal narsaga jahli chiqadi. Atrofdagilar bilan muomalasi murakkablashadi. Fikrlash, aqliy mehnat qilish qobiliyati pasayadi. Xotirasi yomonlashadi, o`qigan, ko`rgan, eshitgan narsalarini esida saqlay olmaydi. O`zlashtirish qobiliyati pasayadi, asta-sekin oylar, yillar o`tishi bilan yuqoridagi ruhiy kasallik belgilariga jismoniy xastalik belgilari ham qo`shiladi. Kashandaning yuragi, o`pkalari, jigari, buyraklari zararlanishi tufayli u harakat qilgan paytida nafasi qisadi, yuragi o`ynaydi, arterial qon bosimi ko`tariladi, tomir urishi tezlashadi, rangi oqaradi, lablari ko`karadi. Shuningdek, jigar sohasida (o`ng qovurg'a ostida) og`riq paydo bo`ladi. Buyraklari kasallanishi tufayli ertalab uyqudan turganda ko`zlarining osti shishgan bo`ladi. Kechqurun esa oyoqlari shishadi. Shunday qilib, ko`p yillar nos chekish natijasida odam asta-sekin aqliy va jismoniy jihatdan zaiflashadi, ish qobiliyatini yo`qotadi, vaqtidan ilgari keksayadi va nogironga aylanadi.

Izohlar

Haa, bu O'rta Osiyo mamlakatlarida ko'p kuzatiladigan holat. Ba'zilar bu odatni zarari yo'q deb o'ylashadi, vaholangki, buning bir qator zararli oqibatlari mavjudligini yodda saqlash zarur, aks holda chekuvchining sog'lig'i xavf ostida qoladi. Misol uchun, chekuvchi asta-sekinlik bilan ong jihatdan passivlashib boradi, fikrlashi pasayadi, nafas yo'llari kasallaridan tashqari, og'iz bo'shlig'i kasallari ham paydo bo'ladi, bilmagan holda yutib yuborilgan hollarda esa, darhol oshqozonni yuvish talab etiladi, aks holda uning oqibati so'nggi manzil bo'lishi ham hech gap emas. SHuning uchun, tamaki chekishdan zararlilik bobida kam bo'lmagan nos istimol qilishni o'smirlik paytida yuqtirib olish aniqlangan. bu ham yoshlarning qiziquvchanligidandir, shuning uchun ham, ularni nazoratda saqlash maqsadga muvofiq bo'lardi, ota-onalar va atrofdagilarning ularga misol bo'lishlarini aytmasak ham bo'ladi.