Kutubxona loyihasiga qo'shgan hissam

Sahar  maktabining  darslaridan  birida  jamoa  bo‘lib ishlash  va  ishtirokchilarning  loyihalarini  prezentatsiya  qilish  vazifa  qilib  berildi. Bu  vazifa  orqali  ko‘pgina  ishtirokchilarning  loyihalari  bilan  tanishdik. Bundan  tashqari  instruktorimiz  Otabek  Mirzaev  darslarning  birida  ba’zi  ishtirokchilarning  loyihalari  haqida  qisqacha  tanishtirib,  bu  loyihalarning  jamiyatimiz  rivoji  uchun  juda  ham  foydali  va  muhim  ekanligini  ta’kidlab  o‘tdilar. Shu  loyihalar  ichida  Namanganda   mahalla  aholisi  uchun  kutubxona  ochish loyihasi  ham  bor  edi. Bu  loyiha  haqida  eshitib, darhol uyimda  turgan  va  hozirda  foydalanmayotgan  kitoblar  ko‘z  oldimga  keldi.

Bolaligimdan  kitob  o‘qish  jonu-dilim  bo‘lgan,  va  bu  qiziqishim  va  kitobdan, mutolaa  qilishdan  rohatlanadigan  mahalla  aholisi  uchun   kitoblarimni  berishga, va  loyiha  muallifiga  topshirish  uchun instruktorga  murojat  qildim. Otabek  aka  menga  kutubxona  loyihasi  ustida  ishlayotgan  ishtirokchilarning  loyihalari  haqida  qisqacha  ma’lumot  berib,  ularning  ismi  sharifini  aytdilar.  Ishtirokchilardan  menga  maqul  kelgani  Farhodning  loyihasi  edi. Farhod  bilan  e-mail  orqali  suhbatlashdim  va  kitoblarni  jo‘natish  uchun  manzillarini  oldim, biroq  pochta  orqali  2kg  dan  ortiq  kitob  jo‘natib  bo‘lmasligini  bilgach, Toshkentda   yuzma-yuz  ko‘rishib kitoblarni  Farhodga  topshirdim.  

Kitoblarimni  berishdan  maqsad, xalqimiz  savodxonligini  oshirishga  mahalla  aholisi  orasida  kitob  o‘qib  roxatlanadigan  yoshlarni  va  bilim  o‘rganib  charchamaydigan  bolalar  sonini  ko‘payishi  uchun  loyiha  rivojlanishiga qisman  bo‘lsa  ham  o‘z  hissamni  qo‘shish  edi. Buning  uchun  Sahar  maktabiga, loyiha  muallifi  Farhodga  tashakkur. Bu  loyiha  amalga  oshishidan  juda  xursandman,  bunday  kutubxonalarni  O‘zbekistonning  chekka  xududlarida  ham  tashkil  etish, va  o‘quvchilarning  bo‘sh  vaqtlarini  shu  maskanda  o‘tkazishlari  va  ziyo  sari  intilishlari  tarafdoriman.

Bu  maqolani  o‘qib,  boshqa  ishtirokchilarda  ham  kutubxona  loyihasi  uchun  hissa  qo‘shish  istagi  paydo  bo‘lar. 

Nargiza GULOMOVA

Izohlar

Babakhanov Ulug'bek's picture
Farhod aka qanday loyihani boshlaganlar? Iltimos,ma'lumot bering ...