Dunyo ko'z o'ngimda yangilandi!

Salom, qadrdon Sahar maktabim hamda mening do‘stlarim! Yaqin 2 oy ichida hayotim butunlay o‘zgardi!

Miyopiya yuqori daraja -10 -6.5… (yana shox parda shikastlanishi…)

Bu mening roppa rosa 36 kun oldingi tashxisim edi.

Buning bari ortda qoldi.  Men bu kunni shunchalar ko‘p kutgan edimki, bu kunga yetgach kutganimdanda a’lo natijaga erishganimni shohidi bo’ldim. Bilasizmi azizlar, aslida siz – juda baaaxtli inson ekansiz!!! Chunki dunyoning beqiyos go‘zalligini ko‘ra bilar ekansiz! Men bu baxtga yaqindagina erishdim! Ko‘zimni ochsam, yorqinlik,  hamma yoq go‘zal… tabiatni aytmaysizmi, juda - juda chiroyli daraxtlar uning rangi yam - yashil shuqadar go‘zal ekanda haaa!!! Tariflashga tilim lol to‘g‘risi. Manzarani ko‘rib ko‘zim quvnab ketdi. Qaragan sari to‘ymaysan kishi… naqadar go‘zal ekan... Allohimning buyuk yaratuvchi qudrati sohibi ekaninining yana bir isbotini ko’rdim! Qoyil!!!

Allohimga behisob shukurlar bo‘lsin! Mening qaysi qilgan ishim unga yoqqan ekana… u ko‘z nurimni qaytarib berdi! Birinchi ko‘rgan yaqinlarim ota-onam mening baxtim… Ularning quvonch  to‘la ko‘zlarini, chaqnab turgan ko‘zlarim bilan ko‘rishdan ham ortiq baxt bormi dunyoda?! Bunday baxt nasib etganidan benihoya xursandman! O‘sha kuni qorong‘ulikda ota-onam bilan maroqli hamda samimiy suhbatlashdik… Ular mening kasalligimda o‘zlarini aybdor sanar ekanlar.. mana endi endi bu aybdorlik hissidan qutilishdi. Xudoyim yetkizganinga shukur!!!

Men juda baxtliman! Baxtdan sevinchim ichimga sig‘maganidan sizlar bilan bo‘lishgim keldi.

Ko‘zim tug‘ilganimdan beri xira ko‘rar edi, albatta, ulg‘aygan sari xiralik ham oshib borardi. Doimo ko‘zoynak, keyinchalik kontakt linzalar menga yordam berardi. Shunda ham (-2) ko‘rardim va xursand bo‘lardim buncha tiniq deb, endi hozir nima deyishimni o‘ylayveringda ;-) .  Linzayu, ko‘zoynakni yechishim bilan dilim xira  tortardi, ko‘zim bilan qo’shib..  Kayfiyatim ham yo‘qolardi, yorug‘lik ham pasayardi :-(.  Bu bizning dadam avlodidan doimo o‘tib keladigan (urug‘ quvalaydigan) kasallik.

Amakimning katta o‘g‘illari ham ko‘zida kotarakta edi. U 2 yil muqaddam ko‘zini davoladi. Bu lazernaya korreksiya faqat 26 yoshdan so‘ng ekan degan edi. Bu haqda ko‘p o‘ylardim  akam ko‘zini davolatgach o‘zining quvonchi xuddi menikidek sig‘maganini  ko‘rgandim. Lekin buni qanday bo‘lishini billmasdim, tasavvur etolmasdim… Mening hayolimdan ketmasdi qanday bo‘larkin, qachon mening ko‘zim ham boshqalarnikidek tiniqlasharkin deb. 26 yoshga  tezroq to‘lishni intiqib kutardim… sabrim chidamay bu kasallik to‘g‘risida uni davolash to‘g‘risida  malumotlar yig‘dim… akamni davolagan doktorlar bilan yozishdim va 26 yoshni kutmasdan hoziroq davolash mumkinligi haqida javob oldim…. Hozirda 18 yoshdan boshlab mumkin ekan. Xursandchiligim ichimga sig‘may yoz bo‘yi bu fursatni kutdim… va 2015-yil 22-sentabr seshanba kuni “Saif-optima” klinikasida, asr namozi vaqtiga yaqin  ko‘zim nuri yangilandi. “Men qayta tug‘ildim”! Ertasigayoq olamni yangicha nigoh bilan ko‘ra boshladim! Bosh shifokor Soliyev Iqbol Fozilovich akadan juda ham minnatdorman! Mana shunday tajribaga ega bo‘lganidan, ko‘zimni davolaganidan, mamalakatimizdagi ko‘pchilik ko‘z kasalliklariga uchragan insonlarga  dunyoni ko‘z o‘ngida yangilatganidan minnatdorman.. Umrlari uzoq bo‘lsin! Shunday tajribali bilimli insonlar doimo bor bo‘lsin… U kishini Allohim doimo qo‘llasin!

Endi doimo ko‘zimni asrayman! Bu ne’matni qadriga yetaman! Doimo xursand yuraman! Chunki doimo atrofga qarasam hammayoqni tininqligini ko‘rsam yuzimda o‘zidan o‘zi tabassum paydo bo‘lyapti!!! Xafagarchilik, dilxiralik, gina, kek saqlash kabi bunday insonni yelkasini bukuvchi tuyg‘ularni umuman yaqinlashtirmayan! Bularni tabaitning go‘zalligidan lazzatlanish baxti bilan almashtiraman, chunki men endi bu baxtni his qila olamanku!  Hayotimni doimo yaxshilik va go‘zallik bilan bezashni xoxlayman! Yangi va yuqori maqsadlar qo‘yaman ularga intilaman! Bu yo‘ldagi qiyinchiliklarni shijoat bilan yengib o‘taman! Men juda baxtliman! Hozir eng muhimi men ikkinchi katta maqsadimga erishdim! (birinchisi grand asosida o‘qishga kirganim J)

Mening yana bir katta maqsadim yana bir bor onadan qayta tug‘ilish baxtiga erishish, bilasizmi bu qanday baxt?! Bu - Haj safarini amalga oshirish! Xudoyim shunday baxtga erishishni barchamizga nasib etsin!!!

Mening ko‘p do‘st va tanishlarim ko‘zining xira ko‘rayotgani haqida gapirishadi. Ularga ham mana shunday yorqinlik va tiniqlikni tilayman! Mendan bu borada biror yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa bemalol murojaat qilishingiz mumkin..

Ana, shunday qilib dunyo ko‘z o‘ngimda yangilandi!!!

E’tiboringiz uchun rahmat!

 

Hurmat bilan,

Sahar qizi – Venera!

Izohlar

Shuhrat Yunusov's picture
Ko'zingizni operatsiya qildirdingizmi? Doimo sog' bo'ling!
Muharram's picture
Ajoyib! Ushbu fikrlaringiz bilan meni ham ilhomlantirib yubordingiz! Ha, haqiqatdan ham hayot go`zal, ammo ba`zan buni unutib qo`yamiz ;) Aytgangingiz kelsin!!!
Abdulaziz Ismailov's picture
juda ham xursandman siz uchun Venera, doimo kulib yuring, tabiat go'zalligidan bahra oling har soniyada)))
Babakhanov Ulug'bek's picture
Ajoyiv fikrlar va xotima... yomon kunlar ortda qolibdi... hayotdan zavqlanib yashash hammamizga nasib etsin... endi o'zingizni asrang... doimo...)))
Venera's picture
Ha, Shuhrat Yunusov operatsiya qildirdim.. rahmat! ))
Venera's picture
Abdulaziz, Muharram, Naughty rahmat.. )) Albatta, doimo asrayman! :)
Feruzkin Mamirova's picture
Be healthy dear!
Venera's picture
Thank you my dear!
Fotima_29's picture
Insonni yuziga kulgu ulashadigan va har narsaga shukr qilishga undaydigan blog bo'lipti. Rahmat (^_^)
Venera's picture
)) Rahmat Fotima!
Jamoliddin WEB's picture
Juda ta'sirchan chiqibdi.