Ikkinchi blogerlar tanlovining g'oliblari aniqlandi!

Avvalambor, tanlovga o’z blogposti bilan qatnashgan barcha ishtirokchilar hamda vaqtini ayaman ularni o’qib chiqib, o’z izohlarini qoldirgan o’quvchilarga katta rahmat. Tanlov doirasida bir-biridan qiziqarli bo’lgan 50dan ortiq blogpostlar qabul qildik, va nihoyat ular orasidan g’oliblarni e’lon qilish vaqti keldi.

Demak, navbatdagi blogerlar tanlovining g’oliblari quyidagilar:

 

1-o’rin: Jamshid Niyozov – De jure – De Facto – Samsung Galaxy Tab 3

2-o’rin: Farhod Ulug’ov – Dildagi isyonlardan parchalar – Samsung Galaxy J1 Ace aqlli telefoni

3-o’rin: Dilrabo Tursunova – The customer is kick – Remaxdan tok zahira manbai

4-o’rin: Fozilbek Yusupov – Eng qisqa post – 75,000 so’m internet to’lovi

5-o’rin: Sarvar Aminov - “Qo’lbola” lug’at - 75,000 so’m internet to’lovi

6-o’rin: Suhrobjon Abdirimov - Men diplom ishimni o’zim yozaman - 75,000 so’m internet to’lovi

7-o’rin: Feruza Mamirova - Men boshqachaman - 75,000 so’m internet to’lovi

8-o’rin: Erkin Pardaev - Kimdan oladilaru, kimga sotadilar? - 75,000 so’m internet to’lovi

             Jamshid Quramboyev - Nimaga kulayotganingizni bilasizmi? - 75,000 so’m internet to’lovi

9-o’rin: Bahtiyor Gaziev - Ayollarni e’zozlagan yurtga dushman ham bostirib kelmaydi - 75,000 so’m internet to’lovi

 

Bulardan tashqari tanlovning ikkala bosqichida faol qatnashib, o’z vaqtini ayamay barcha blogpostlarni o’qib chiqqan va ularga o’z fikrini batafsil bayon etgan Bakhtiyor Sheraliev ham Sahar maktabi tomonidan maxsus sovg’a bilan taqdirlanadi.

Tanlov tanijalari va mukofotlarni qabul qilish bo’yicha Sahar maktabi go’liblarga elektron pochta orqali alohida bog’lanadi.

Hakamlarning har bir mezon bo’yicha qo’ygan nisbiy ballari bilan quyida biriktirilgan faylda tanishishingiz mumkin.

G’oliblarni yana bir bor tabriklaymiz!

File Attachment: 

Izohlar

Bakhtiyor Sheraliev's picture

WoW!!! Vanihoyat tanlovimizning natijalari e'lon qilinibdiku:)))) Jamshid aka, sizni g'olib bo'lganingiz bilan tabriklayman, fikrimcha munosib tanlov b'libdi va shunga yarasha mehnat bo'lgan. Qolgan ishtirokchilarni ham g'alaba bilan chin qalbimdan tabriklayman. Faqat natijaning bir joyiga kichik bir e'tirozim bor, men nima qilyapman u yerda?! Mana shunisi odamni juda xijolat qildi, lekin shunday bo'lsada e'tibor uchun ko'pdan ko'p tashakkurlar!

Bakhtiyor Sheraliev's picture

(Ushbu kommentni million xijolat bilan yozmoqdaman) Uchinchi o'rindan pastdagi yetti g'olibimizga bir taklifim bor edi. Yaqinda 1-iyun Xalqaro bolalar kuni, shu munosabat bilan sayyod.com sayti uyushtirayotgan tadbirda ishtirok etilsa qanday bo'lar ekan? Xabaringiz bo'lsa kerak, ushbu sayt jamoasi leykomiya bilan kasallangan bo'lalarga qon topshirish va xayriya aksiyasini o'tkazib boradi. Bunday taklif bildirayotganim uchun sizlardan avvalo uzr so'rayman, lekin bizdan ko'ra shu bolalar ko'proq yordamga va e'tiborga muhtojroq nazarimda. Toshkentda yashaydiganlar mukofotlarimizni to'plab shu xayriya tadbirida qatnashishsa, shunga nima deysizlar? Men ham O'zbekistonda bo'lganimda albatta shu tadbirda ishtirok etardim, lekin afsus nasib emas ekan. Bu bilan ushbu tanlovimizda oldimizga qo'ygan maqsadlarimizdan birini, jamiyatimizning yordamga muhtoj eng kichik, eng pokiza, eng beg'ubor qatlamini himoya qilgan, ularga yordam qo'lini cho'zgan bo'lar edik. Ushbu taklifimga nima deysizlar???

HappyMan's picture

Yaxshi taklif bildiribsiz adash, ammo shu tadbirni boshqa tashkil etsa bo'lmasmikan :)) sayyod.comga hurmatim baland emas har holda :))

saharschool's picture

Bakhtiyor, taklifingiz uchun rahmat. Yaxshi fikr, ammo buni tanlovdan tashqari alohida ham o'tkazish mumkin. Bu g'oyani qanday tashkillashtirish haqida o'ylab ko'ramiz. Taklifingiz uchun yana bir bor rahmat.

Elyorbek0515's picture

Bakhtiyor Sheraliev bu tadbir sayyod.com tomonidan uyushtirilmadi. Faybukdagi volontyori Andijana guruhi foydalanuvchilari va shaxsan Xursandbek Sayidakbarov degan ukamiz tomonidan tashkil qilindi. Undan tashqari tadbirdan ancha oldin, bir kun oldin ham men fb messengerdagi guruhda saharchilarni chin dildan taklif qildim qatnashishga. Sahar maktabi homiylik qilishi va tadbirda tashkilotchi bo'lishi uchun esa shartlar qiyinroq ekan. Balkim keyingi tadbirlarda hamkorlik qilinar? Katta rahmat.

Nuralibek's picture

Saytni kontentiga e'tibor beraylik! "Men diplom ishimni o'qim yozaman" O'tgan safar aksiya emas askiya deb yozilgandi. Bloggerlaga omad qoyil !

Bakhtiyor Sheraliev's picture

Bu taklif edi-da, yana bir bor uzr so'rayman.

Bobur Operator's picture

Men hoz registratsiya qildm

yangiboy's picture

Qo'shimcha tomorqamni issiqxona qimoqchiman shunga imtiyozli kredit olish uchun mandan qanday xuchatlar kerak bõladi va necha so'm gacha kredit olishim mumkin? va diplo' bo'lishi shartmi?

yangiboy's picture

Qo'shimcha tomorqamni issiqxona qimoqchiman shunga imtiyozli kredit olish uchun mandan qanday xuchatlar kerak bõladi va necha so'm gacha kredit olishim mumkin? va diplo' bo'lishi shartmi?

Sharapova's picture

Man xozir registratsiya qildim

Ruzimurod's picture

man xam registiriyatsa qilim xozur javop kilmidimii uzii

Rashithon ziyo's picture

assolamalikum.. man saytda yangiman!
yordamila kerey! shahsiy kabinetimga qyerda kirsam boladi..