"Feedback" haqida fikrim

Assalomu aleykum, hurmatli Sahar Maktab ma’muriyati a’zolari va ishtirokchilari!!! To‘g‘risini aytsam sizlar bilan "feedback" haqidagi shaxsiy fikrlarimni o‘rtoqlashishga qaror qildim. Keling sizga avval “feedback” so‘zining ma’nosni qanday tushunishimni aytsam.”Feedback” inglizcha so‘z bo‘lib “fikr-mulohaza, taqriz, munosabat, tanqid” ma’nosini bildiradi, va  amaliyotda bu ibora xizmat yoki mahsulot uchun iste’molchi tomonidan berilgan ijobiy yoki tanqidiy fikrdir.  Ushbu “feedback” haqidagi blogimni ikki qismga bo‘lishni lozim deb bildim.

1. "Feedback" to‘grisidagi shaxsiy fikrlarim.

2. Ushbu mavzu bo‘yicha blog yozishimdan maqsad.

Albatta barchangizning o‘z fikrlaringiz bor, lekin baribir ushbu blog barchangizga ozgina bo‘lsa ham foydali bo‘ladi degan umiddaman.

1. "Feedback" to‘g‘risida. Men "feedback" deganda kimgadir yoki nimagadir bo‘lgan tanqidiy fikrlarni tushunaman. "Feedback" ni har kim turlicha qabul qiladi. Kimlardir "feedback" ni to‘g‘ri tushungan holda o‘ziga kerakli xulosani chiqarib, o‘z kamchiliklarini iloji boricha bartaraf qilishga harakat qiladi. Yana kimlardir esa "feedback"ni juda ham yomon qabul qilishadi. Albatta birovning kamchiligini unga aytish yaxshi deb bo‘lmaydi-ku, lekin mening fikrimcha u inson bo‘lsin yoki tashkilot "feedback" barcha-barchaga foydalidir. Hech bir narsa/odam/tashkilot/jamiyat va hokazo mukammal bo‘la olmaydi. "Feedback" esa anu shu kamchiliklarni bartaraf qilishga va inson/tashkilot o‘z-o‘zini yaxshilashiga katta ko‘mak beradi.

2. Ushbu mavzu bo‘yicha blog yozishdan maqsadim "feedback" ni to‘g‘ri tushunmaydiganlar yoki "feedback" yozishni o‘ziga ma’qul deb hisoblamaydigan insolarning fikrini o‘zgartirishdir.

Asosan biz, ya’ni yoshlar "o‘zingni bil o‘zgani qo‘y" qa’bilida ish tutamiz. Lekin bu unchalik ham yaxshi emas. Chunki aynan foydalanuvchilar tomonidan berilgan "feedback", "feedback" yuborilgan tarafga qandaydir foyda keltirishi mumkin. Ular o‘zlariga  kerakli xulosani chiqarib siz aytgan kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf qilishga harakat qilishadi.

Misol tariqasida o‘zimizning qadrdon Sahar Maktabini olsak. Sahar Maktabi ajoyib maktab, lekin yuqorida ta’kidlaganimday hech bir narsa mukammal emas.  Aynan biz tomondan beriladigan fikrlar yoki feedbacklar orqali Sahar Maktabi kelajakda hozirgidanda kuchliroq maktabga aylanishi mumkin. Albatta biz bildiradigan salbiy fikrlarni birdaniga bartaraf qilishning imkoni yo‘q, ammo ular imkoni boricha biz aytadigan kamchiliklarni bartaraf qilishga harakat qiladilar.

Maktab ma’muriyatidan "Sahar maktabiga nibatan bildirilgan "feedback" larga qanday munosabat bildirasizlar?" deb savol bilan murojaat qilganimda ular quyidagicha javob berishdi:

"Salom Feruza, biz doim har qanday fikrlarga ochiqmiz, shuning uchun har bir kurs yakunida so‘rovnoma o‘tkazamiz, ishtirokchilar fikrlarini bilish uchun alohida bog‘lanishga harakat qilamiz. So‘rovnoma o‘tkazganda faqat maktab haqida chiqoyli gaplar olish uchun emas, balki aynan tanqidiy qarashlarni olib, iloji boricha maktab faoliyatini yaxshilashga harakat qilamiz."

Hurmatli kursdoshlar va maktabning boshqa ishtirokchilari, ko‘rib turganingizdek Sahar Maktabimiz maktabga qilingan "feedback" larga mutlaqo qarshi emaslar. "Feedback" yozishni ma’qul ko‘rmaydigan ishtirokchilardan esa shuni iltimos qilib qolardimki, ozgina bo‘lsa ham bilim olgan va o‘zingizga do‘stlar orttirgan qadrdon maktabimizdan maktab haqidagi shaxsiy fikrlarlaringizni qizg‘anmang. Siz "feedback" ni alohida yozib yuborishingiz shart emas, har kurs yakunida har birimizga yuboriladigan so‘rovnamada yozib qoldirsangiz yetarli.

Hurmat bilan Sahar Ijtimoiy Tadbirkorlik Onlayn Maktabi kurslarining ishtirokchisi Feruza MAMIROVA.

Izohlar

Нигора's picture
Фидбэк сузи кайта богланиш маъносини билдиради инглиз тилида, яъни сизнинг у ёки бу жараёнга булган муносабатингизни билдириш. Биз бу жараённи купинча тренинг вактида куллаймиз, яъни унинг якунида, ёки бирон бир боскич якунида утказиш, катнашчиларнинг хамма фикрлари - ижобий, салбий ёки нейтрал хисобга олиниб, кейинги боскичга утишга ва керакли корректировкаларни килишга ёрдам беради.
Feruzkin Mamirova's picture
Nigora fikrlaringiz uchun rahmat!
HappyMan's picture
Шу сўзни ўзбекчада муқобил кўриниши йўқми? Ўзбекча матн орасида "feedback" so'zini ishlatish bir oz noqulay va chiroyli emas.
Feruzkin Mamirova's picture
HappyMan (adashmasam Bahtiyor aka bo'lsangiz kerak) siz bergan savolga javob bera olmayman, uzur. Lekin "feedback" so'zini o'rniga tanqidiy/ijobiy fikrlar deyishingiz ham mumkin.
pLaTiNuM's picture
Feedback-aloqa yoki qayta aloqa ma'nosida!
Fayyoza's picture
Feedbackni tanqidiy fikr ham deb bo'lmaydi. Buni tahlilga yaqin desa ham bo'ladi. Feedback shaxs yoki obyekt faqat kamchiliklarini ko'rsatib qolmaasdan, balki taklif va mulohazalar va boshqa yaxshiroq yo'llarini yoritib berishga yordam beradi. Feedback insonni tanqiq qiladigan, mehnatini qoniqarsiz qiladigan darajada berilmaydi. Axir hammada kamchilik kuzatiladi.
Feruzkin Mamirova's picture
Fikrlaringiz uchun rahmat, Fayyoza opa!