Boqiy elektr energiyasi

XXI-asr yuksak texnologiyalar asri. Biz bugungi kunda elektr energiyasisiz hayotimizni tasavvur qilishimiz qiyin. Balkim gaz ta’minotisiz bir amallab kun kechirarmiz, lekin, elektr energiyasi bizga ulkan imkoniyatlar eshigini ochib berayabdi.

Ko’pchilikni bir savol qiynaydi. “Elektr energiyasining umrini boqiy qilsa bo’ladimi? Yoki u ham bir kun kelib tugaydimi?” Bizga ma’lumki yer yuzidagi barcha manbaalar doimiy emas. Biroq elektr energiyasini uzluksiz ravishda ishlab chiqarishning iloji bor – deb o’ylayman. Garchi bu mavzu yuzasida buyuk ingliz, fransuz, nemis olimlari ulkan tajribalar o’tkazgan bo’lsalarda, “Yo’q narsadan bor bo’lmaydi, bor narsa yo’qolib qolmaydi” kabi fizikaning oltin qoidalarini bizga qoldirgan bo’lsalarda, menga ishoning, buning iloji bor. Shunchaki o’ylang, masofadan turib odam bilan gaplashishning iloji yo’q deyishgan. Hozirda nafaqat ovozini balki o’zini ko’rib gaplashish imkoni ham bor bizda (Skyp, Viber, mobile video qo’ng’iroqlar). Abadiy generator yaratish nafaqat oldingi balki hozirgi zamonning ham dolzarb mavzusidir.

Keling endi e’tiboringizni suv yordamida ishlaydigan geneatorga qaratsam. Yo’q bu generator GRES lardan tubdan farq qilib, u (suv) boshqa yoqilg’ilar o‘rniga ishlaydi (Jumladan benzin, metan/propan gazlari). Hech o’ylaganmisiz? Ushbu gazlarning o’rniga H(vodorod) gazini ishlatish to’g’risida. Bu gaz esa suvning yarim tarkibiga kiradi. Uni osonlikcha suvdan ajratish va alohida gaz sifatida olishimiz mumkin. Mana sizga abadiy generatorning ishonchli, tuganmas bir turi. Uning tuganmas deyishimga sabab yer yuzasining 60% suv tashkil etadi, va bu suvning atigi 10%gina ichishga yaroqlidir. Siz bu haqida nima deb o’ylaysiz?????

Sharofiddin AZIZMATOV

Izohlar

Babakhanov Ulug'bek's picture
Agar buning iloji bo'lganda, nega boshqalar shu ishni qilishmaydi? Nahotki jahon olimlari bu haqida o'ylamagan bo'lsa? Yoki siz aytgan energiyani ishlab chiqarish xarajati qoplamas?
Nega endi bu ish allaqachonlar amalga oshirish boshlangan. Faqatgina ommaviy axborot vositalaeri bu yngilikni ommaga to'laligicha yetkazib berolmayapti menimcha. Yaqinda Rassiya federatsiyasi Vodorod gazi bilan yuruvchi poyezlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqchiligini ma'lum qildi. Bu Vadarod gazi esa o'z navbatida suvdan olishni rejalashtirayoganlarini qo'shimcha qildi.
HappyMan's picture
Ushbu gazlarning o’rniga H(vodorod) gazini ishlatish to’g’risida. Bu gaz esa suvning yarim tarkibiga kiradi. Uni osonlikcha suvdan ajratish va alohida gaz sifatida olishimiz mumkin. --> "osonlikcha" degan joyi osonlikcha yozilmaganmi? Menimcha vodorodni suvdan ajratib olish katta energiya talab qiladigan jarayon.
Yo'q! Aslida bu jarayon oson jarayon bo'lib, uni (H) suvdan ajratish uchun elektrolis vanna va elektr energiyasi kifoya. Elektroliz jarayonida suv vadarod va kislorod atomlariga parchalanadi. Bu huddi suning qaynash jarayoniga o'xshaydi. suvga elektr energiyasini uzatishda mis metalidan foydalanamiz. Chunki bu metal ajralib qolgan kislorodni o'ziga tortib oladi va oksidlanadi. Ma'lumki gazlar ichida Vadarod eng yengil gaz hisoblanadi. Shu sababli bu ajralgan gaz kislorodda yuqorida turadi va maxsus naycha orqali OSONLIKCHA chiqib ketadi.
Sarvar's picture

ассалому алайкум! Сиз хеч Шундай ускунани кўрганмисиз? Мен кўрганим бўйича энергия кўп сарф қилар эди ва Н ни сақлаш ва уни ёқилғи сифатида фойдаланиш мураккаброқ.